Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Sutni saqlash muddati
(Soat)
6-12
12-18
18-20
Sutning harorati
(°C hisobida):
10-8
8-6
6-4
Sigirlar mashina yordamida sog'ilganda, sog‘ilgan 
sut bir vaqtning o‘zida sut yo‘natgichlar (molokprovod) 
da sovitiladi. Agar sigirlar ko‘chma sog'ish paqirlarida 
sog‘ilsa, sog'ishni boshlagan vaqtdan sovitishgacha 
bo‘lgan vaqt oralig'i 16-20 minutdan oshmasligi lozim.
Bolalar bog‘chasi yoki shu kabi boshqa muassasalar 
yangi sog‘ilgan sut bilan 12 soat davomida, sovitilgan 
holda ta’minlashi talab etiladi va uning sifati davlat 
standarti (GOST 13264-79) talabi asosida boTishi 
lozim. Bunda sovuqlik manbai hisobida sovuq haroratli 
oqar suvlar, muz va maxsus holda (quduqlarda) sovitish 
tavsiya etiladi. Muz sutni 3—4°C gacha sovitsa, suv 
5°-6°C gacha sovitadi. Fermer xo‘jaliklarida va kichik 
fermalarda ko‘pincha sut sovitish ishlari muz solingan
sun'iy suv hovuzlarida olib boriladi. Buning uchun 
flyaglarga solingan sut shu hovuzlarga solib qo‘yiladi. 
Agar flyaglaming qopqog‘i ochib qo‘yilsa, sut tez va 
yaxshi soviydi. Shuningdek, har bir flyagdagi sut har 
20-30 minutda biror jism (yog‘och yoki mutovka) bilan 
aralashtirilib turiladi. Fermer xo'jaliklari sharoitida sut 
flyaglarga solingach, sovuq oqar suvlarda sovitilishi 
yaxshi natijalar bergani holda birmuncha maqbul 
hisoblanadi.
So‘nggi yillarda ko‘plab sut yetishtirish komp- 
lekslarda va yirik fermalarda sutni sovitish ishlari 
uni istalgan darajada sovitib beradigan «MXU-8s» 
markali sovitish agregatidan, shuningdek, «UB-10» 
va «AB-30» markali sut sovitgich qurilmalaridan va 
«MBT-14» hamda «MBT-20» markali sovitgich
139
www.ziyouz.com kutubxonasi


xolodilnik mashinalaridan foydalanilmoqda. Bulardan 
tashqari, «CT-1A» markali sut tozalovchi va sovituvchi 
ko‘p 
maqsadli 
(universal) agregatlar sanoatimiz 
tomonidan chiqarilmoqda. Bunda sovitilgan sut tez, 
qisqa vaqt ichida sut zavodlariga va sut mahsulotlari 
tayyorlovchi 
tashkilotlarga 
jo ‘natilishi 
maqsadga 
muvofiq hisoblanadi. Lekin yirik sutchilik ferma 
va komplekslarida sutni sovitish va saqlash ishlari 
maxsus sovitgich - rezervuarlarda olib boriladi va bu 
tadbir ko‘p jihatdan qulay hisoblanadi. Chunki bunda 
saqlanadigan sut harorati o‘rtacha 4-5 °C atrofida 
bo‘lishi ta'minlanadi.
Sutni saqlash
Sovitilgan sut past haroratda saqlanishi kerak. 
Sutning sifatiga putur yetkazmay saqlash uchun haj- 
mi 1000-10 000 litrli maxsus tank sovitgich va saqla- 
gichlardan foydalaniladi. Uning qo‘sh devori oralig‘ida 
issiq yoki sovuq haroratni saqlaydigan material 
joylashtirilgan bo‘ladi. Binobarin, bunday idishlarda sut 
uzoq vaqt (36-48 soat) saqlanishi mumkin.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin