qimmatini ko‘tarish hisoblanadi. So‘ldirish maqsadida
asosan yog‘li va o‘rta yog‘li baliqlardan foydalaniladi
(osyotrlar, lososlar, karplar
va ayrim okean baliqlari
shular jumlasiga kiradi).
Baliqlami so‘ldirish jarayonida birmuncha murak-
kab fizik va biokimyoviy o‘zgarishlar yuz beradi.
Baliqlaming tashqi ko‘rinishida ham birmuncha ijobiy
o‘zgarishlar yuz beradi. Mahsulotning mazasi yax-
shilanadi. Shunga ko‘ra,
baliqlar qayta ishlanmasdan
oziq sifatida iste’mol qilinishi mumkin.
Issiqlik va havo ta'sirida baliq tanasidagi suv
kamayadi, muskul to‘qimasi zichlanadi.
So‘ldirish sifatini va yetilganligini baholash uc-
hun aldegid soni hisobga olinadi. Uning maksimal
ko‘rsatkichi o‘rtacha 15-20°C haroratda olib boriladi.
Shuningdek, sun’iy usulda
shamollatish va ilitish im-
koni bo‘lgan kameralar (xonalar)da amalga oshiriladi.
Tabiiy so‘ldirishda asosiy texnologik jarayonlar: -
xom ashyoni tayyorlash, navlarga ajratish, tuzlash,
namlash, yuvish, so‘litish, so‘nggi marta navlarga
bo‘lish va joylashtirish hisoblanadi.
So‘ldirish uchun tayyorlangan xom ashyo shilliqdan
tozalanadi. Baliqlar nimtalanmaydi.
Lekin katta baliqlar
nimtalanishi mumkin. Umuman, baliqlar vazniga ko‘ra
navlarga ajratiladi. Ulami tuzlash o ‘z guruhlari bo‘yicha
olib boriladi. Tuzlangan baliqlardan ortiqcha tuzini
olib tashlash maqsadida ular namlanadi va yaxshilab
yuviladi. Bunda baliqning yuza qismlarida tuz bo‘laklari
qolmasligi lozim. Aks holda ular kristallashib qoladi.
Yuvilgan baliqlar maxsus veshalkalarga joylashtirilib,
shamollatish mumkin bo‘lgan
ochiq yerlarga osib
qo‘yiladi.
Vobla baliqlari uchun so‘ldirish vaqti ikki haftadan
bir oygacha davom etishi mumkin. Umuman, baliqlami
soidirish - birmuncha mas’uliyat talab qiladigan
212
www.ziyouz.com kutubxonasi
texnologik jarayon hisoblanadi.
Bunda mahsulotning
tovar sifati shakllanadi va xaridorgirligi ortadi.
Dostları ilə paylaş: