Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash


Separatorning ishlash prinsipi



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Separatorning ishlash prinsipi. 
A w alo separator 
toza, yorug‘ va quruq xonaga o ‘matilishi kerak. Shu- 
ningdek, uni yig‘ish, qismlarga ajratish va yuvish 
uchun qulaylik bo‘lishi ham talab etiladi. Ish unumi 
jihatidan soatiga 300 litr sutning qaymog‘ini oladigan 
separatorlar mustahkam, sementlangan yoki beton 
fiindamentlarga o ‘mashtiriladi.
Hozirgi vaqtda separatorlar sut tarkibidagi barcha 
yog‘ miqdorini 99,7% ni ajratib bera olish quw atiga ega.
Sut yog‘ining to‘liq holda ajralib chiqishi bir qancha 
omillarga bog‘liq. Masalan, yog‘i olingan sutning 
harorati 30°-40° bo‘lishi, barabanning aylanish tezligi, 
sutning sifatli va toza bo‘lishi, yog‘ sharchalarining yi- 
rik bo‘lishi shular jumlasidandir.
Xususiy chorvador-fermer xo‘jaliklarida ko‘proq 
qo‘l va ba’zan elektr yordamida harakatga keladigan 
separatorlardan foydalaniladi. 
Separatorda ishlash 
uchun uning tuzilishini, ishlash prinsipini va buzilgan 
vaqtida uni tuzata oladigan bilimdon kishilaming 
ishlashi tavsiya qilinadi. Sut separatlanganda uning 
qaymog'i tez va osonlikda ajralib chiqadi. Bunda sut 
tarkibidagi qaymoq va yog‘i olingan qismi alohida 
idishlarga quyiladi va talab etilgan maqsadlar uchun 
ishlatiladi.
Olim va mutaxassislar tomonidan uzoq yillardan 
boshlab turli xil markali va katta-kichik separatorlar 
ishlab chiqarilgan 
(10-jadval).
Separatordan olingan qaymoq tarkibida o‘rtacha 
20%-35% bo‘lishi mumkin. Separatomi ishga tushirish 
bilan dastlab unga harorati o ‘rtacha 40-50°C bo‘lgan, 
10 litr miqdorida sut solinadi. Buning natijasida 
separator isiydi va shu bilan bir vaqtda uning normal 
(bir me’yorda) ishlashi nazorat qilinadi. Bordi-yu, 
bunda sut oqsa, uning barabani qaytadan sozlanadi va 
yig‘ishtirilgan holda ishga tushiriladi. Nihoyat barcha 
suv separatordan o ‘tib bo‘lgach, unga sut quyiladi va
136
www.ziyouz.com kutubxonasi


uning jo'm ragi ochiladi. Bunda dastlabki qisman bo‘lsa- 
da, moyi olingan sut yana separatorga qayta quyiladi, 
chunki uning tarkibida ko‘p miqdorda qaymoq bo‘lishi 
mumkin.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin