Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

10-jadval
K o‘rsatkichlari:
SOM-7-600 SOM-3-lOOO SPMF - 2000
Tarelka (likopcha)- 
larining soni
56
56
80
Barabani aylanish 
tezligi, (1 minutda)
7560
8100
7200
Og'irligi, kg
100
120
330
Motorining quvvati, 
kvt
0-6
1,0
2,8
ishlab chiqarish 
quw ati, (kg/soat)
600
1000
2000
Separatsiya ishlari tugagach, olingan qaymoq 
8°C dan yuqori bo‘lmagan xonada saqlanadi va talab 
etilsa maxsus korxonalarga jo ‘natiladi. Separatoming 
ish jarayoni yakunlangach, uning ichki qismi ochiladi 
va barcha likopchalari hamda barabani yaxshilab 
tozalanadi va yuviladi. Bunda sut idishlarini yuvish va 
dezinfeksiya qilish uchun mo‘ljallangan vositalardan 
foydalaniladi. Separator yuvilib, tozalanib bo‘lgach, 
quritiladi va kelgusi safar foydalanish uchun tayyorlab 
qo‘yiladi.
Sutni sovitish
Bu tadbir qancha tez amalga oshirilsa, sut sifati 
shuncha yuqori bo‘ladi. Bunda sut sifatiga salbiy 
ta’sir ko‘rsatuvchi bakteriya va mikroblar shuncha tez
137
www.ziyouz.com kutubxonasi


kuchsizlantiriladi va ulaming rivojlanishi, ko‘payib 
ketishi cheklanib qo‘yiladi. Shuningdek, sut qancha 
past haroratda sovitilsa, uning sifati shuncha uzoq 
vaqtgacha buzilmaydi. Bu borada turli xil mexanizm va 
apparatlardan foydalaniladi.
Sut ishlab chiqariladigan yirik xo'jaliklarda va 
komplekslarda sutni tozalash va sovitish ishlari sog‘ish 
jarayonining o ‘zida amalga oshiriladi. Bunda sog'ish 
apparatlaridan sut molokoprovod (sut trubalari) orqali 
maxsus sut sexiga yuboriladi, unda u tozalanadi, 
sovutiladi va maxsus idish (tank)ga to'planadi. Sut 
sexida sut 5-8°C gacha sovitiladi va uni jo ‘natishga 
qadar harorati 8°C dan oshirilmaydi. Bu esa sutning 
24 soat ichida o‘zining dastlabki me’yor darajadagi 
xususiyatlarini saqlash imkonini beradi va ko'pi bilan 
10°C da sut zavodlariga topshiriladi.
Ma'lumki, sog‘ib olingan sut hayvon tana haroratiga 
yaqin, ya'ni 35°-37°C atrofida bo‘ladi. Binobarin, unda 
turli mikrob va bakteriyalar tezda ko‘payib ketmasligi 
uchun qisqa vaqt ichida 10°C va undan ham past 
haroratda sovitish tadbirlari olib borilishi talab etiladi.
Kuzatishlardan maMumki, yoz oylari sut 2°- 
4°C gacha, qishda esa 8°C atrofida bo'lishi maqbul 
hisoblanadi. Shuningdek, agar 1 ml sut tarkibida 
dastavval 200-300 ming bakteriya bo'lgani holda uni 
4°C gacha sovitilsa, tarkibidagi bakteriyalar miqdori 
36-44 soat o‘tgach, ikki martaga ortishi mumkin. 
Agar 8°C gacha sovitilsa, 10-12 soat ichida ular, 
ya’ni bakteriyalar ikki martaga ortishi aniqlangan. 
Binobarin, sutni qancha uzoq muddat saqlash lozim 
boMsa, u shuncha past haroratda boMishi talab etiladi. 
AXIvashura (1989) maMumotiga ko‘ra u quyidagi 
tartibda bo'lishi maqbul hisoblanadi:
138
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin