Mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash



Yüklə 5,56 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/141
tarix27.09.2023
ölçüsü5,56 Mb.
#149569
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   141
Chorva parranda va baliq mahsulotlarini yetishtirish qayta ishlash texnologiyasi (T.Ikromov)

Sut saqlash tanklari 
vertikal yoki gorizontal 
ko'rinishga ega bo‘ladi va ulardan asosan yirik xo‘ja- 
liklarda, sut sanoatida va sut zavodlarida ko‘proq 
foydalaniladi. Sutni saqlash ishlari qaysi bir usulda olib 
borilmasin, qancha past haroratda u sovitilgan bo‘lsa, 
shuncha uzoq vaqt saqlash mumkin. Buning uchun 
ayrim tavsiyalardan foydalanish mumkin 
(11-jadval).
Sutni jo ‘natish va tashish. 
Sog'ib olingan va 
sovitilgan sut, sut zavodlariga yoki sut qabul qiluvchi 
punktlarga turli tranport vositalari yordamida jo ‘na- 
tiladi. Jo'natiladigan sut avtotsistemalarda, sut flyag- 
larida bo‘lishi mumkin. Buning uchun bu idishlar 
nihoyatda toza va hidsiz bo‘lmog‘i kerak. Jo‘natiladigan 
sut idishlarining qopqog‘i germetik jihatidan yaxshilab
140
www.ziyouz.com kutubxonasi


11-jadval
Harorati pasayishiga qarab sutning sifatini buzmagan
holda saqlash muddati
Talab etilgan harorat:
Saqlash m uddati, soat:
12-15
5-6
10-12
8-10
9-10
10-12
7-9
12-18
5-7
18-24
3-5
24-36
0-1
34-48
yopilishi lozim. Ko‘pincha xo‘jaliklardan jo ‘natiladigan 
sut hajmi 38 litr, bo'yin qismi 170-220 mm bo‘lgan, 
zanglamaydigan alyumin flyaglarga solinadi. Lekin yi- 
rik xo‘jaliklardan jo ‘natiladigan sut asosan hajmi 2000 
litrdan 10 000 litrgacha bo'lgan sistemalar yordamida 
yetkaziladi. Sut topshirilib boigach, sut sistemalari 
zavodning o‘zida issiq suv bilan tozalab yuviladi, de- 
zinfeksiya qilinadi va fermalarga jo ‘natiladi.
Bilimni tekshirish uchun savollar
1. Xo'jaliklarda sutga dastlabki ishlov berish ishlari qanday 
tashkil etiladi?
2. Sutni pasterlash to'g'risida nimalami bilasiz?
3. Sut zavodlarida sutga qanday ishlov beriladi?
4. Sutga issiqlik yordamida ishlov berish qanday olib 
boriladi?
5. Sutni sterillash to‘g‘risida so'zlab bering.
6. Sutni separatlash texnologiyasini tushuntirib bering.
7. Sutni sovutish va sovutish qurilmalari haqida tushuncha 
bering.
8. Sutning sifatini buzmagan holda saqlash tadbirlari 
to‘g‘risida nimalami bilasiz?
141
www.ziyouz.com kutubxonasi



Yüklə 5,56 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   141




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin