bo‘ limda sutni tozalashga taalluqli bo‘lgan ayrim fikr
va tavsiyalar ustida so‘z yuritiladi.
Sutni turli xil yot jismlardan
tozalash uning sifatini
va tabiiyligini (naturalligini) saqlash borasida mu-
him ahamiyatga ega. Sut tortilgach yoki o‘lchanib
bo‘lingach tozalanadi yoki filtrlanadi.
Filtrlash ishlari
asosan uch xil usulda olib boriladi.
Masalan, ichida mayda to‘rsim bo‘lgan
maxsus kruj-
ka yordamida bir necha qavatdan iborat toza doka
yordamida bajariladi. Bu ikkala usulning ham ijobiy,
ham salbiy tomonlari mavjud.
Jumladan, to‘rsim
krujkalardan foydalanilganda sut tez va toza filtrlanadi
va gigiyenik jihatdan yuqori darajada boiadi. Lekin
uning kamchiligi filtratsiyani
juda sekin borishi va
qimmatligi hamda tez-tez yuvilishi hisoblanadi.
Bir necha qavatli doka yordamida filtrlashda ish tez
bajariladi va u arzon turadi. Salbiy tomoni — sut 100
foiz tozalik darajasida bo‘lmaydi. Uni ham tez-tez yu-
vib, tozalab va sterillab turish talab etiladi. Umuman,
qaysi bir usul qo‘llanishidan qat'i
nazar har safar ish
tugagach, filtrlash asbob va materiallari issiq suvda
sovunlab yuviladi, qaynatiladi va hatto sterillanadi.
Yirik sutchilik fermalarida sutni filtrlash uchun
plastinkali yoki diskali suzg‘ichlardan,
hamda sen-
trifugalardan foydalaniladi. Ishlashi jihatidan sepa-
ratorga o‘xshash bo‘lgan sentrifugalar tarelkali yoki
teralkasiz bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha fermalarda
sog‘ib
olingan
sut
sentrifuga yordamida avval
tozalanadi, so‘ngra uning qaymog‘i olinadi. Bunda har
1-1,5 soat ichida separatoming ichini ochib undagi
barabani va boshqa qismlarini
issiq suvda yuvib turish
tavsiya etiladi.
Dostları ilə paylaş: