sigirlami sog‘ib bo‘lgach, tezda amalga oshiriladi. Sut-
ni tozalash uchun filtrlanadi. Bu tadbir sut miqdoriga
ko‘ra maxsus sovutgich-tanklar (idish)da, sut flyaglarda
va boshqa tur idishlarda bajariladi. Yirik fermalarda
va sutchilik komplekslarida bu tadbir avtomat usulida
filtrlash asboblaridan foydalaniladi va bu tadbir bir
vaqtning
o‘zida sigirlar sog‘ilayotgan
jarayonda
o‘tkaziladi. Shuning uchun sutni filtrlash apparatlari, sut
yo‘naltiruvchi truba (molokoprovod)larga o'matilgan
bo‘lib, sog‘ish qurilmasining m a’lum bir tarkibiy qismi
hisoblanadi.
Sutni avtomatik usulda filtrlash uchun ko‘pincha
kapron, lavsan kabi sintetik va sun’iy materiallardan va
byaz (bo‘z) deb nomlanuvchi vositalardan foydalaniladi,
hamda sutni nihoyatda toza holda tozalash imkonini
beradi. Lavsanli filtrlar ikki qavatli, dokalilari esa 4 -6
qavatdan tashkil topishi m a'qul hisoblanadi.
Bulardan tashqari, yana yupqa paxtadan, vafel
chitidan, oq flanel nomli va «sedilka»
deb ataluvchi sut
suzg‘ichlaridan ham foydalaniladi. Umuman, qanday
suzgichlardan foydalanilmasin, ish jarayoni tugagach,
ular dezmol moddasining 2% li eritmasi yoki boshqa
turdagi yuvish va tozalash vositalari yordamida
yaxshilab yuvilib quritiladi.
Lekin quritishdan avval is-
siq suvdan foydalanish yaxshi natija beradi.
Lavsandan tayyorlangan filtrlar yuvib bo‘lingach,
1%
li yangi eritilgan
gipoxlorit natriya
eritmasiga
o‘rtacha 20 minut solib qo‘yiladi. So‘ngra tarkibida
0,25-0,5% aktiv xlor bo‘lgan eritma yoki xlor ohagining
eritmasidan
foydalanish
mumkin.
Tajribalardan
ma’lum bo‘lishicha, doka filtrlardan 10 kun, vafel va
flanel filtrlar 45 kun, lavsan filtrlar 180 kim davomida
foydalanish mumkin.
Yirik sanoat massasalarida
sutni tozalash mexa-
nizatsiya yordamida olib boriladi. Buning uchun «CT-1»,
«CT-1A» markali maxsus apparatlardan foydalaniladi.
126
www.ziyouz.com kutubxonasi
Bu apparatlaming ichki qismida bir qancha barabancha-
lari bo‘lgani holda, markazdan harakatlanuvchi kuch
yordamida yot mexanik jismlar sut tarkibidan osonlik
bilan ajralib chiqadi. Bunda tozalangan sut alohida
kanalchadan, uning iflos qismi boshqa kanalchadan
oqib tushadi va nihoyatda og‘ir jismlar barabanining
devorlariga yopishib qoladi, so‘ng u tozalanadi.
Avtomatik apparatlaming
qulaylik tomoni yana
shundan iboratki, u faqatgina mexanik yot jismlamigina
sutdan ajratib olmasdan, sut tarkibida bo‘lgan shilliq,
fibrin quyqasi, qonning shakliy elementlari epiteli-
ya hujayra qoldiqlari va h.k.lardan ham xalos qiladi.
Umuman, bunday yaroqsiz va kerak bo'lmagan jism va
moddalar tozalangan umumiy sut miqdorining o'rtacha
0,06% ni tashkil etishi ko‘plab tajribalarda tekshirib
ko‘rilgan.
Hozirgi vaqtda sanoatimizda sut tarkibidagi kasallik
qo‘zg‘atuvchi bakteriyalami
tozalashga moslashgan
avtomatik sut tozalagichlar ustida tadqiqot ishlari olib
borilmoqda. Buning yana -muhim afzalligi shundan
iboratki, gumon etilgan sutni pasterlash yoki qaynatish
tadbirlaridan xoli bo‘linadi. Umid qilish mumkinki, ya-
qin yillar ichida bunday avtomatlar yirik xo‘jaliklar uc-
hun tavsiya etiladi.
Sut tozalagichlar har safar 2 soat ishlatilgach toza-
lanishi talab etiladi. Buning
uchun avval u toza issiq
suv bilan yuviladi, keyin a, b, v deb nomlangan kukun
(poroshok) yuvish vositalarining 0,5% li eritmasidan
foydalaniladi. Bimdan tashqari, harorati 40—45°C bo‘l-
gan kalsiylangan sodaning 5% li eritmasidan foyda-
lanish tavsiya etiladi.
Shuningdek, apparatning ichki
devorlariga yopishib qolgan qoldiqlami schetka yoki
yojik (yorsh)lar yordamida tozalab tashlash mum-
kin. Bundan tashqari, haftasiga bir marta xlor prepa-
ratlarining birortasi yordamida sut tozalash apparatlarini
127
www.ziyouz.com kutubxonasi
tozalash tavsiya etiladi. Keyin
u quritiladi va ustiga
biror toza mato berkitib qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: