Korxonalarning majburiyatlari quyidagi belgilar bo`yicha turkumlanishi mumkin:
foydalanish muddatiga ko`ra;
baholashning aniqligiga ko`ra;
Foydalanish muddatiga ko`ra majburiyatlar joriy va uzoq muddatli bo`lishi mumkin.
Balans hisoboti sanasidan boshlab bir yil davomida yoki bir yildan ko`p bo`lgan oddiy operatsion tsikl davomida to`lanishi ko`zda tutilgan majburiyatlar joriy majburiyatlar deb ta`riflanadi. Bu ta`rifga javob bermaydigan majbu-riyatlar uzoq muddatli majburiyatlar deb e`tirof etiladi.
Buxgalteriya hisobiningmilliy standartlariga ko`ra joriy va uzoq mud-datli majburiyatlar tarkibida hisobga olinishi mumkin bo`lgan yo`nalishlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan hisobvaraqlar
Moliyalashtirilgan va joriy lizing bo`yicha majburiyatlar
Hisoblangan foizlar bo`yicha majburiyatlar
Shartli majburiyatlar
Olingan kredit va qarzlar bo`yicha majburiyatlar
Boshqa majburiyatlar
Baholashning aniqligiga ko`ra majburiyatlarning turkumlanishi A.M. Ger-shun tahriri ostida bir guruh rus mutaxassislari tomonidan yaratilgan «Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini qo`llash»1 deb nomlangan o`quv qo`llanmasida yaxshi yoritilgan. Unga ko`ra baholashning aniqligi bo`yicha majburiyatlar:
haqiqiy;
baholangan;
shartli holida bo`lishi mumkin.
Haqiqiy majburiyatlarharakatdagi shartnomalar, bitimlar va qonunchilik asosida yuzaga kelib ularga quyidagilarni kiritish mumkin:
olingan hisobvaraqlar bo`yicha majburiyatlar;
berilgan veksellar bo`yicha majburiyatlar;
ta`sischilarga hisoblangan dividendlar bo`yicha majburiyatlar;
hisoblangan soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha majburiyatlar;
hisoblangan ish haqi bo`yicha majburiyatlar va boshqalar.
Baholangan majburiyatlar deganda, ma`lum bir sana yuzaga kelmagunga qadar aniq qiymatini belgilab bo`lmaydigan majburiyatlar tushuniladi. Ularga misol qilib quyidagilarni keltirish mumkin:
foyda solig`i bo`yicha majburiyat. Bu majburiyatni to hamma moliyaviy xo`jalik muomalalari buxgalteriya hisobida o`z aksini topib, soliq hisobi qilinmagunga qadar aniqlab bo`lmaydi;
kafolat majburiyatlari. Bu majburiyatlarning haqiqiy qiymatini xari-dorlar tomonidan mahsulotlardan foydalanish boshlangandagina aniq-lash mumkin;
xodimlarga mehnat ta`tili xarajatlarini qoplash bo`yicha majburiyatlar. Bu majburiyat summasini mehnat ta`tiliga chiqish jadvali tasdiq-lanmagunga qadar aniqlab bo`lmaydi.
Shartli majburiyatlar – bular:
avvalgi hodisalar natijasi bo`lib, ularning mavjudligiga kelgusida yuz berishi mumkin bo`lgan bir yoki bir necha noaniq hodisalar orqali aniqlik kiritish mumkin.
avvalgi hodisalar natijasi bo`lib, kelgusida ular tan olinmasligi mumkin, chunki:
majburiyatni qondirish uchun keyinchalik iqtisodiy samara kelti-rishi mumkin bo`lgan resursning chiqib ketish ehtimoli mavjud emas;
majburiyat summasini aniq tarzda baholashning imkoni mavjud emas.
Masalan, korxonaga nisbatan uning mijozi sud jarayonini boshlagan. Sud jarayonida korxonaga nisbatan jarima to`lash bo`yicha qaror chikishi mumkin. Lekin moliyaviy hisobot tuzish sanasiga, jarima summasi ham va sud qarori ham mavjud bo`lmasligi mumkin. Yaьni jarayon yakunida majburiyat yuzaga kelishi ham, kelmas-ligi ham mumkin.