Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə82/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Sutni pasterlash 
deb, uning ma'lum haroratga 
ko‘targan holda birmuncha vaqt saqlab, so‘ngra mum- 
kin qadar past haroratgacha sovutish usuliga aytiladi. 
Pasterlashdan asosiy maqsad sutning tarkibidagi 
kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlami o‘ldirishdan 
iboratdir. Bunday mikroorganizmlaming deyarli 99,9 
%i nobud bo‘ladi.
Sutning qaynash nuqtasida isitilishi uning qaynashi 
deb yuritiladi. Qaynash nuqtasidan yuqori darajadagi 
haroratda isitilishi uning sterillanishi deyiladi. Sut 
100,2°C da qaynaydi va 0,55°C (ba’zan 0,54-0,57°C)da 
muzlaydi. Uning muzlashi ko‘pincha sigir salomatligiga 
bog‘liqdir.
Pasterlashning sut xususiyatiga ta’siri. 
Paster- 
langan sut tarkibidagi deyarli hamma mikroblar halok 
bo‘ladi. Lekin yuqori darajadagi haroratgacha chidamli 
bo‘lgan ba’zi bir mikroblargina saqlanib qolishi mum- 
kin. Masalan, ayrim spora hosil qiluvchi mikroblargina 
nobud 
bo‘lmasligi 
mumkin. 
Ishlab 
chiqarishda 
pasterlashning asosan ikki usuli, ya’ni 
bir onda 
yoki 
bir zumda, 
hamda 
uzoq muddatli 
usuli qo‘llanadi.
Bir onda pasterlash 
usulida sut 58°C-90°C 
da isitiladi va tezda sovutiladi. Bunday harorat sut 
tarkibidagi deyarli hamma mikroorganizmlami nobud 
qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Uzoq muddatli pasterlash 
usuli sut 63°C-65°s 
gacha isitiladi va shu darajada deyarli 30 minut 
saqlanadi. Isitish vaqtida sut doim aralashtirilib turiladi.
Sog‘lom sigirlardan sog‘ib olingan va yaqin sut 
zavodlariga yuboriladigan sutni pasterlash tavsiya 
etilmaydi. Lekin sut sovutiladi. Shuningdek, sutdan 
sariyog4 yoki qaymoq tayyorlash uchun uni pasterlash 
talab etiladi.
128
www.ziyouz.com kutubxonasi


Kasal va kasalligi gumon bo‘lgan sigirlardan sog‘ib 
olingan sut ham albatta pasterlanishi shart. Pasterlash 
ishlari asosan maxsus apparatlar - pasterizatorlarda 
yoki ba’zan sut idishlarida, ulami qaynoq suvga solish 
y o ‘li bilan ham bajariladi.

Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin