O’zbekiston hududida go’sht va go’sht mahsulotlari keng tarqalgan ozuqa maxsulotidir. Go’sht va go’sht mahsulotlari organizm uchun asosiy va yuqori qimmatli mahsulrtlardan biri bo’lib, ular orqali odamlar to’liq sifatli oqsil, yog’, mineral elementlar, ekstrakt moddalar va ayrim vitaminlarni qabul qiladilar. Bizning mamlakatimizda go’sht va go’sht mahsulotlari har bir oilaning kundalik ratsionida bor. Ma’lumki, go’shtli ovqat orqali biz organizmning moddalar almashinuvi uchun kerak bo’lgan eng muhim ozuqa moddalarini tayyor holda qabul qilamiz. Uta yog’li go’sht qoniqarli deb baholanmaydi. SHu bilan birga juda oriq go’sht ham o’zining ta’mi, biologik xususiyatlari va oqsilining sifati jihatidan to’liq sifatli hisoblan-maydi. O’rtacha semizlikdagi go’sht insonning ovqatlanishida juda qimmatli hisoblanadi. Oxirgi yillarda yog’siz go’shtlarga bo’lgan talab ortmoqda.
Hayvonlar so’yilayotganda texnologik jarayon buzilsa, go’sht toksikoinfektsiyalar bilan zararlanadi. Ovqatdan zaharlanishlarni boshlang’ich davrida toksikoinfektsiyalar «go’shtdan zararlanish» deb yuritilgan. Salmonellyozni hozirgi vaqtgacha go’sht iste’mol qilish bilan bog’lashadi. Toksikoinfektsiyalarning oldini olishda eng muhimi hayvonni so’yishda texnologik jarayonga ahamiyat berishdir:
1. Hayvonning so’yishgacha bo’lgan holati.
2. Qonsizlantirish.
3. Terisini shilib olish.
4. Ichki organlarini ajratib olish (eventeratsiya),
5. Go’shtning yetilishi.
6. Sovutish.
Olinadigan go’shtning sifati uning bakteriyalar bilan nechog’li ifloslanganligiga bog’liq. Go’shtning zararlanishi hayvonning faqat yuqumli kasallik bilan kasallanganligiga emas, balki uning charchaganligi oriqlaganligi, kamquvvatliligiga ham bog’liq. Kasal hamda kamquvvat hayvonlarni so’yishga ruxsat etilmaydi, chunki ular bakteriyalar bilan zararlanish xavfini oshiradi. Kasal hayvonlarni so’yish majburiyso’yishhisoblanadi. Bundan olingan go’sht shartli yaroqli hisoblanadi va maxsus ishlov berilgandan keyin ovqatga ishlatnladi.