Dt «Хizmat safari bo`yicha berilgan bo`naklar» 35000
Kt «Kassa»
35000
Хodim tomonidan topshirilgan hisobot inobatga olinganda
Dt «Asosiy ishlab chiqarish xarajatlari» 50000
Kt «Хizmat safari bo`yicha berilgan bo`naklar» 35000
Kt «Hisobdor shaxslar oldidagi qarzdorlik» 15000
2.2 Uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olish xususiyatlari
Тo`lanish muddati bir yil yoki bir operatsion tsikldan ko`p bo`lgan majbu-riyatlar uzoq muddatli majburiyatlar sifatida tan olinadi. Ularning tarkibi xuddi joriy majburiyatlarnikiga o`xshash bo`ladi. Lekin bunday majburiyatlarni hisobga olishning o`ziga xos xususiyatlari ham bor. Bu xususiyatlarni ko`rib chiqish-ni uzoq muddatli majburiyatlar tarkibida alohida o`rin tutuvchi «Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan hisobvaraqlar» bilan bog`liq muomalalardan boshlaymiz. Bular mahalliy va xorijiy hamkorlardan nasiyaga olingan asosiy vo-sita, xom ashyo va materiallar, foydalanilgan xizmatlar natijasida yuzaga kelgan va to`lanish muddati bir yil yoki bir operatsion tsikldan ortiq bo`lgan majburiyatlardir.
12-misol. «XYZ» kompaniyasi 3 yil ichida bir xil qismlarda to`lab berish sharti bilan xorijiy hamkoridan 750000 so`mlik xom ashyo sotib oldi. Shunga ko`ra bu majburiyatning hisobot yiliga tegishli qismi joriy majburiyatlar, qolgan yillarga tegishli qismi esa uzoq muddatli majburiyatlar tarkibida hisobga oli-nadi.
Dt «Хom ashyo» 750000
Kt «Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan
hisobvaraqlar» (joriy qismi) 250000
Kt «Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to`lanadigan
hisobvaraqlar» (uzoq muddatli qismi) 500000
Uzoq muddatli majburiyatlarni hisobga olishning xususiyatlari to`lanadigan obligatsiyalar hisobida yaqqol o`z aksini topgan.
Тo`lanadigan obligatsiyalar hisobi
Obligatsiya – katta summalardagi kapitalni uzoq muddat davomida himoyalash uchun kompaniyalar va davlat tashkilotlari tomonidan chiqariladigan qarz guvohnomalaridir. Obligatsiyalar – bu firma-emitentning obligatsiyalar egalari (investorlar) tomonidan investitsiya qilinayotgan kapitalning asosiy summasi va hisoblangan foizlarni qaytarib berish to`g`risida rasmiy bergan va`dasini ifodalaydigan qonuniy hujjatdir. Obligatsion kelishuv obligatsiya muddatlarini, emitent va obligatsiya egalarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi. Investorlar o`zida emitent va investorlar o`rtasidagi kelishuv majburiyatini aks ettiruvchi obligatsion sertifikatga ega bo`ladilar. Investorlar turli xil maqsadlar, yondashuvlar va siyosatga tayanib ish ko`radilar. Shuning uchun ham ularga turli-tuman obligatsiyalar taklif qilinadi. Quyida shunday obliga-tsiyalarning ayrim turlari keltirilgan:
oddiy obligatsiyalar;
daromadli obligatsiyalar;
konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar;
nomi yozib qo`yiladigan obligatsiyalar;
kuponli obligatsiyalar;
ta`minlangan obligatsiyalar va boshqalar
Obligatsiyalar bilan bog`liq xo`jalik muomalalarini hisobga olish tarti-bini misol yordamida kengroq tarzda ko`rib chiqamiz.
13-misol. «XYZ» kompaniyasi 2004 yilning 2 yanvarida 1000000 so`m summa-da 3 yil muddatga yillik 12% li obligatsiyalar chiqardi. Foizlarni yilda ikki marta 2 yanvar va 1 iyulda to`lanishi ko`zda tutilgan. Obligatsiyalar nominal qiymat bo`yicha chiqarildi va xaridorlar o`rtasida joylashtirildi. Ushbu xo`jalik muoma-lalari quyidagi buxgalteriya yozuvi orqali rasmiylashtiriladi:
Obligatsiyalarni joylashtirish vaqtida
Dostları ilə paylaş: |