Majburiyатlar hisobi


Dt «Pul mablag`lari» 120000 Kt



Yüklə 167 Kb.
səhifə8/18
tarix07.04.2023
ölçüsü167 Kb.
#94290
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Majburiyatlar hisobi

Dt «Pul mablag`lari» 120000
Kt «Muddati uzaytirilgan daromadlar» 120000

2004 yilning 31 noyabr kuni, noyabr oyi uchun tegishli bo`lgan daromad summasi tan olinganda ( 120000 so`m : 6 oy) x 1 oy = 20000 so`m




Dt «Muddati uzaytirilgan daromadlar» 20000
Kt «Qisqa muddatli lizingdan olingan daromad» 20000

Хuddi shunday buxgalteriya o`tkazmalari ijarachiga beruvchi tashkilotda ijara muddati tugagunga qadar berib boriladi.


«Soliqlar va majburiy to`lovlar bo`yicha muddati uzaytirilgan majbu-riyatlar» hisobvarag`ida moliyaviy hisob va soliq hisobi bo`yicha qo`llanilayotgan hisob tamoyillarini mos kelmasligi va vaqtinchalik farqlar ta`siri ostida soliqlar va majburiy ajratmalarda yuzaga keladigan muddati uzaytirilgan majbu-riyatlarning joriy qismi aks ettiriladi.
«Muddati uzaytirilgan diskontlar (chegirmalar)» va «Muddati uzaytirilgan mukofotlar (ustamalar)» deb nomlangan hisobvaraqlar obligatsiya chiqarilgan davrdan boshlab yilning oralig`ida xarajat yoki daromadga taqsimlanadigan, obli-gatsiyalar yuzasidan chegirma yoki ustama bo`yicha korxonaning uzoq muddatli majbu-riyatlarining joriy qismini aks ettirishga mo`ljallangan. Ushbu hisobvaraq-larni obligatsiya chiqarib sotuvchi xo`jalik yurituvchi sub`ektlargina qo`llaydi.
«Muddati uzaytirilgan boshqa majburiyatlar» hisobvarag`ida korxona yuqo-rida keltirilgan hisobvaraklarda aks ettirilmagan boshqa muddati o`tgan majbu-riyatlarni hisobga olib boradi.
Olingan bo`naklar bo`yicha yuzaga kelgan majburiyatlarning joriy qismi hisobi
Mahsulot (tovar va boshqa aktivlar)ni etkazib berish, ishni bajarish yoki xizmat ko`rsatishdan avval bo`nak tariqasida olingan pul mablag`lari bo`yicha xaridorlar oldida majburiyat kelib chiqadi. Garchand pul kelib tushgan bo`lsa ham bu mablag`larni daromad deb tan olish mumkin emas. Chunki, hali bu xo`jalik muo-malasi bo`yicha aktivlarning chiqib ketishi ro`y bergani yo`q. Ular turli shakldagi aktivlarni xaridorga jo`natilishi yuz bergandan keyingina tan olina boshlanadi.


5-misol. «XYZ» kompaniyasining mahsulotini sotib olish uchun 2004 yilning 4 yanvarida «A» korxonasi uning hisob-kitob hisobvarag`iga 500000 so`m pul tushirdi. Shartnoma shartlariga ko`ra mahsulotni etkazib berish, pul tushgan kundan boshlab 10 kun ichida amalga oshirilishi lozim. Bu xo`jalik muomalalari «XYZ» kompaniyasining buxgalteriya hisobida quyidagicha o`z aksini topadi.
2004 yilning 4 yanvar kuni, bo`nak summasining kelib tushishiga



Yüklə 167 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin