Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Sut zavodlarida sutga ishlov berish



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Sut zavodlarida sutga ishlov berish. 
Sutni mexanik 
jismlardan tozalash usullari to‘g ‘risida yuqorida ayrim 
ma’lumotlar va tadbirlar bayon etilganligi uchun bu
124
www.ziyouz.com kutubxonasi


bo‘ limda sutni tozalashga taalluqli bo‘lgan ayrim fikr 
va tavsiyalar ustida so‘z yuritiladi.
Sutni turli xil yot jismlardan tozalash uning sifatini 
va tabiiyligini (naturalligini) saqlash borasida mu- 
him ahamiyatga ega. Sut tortilgach yoki o‘lchanib 
bo‘lingach tozalanadi yoki filtrlanadi.
Filtrlash ishlari 
asosan uch xil usulda olib boriladi. 
Masalan, ichida mayda to‘rsim bo‘lgan maxsus kruj- 
ka yordamida bir necha qavatdan iborat toza doka 
yordamida bajariladi. Bu ikkala usulning ham ijobiy, 
ham salbiy tomonlari mavjud. Jumladan, to‘rsim 
krujkalardan foydalanilganda sut tez va toza filtrlanadi 
va gigiyenik jihatdan yuqori darajada boiadi. Lekin 
uning kamchiligi filtratsiyani juda sekin borishi va 
qimmatligi hamda tez-tez yuvilishi hisoblanadi.
Bir necha qavatli doka yordamida filtrlashda ish tez 
bajariladi va u arzon turadi. Salbiy tomoni — sut 100 
foiz tozalik darajasida bo‘lmaydi. Uni ham tez-tez yu- 
vib, tozalab va sterillab turish talab etiladi. Umuman, 
qaysi bir usul qo‘llanishidan qat'i nazar har safar ish 
tugagach, filtrlash asbob va materiallari issiq suvda 
sovunlab yuviladi, qaynatiladi va hatto sterillanadi.
Yirik sutchilik fermalarida sutni filtrlash uchun 
plastinkali yoki diskali suzg‘ichlardan, hamda sen- 
trifugalardan foydalaniladi. Ishlashi jihatidan sepa- 
ratorga o‘xshash bo‘lgan sentrifugalar tarelkali yoki 
teralkasiz bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha fermalarda 
sog‘ib 
olingan 
sut sentrifuga yordamida avval 
tozalanadi, so‘ngra uning qaymog‘i olinadi. Bunda har 
1-1,5 soat ichida separatoming ichini ochib undagi 
barabani va boshqa qismlarini issiq suvda yuvib turish 
tavsiya etiladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin