BILDIRISHNOMA Meni homiladorlik hamda farzandim 3 yoshga to‘1gunicha qarash uchun olgan haq to‘lanmaydigan ta’tildan so‘ng 2006-yil 28-avgustdan o‘z vazifamni bajarishga kirishgan deb hisoblashingizni so‘rayman.
2006-yil 28-avgust. imzo Oxunova Sh.
davlat universiteti filologiya fakulteti
dekani dotsent J.D.Eltazarovga
universitet jismoniy tarbiya
kafedrasi katta o‘qituvchisi
O‘.Sh.Samandarovdan
BILDIRISHNOMA Siz rahbarlik qilayotgan fakultetning o‘zbek filologiyasi bo‘limi 1-kurs 04-guruh talabalari: Xolmurodova Bibisora, Norqulova Shirin, Xudoyberdiyeva Adolat 2007-yil 4- va 11-yanvar kunlari universitet talabalarining qishki spartakiadasiga tayyorgarlik mashg‘ulotlariga sababsiz ravishda qatnashmadi. Bu talabalarga nisbatan tegishli chora ko‘rishingizni so‘rayman.
2007-yil 11-yanvar. imzo Samandarov O‘.Sh.
SHARTNOMA Bu hujjat ikki yoki undan ortiq fuqarolarning, yuridik shaxslarning huquqiy munosabatlari, majburiyatlari va boshqalarni belgilash, o‘zgartirish yoki to‘xtatishni nazarda tutadi. Shartnomalar davlatlararo, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, xususiy korxonalar va hatto fuqarolar o‘rtasida ham tuzilishi mumkin. Mahsulotlar yetishtirish, ularni xarid qilish, qayta ishlash, mulkiy javobgarlik, binolar qurish, turar joy ijarasi, uy-joy, dala hovli, transport vositalarining oldi-sotdisi, mol-mulkni hadya qilish, almashtirish, ijaraga olish, qarz berish va hokazolar haqida korxona bilan korxona, fuqarolar o‘rtasida shartnomalar tuzilishi mumkin. Shartnomalar o‘z mazmuni va mohiyatiga ko‘ra amaldagi qonunlarga to‘la mos bo‘lishi shart. Shartnomalar tomonlar imzolaganlaridan so‘ng yoki notarial idora tomonidan tasdiqlangan paytdan boshlab qonuniy kuchga kiradi. Hozirgi paytda qo‘llanishda bo‘lgan shartnomalar mazmun va shakl jihatdan turli-tumandir. Shartnomalarning ayrim turlari avvaldan tayyor, bir xil mazmundagi andoza asosida tuzilsa, ayrimlari esa unda belgilanayotgan vazifa va majburiyatlarning turli-tumanligiga qarab har safar ish jarayonida yangicha mazmun va shakldagi matn asosida tayyorlanadi.
Turmushda ko‘p qo‘llanishda bo‘lishini hisobga olib talabalar o‘rganishlari uchun korxona va fuqaro o‘rtasida tuziladigan mehnat shartnomasi (bitimi)ning zaruriy qismlariga to‘xtalamiz. Ular quyidagilar:
– hujjat nomi – mehnat bitimi;
– hujjat tuzilgan sana va joyi;
– bitimni tuzayotgan korxona nomi, rahbarining lavozimi, familiyasi, ismi, fuqaroning ish joyi, lavozimi, familiyasi, ismi;
– matn (ijrochi va buyurtmachining majburiyatlari);
– ishning bajarilish muddati, to‘lanadigan haq, to‘lanish muddati va tartibi;
– ish sifatiga qo‘yiladigan talablar, uni qabul qilib olish tartibi;
– tomonlarning manzillari, ijrochi va buyurtmachi imzolari, familiyalari, ismlari va muhr;
– ilovalar ro‘yxati.