Majlis bayoni. Bildirishnoma, ularning vazifasi, zaruriy qismlari, turlari, bu hujjatlarning namunalari ustida ishlash



Yüklə 25,45 Kb.
səhifə5/6
tarix13.04.2023
ölçüsü25,45 Kb.
#97023
1   2   3   4   5   6
2Dalolatnoma. Ma‘lumotnoma. Majlis bayoni. Hisobot

NAMUNA


MEHNAT SHARTNOMASI


2000-yil 18-avgust
Samarqand shahri

Samarqaand viloyat hokimligi adliya boshqarmasi nomidan(bundan keyin ish beruvchi deb qayd etiladi) boshqarma boshlig‘i va O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi, Alisher Navoiy nomidagi Samarqand davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakulteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasining katta o‘qituvchisi Berdiyev Husan Xolnazarovich(bundan keyin ish bajaruvchi deb qayd etiladi) birgalikda yshbu mehnat shartnomasini quyida bayon etilgan majburiyat va vazifalarni bajarish bo‘yicha kelishib, imzoladilar.


Mazkur mehnat shartnomasining asosi viloyat adliya boshqarmasi idora a’zolari, notariat idoralari va fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish (FHDY) idoralari xodimlariga lotin yozuviga asoslangan yangi o‘zbek alifbosi va imlo qoidalarini o‘rgatish bo‘yicha amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etish hisolanadi.
I. Ish beruvchi:
1.1. Ish bajaruvchi tomonidan tuzilib, tegishli tartibda tasdiqlangan o‘quv-ish dasturi asosida guruhlarga taqsimlangan adliya boshqarmasi xodimlariga, notariat va FHDY xodimlariga belgilangan xonalarda va paytda oquv mashg‘ulotlari o‘tish uchun barcha sharitlarni yaratadi, tinglovchilarning to‘liq ishtirokini ta’minlaydi.
1.2. Ish bajaruvchiga o‘tilgan har bir soatlik amaliy mashg‘ulot uchun oliy o‘quv yurtlari talabalriga o‘tiladigan darslarga soatbay asosida to‘lanadigan ish haqiga ellik foiz miqdorida ustama qo‘shib to‘laydi.
II. Ish bajaruvchi:
2.1. Amaliy o‘quv mashg‘ulotlarini tegishli o‘quv dasturi va ish rejasiga asosan ish beruvchi tasdiqlagan dars jadvaliga binoan sifatli o‘tilishini ta’minlaydi.
2.2. Guruhlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarining natijalari yuzasidan har bir xodimning olgan bilim darajasi, yangi alifbo va imloda qay darajada ish qog‘ozlari yurita olish malakasi to‘g‘risida ish beruvchiga yozma ravushda axborot beradi.
2.3. Ushbu mehnat shartnomasi tomonlarning o‘zaro kelishuvi asosida tuzilgan bo‘lib, unda ko‘rsatilgan shartlar to‘liq bajarilgunga qadar kuchda bo‘ladi.
2.4. Shartnomada ko‘zda tutilgan majburiyat va vazifalarning bajarilishi jarayonida yuzaga keladigan nizolar amaldagi qonun va qoidalar asosida hal etiladi.
Samarqand viloyat hokimligi SamDU o‘zbek filologi-
adliya boshqarmasi boshlig‘i: yasi fakulteti o‘zbek tili
va adabiyoti kafedrasi
katta o‘qituvchisi

Yüklə 25,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin