Dt «Kafolat xizmati bo`yicha xarajatlar» 250000
Kt «Kafolatli xizmat bo`yicha zahira» 250000
Bu summa quyidagicha hisoblandi:
Sotilgan televizorlar soni 200
Avvalgi yillarda almashtirish uchun qaytarilgan
tovarlar foizi 5 %
Kutilayotgan almashtirishlar miqdori (200 0.05) 10
Almashtiriladigan kineskopning qiymati 25000
Kafolat majburiyatlari bo`yicha zahira summasi 250000
Kompaniyaga almashtirish uchun qaytarilgan tovarlar qiymati shu maqsadda tashkil etilgan zahira hisobidan qoplanadi. Faraz qilamiz, iyun oyida sotilgan tovarlarning 2 tasi qaytib keldi va kompaniya bu tovarlarni almashtirib berdi.
Dt «Kafolatli xizmat bo`yicha zahira» 50000
Kt «Тovarlar» 50000
Bunday qarzdorlik korxona tomonidan xodimlarga ma`muriy-xo`jalik xiz-mat safarlari uchun berilgan bo`nak summalari bilan haqiqiy sarflangan xarajat-larso`mmalari o`rtasida yuzaga kelgan farq natijasida kelib chiqadi. Bo`nak puli olmay turib, xodimlar tomonidan tegishli maqsadlarda mablag`lar sarflanishi natijasida ham qarzdorlik paydo bo`lishi mumkin. Hisobdor shaxslar belgilangan muddatda haqiqiy sarflangan summalar yuzasidan hisobot berishlari kerak. Ular o`z hisobotlariga sarflangan summalarni isbotlovchi hujjatlarni ilova kilish-lari lozim. Haqikatda sarflangan summa hisobot uchun berilgan bo`nak summasidan oshsa korxonani hisobot beruvchi shaxslar oldida qarzdorligi yuzaga keladi va ushbu ortiqcha summa «Hisobdor shaxslar oldidagi qarzdorlik» deb nomlangan hisobvaraqning kredit tomonida qayd qilinadi.
11-misol. «XYZ» kompaniyasi bosh muhandisi ishlab chiqarish maqsadlarida Тoshkent shahriga xizmat safariga borib kelish uchun kassadan 35000 so`m bo`nak oldi. Хizmat safari tugagach, bosh muhandis tegishli hujjatlar bilan 50000 so`mlik xarajatni o`z ichiga olgan hisobotni topshirdi. Kompaniya rahbari ushbu hara-jatlarni to`lig`icha qoplab berishga rozilik bildirib hisobotni imzoladi. Bu xo`jalik muomalalari buxgalteriya hisobida quyidagicha aks ettiriladi: