Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Pasterlangan ichimlik suti



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Pasterlangan ichimlik suti 
- davlat standarti 
(GOST 13277-67) talabi asosida sotuvga chiqarish 
qabul qilingan. Pasterlangan sut deganda oddiy xom 
sutni ma'lum darajada isitib (lekin qaynash nuqtasiga 
yetkazmasdan) va tez sovitib maxsus idishlarga quyili- 
shi tushuniladi. Bunday sut - oddiy, yog‘i ko‘paytirilgan 
yoki ozaytirilgan, shuningdek, oqsil va vitaminlar talab 
etilgan miqdorda boshqarilib iste’molga tayyorlanadi.
Me'yorlashtirilgan 
sut 
tarkibida 3,2% yog‘ 
bo‘lishi talab etiladi. Ayrim hollarda yog‘ miqdori 
6%
va undan ham ko‘proq bo‘lishi mumkin. Yog‘ 
darajasini ko‘paytirishda asosan qaymoq, sariyog4 va 
sut yog'idan foydalaniladi. Sut yog‘ini kamaytirishda 
yog‘i olingan sutdan foydalaniladi. Shu usulda sut 
me’yorlanadi 
(yoki normallashtiriladi). Shunday qi- 
lib, 
me’yorlashtirilgan sut 
deb sut zavodlarida sutni
120
www.ziyouz.com kutubxonasi


qayta ishlash natijasida yog‘ miqdorini 3,2% ga kelti- 
rish tadbiriga aytiladi.
«Gomogenlash», 
deb sovutish apparatidan chiqqan, 
pasterlangan sut yog‘i (qaymog‘i)ning quyqalani- 
shi oldini olishga aytiladi. Bu tadbir isitilgan sut- 
ni pasterizator seksiyasidan olib bo'lgach, amalga 
oshiriladi.
Q ayta tiklangan, oqsil va vitam inlarga
boyitilgan sut texnologiyasi
Oqsilli sut yog‘sizlantirilgan quruq qoldiqqa 
boyitilgan bo‘ladi. Talab etilganda unga quritilgan yoki 
quyiltirilgan hamda yog‘sizlantirilgan sut qo‘shiladi.
Vitaminlashtirilib pasterlangan sut yog‘dorlik dara- 
jasi yuqori bo‘lmagan oddiy xom sutdan tayyorlanadi. 
Unga (poroshok holatida) s vitamin qo‘shish tavsiya 
etiladi. Ayrim hollarda sutga ayrim qo‘shimtalar ham 
qo‘shiladi. Masalan, kofe va kakao shular jumlasiga 
kiradi. Kofe aralashtirilgan sutda 3,2% yog‘, 7% qand 
va 2% kofe b o isa, kakaoli sutda bu ko‘rsatkichlar: 
3,2%, 12% va 2,5% boiadi. Qo‘shimtalar sutni 
pasterlash oldidan qo‘shilishi talab etiladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin