Dt «Pul mablag`lari» 1000000
Kt «Тo`lanadigan obligatsiyalar (uzoq muddatli)» 1000000
Birinchi yarim yillik bo`yicha foizlarning hisoblanishi:
Foiz summasi q Obligatsiyaning nominal qiymati Foiz stavkasi Harakat muddati
1000000 0.12 1G`2 yilda q 60000 so`m
Dt «Foizlar bo`yicha xarajatlar» 60000
Kt «Hisoblangan foizlar» 60000
Agar obligatsiyalarning bozor va belgilangan foiz stavkalari teng bo`lsa, unda obligatsiyalar nominal qiymati bo`yicha sotiladi. Bu holatda foizlar to`lovi shu muddat ichida tavakkalchiligi yuqori bo`lgan obligatsiyalarning bozor foiz stavkasinikiga teng bo`lgan miqdorda daromad keltiradi. Biroq, ko`pincha bozor va belgilangan foiz stavkalari teng qiymatli bo`lmaydi. Bozor stavkasi va obliga-tsiyalarning emissiya qiymatidagi o`zgarishlar o`zaro bog`liq. Agar bozor stavkasi (12%) belgilangan stavkadan (10%) ortiq bo`lsa, unda investorga bozor stavkasiga teng bo`lgan daromad keltirishi uchun obligatsiya emissiyasining bahosi nominal qiymatidan oshmasligi kerak. Investorlar 10 % daromad keltiruvchi obligatsiya uchun nominal qiymatda haq to`lashni xohlamaydilar, chunki xuddi shunday boshqa qarz qog`ozlari 12% daromad keltiradi.
Agar bozor foiz stavkasi belgilangan stavkadan ortiq bo`lsa, obligatsiyalar chegirma bilan (nominal qiymatidan past bahoda) sotiladi.
14-misol. «XYZ» kompaniyasi 2004 yilning 3 fevralida 5 yil muddatga 1000000 so`mlik, yillik 9% li obligatsiyalar chiqardi. Obligatsiyalarning bozor stavkasi 10 % ga teng.
Demak, kompaniya xaridorga bozor stavkasidan kam bo`lmagan miqdorda daro-mad keltirishini ta`minlash uchun obligatsiyalarni chegirma bilan sotadi. Chegirma summasini topish uchun pulning vaqtdagi qiymatini aniqlash jadvallaridan foydalanamiz.
Obligatsiya bo`yicha asosiy qarzning joriy qiymati
1000000 x (PV 10%, 5) = 1000000 x 0,62092=620920
Obligatsiya bo`yicha to`lovlarning joriy qiymati
1000000 x (0,09)(PVA 10 %, 5) = 1000000 x (0,09)(3,79079)= 341171
Obligatsiya bo`yicha qarzning bozor bahosi 962091
Obligatsiya qiymatidan chegirma (1000000 – 962091) 37909
Obligatsiyalarni chegirma bilan sotilishining aks ettirilishi:
Dostları ilə paylaş: |