separator 1879-yili shved injeneri lavall tomonidan
yaratilgan. Keyinchalik, separatorlaming bir qancha
maxsus mukammallashtirilgan turlari yaratila boshlandi.
Bu borada ms olimlaridan V.Goryachkin, G.Bremer,
G.Kuk, N.Lukyanov kabilar katta hissa qo‘shganliklari
adabiyotlardan ma’lum.
Hozirgi
vaqtda
separatorlaming
uch
xildagi
guruhidan foydalanilmoqda. 1. Ochiq separatorlar.
2. Yopiq separatorlar. 3. Yarim yopiq separatorlar.
Separatorlaming hammasi o'zining
tuzilishi va
ishlash prinsipi jihatidan deyarli bir xil bo‘lgani holda
quyidagi qismlardan iboratdir. Ya’ni sut plazmasidan
yog‘ni ajratib oladigan barabani,
shu barabanni
harakatga keltiruvchi mexanizmi, sut qabul qiluvchi
idish, qaymog‘ini to‘plovchi va yog‘i olinib boigan
sutni
chiqarib yuboruvchi boiim lari, shuningdek,
separatoming barcha qismlarini o ‘ziga birlashtirgan
staninasi shular jumlasidandir.
Separatoming barabani sutning yog‘i (qaymog‘i)ni
ajratib berishda muhim vazifani bajaradi. U o‘zining
tuzilishiga ko‘ra asosan sakkizta qism (bo‘lak)lardan
tashkil topgan. Har bir qism ma’lum bir vazifani
bajaradi. Masalan, tagligi (dnishe) o ‘zining
markaziy
naychasi
bilan
barabanning
hamma
qismlarini
mahkamlangan holda saqlab turish vazifasini bajaradi.
Tagligining ostidagi teshik esa separator urchug‘i
(veretena)ni birlashtiradi. Yoki mahkamlash gaykasi
barabanning
barcha
qismlarini
mustahkamlash
vazifasini
bajaradi.
Shuningdek,
tarelka
tutqich
(krestovina) baraban tagligidagi markaziy naychaga
kiydirilgan holda barcha tarelka paketlarini mahkam
holda tutib turishda xizmat qiladi.
Tarelkalar esa sutdan
yog‘ ajratib berish imkonini yaratadi. Baraban qopqog‘i
barcha detallami biriktirib turishda katta ahamiyatga
egadir.
135
www.ziyouz.com kutubxonasi