Chun bor edilar bu hazratu ul hazrat,
Kim, ul hazrat haq sari qildi rihlat.
Bu hazrat ko‘p umr ila topsun davlat,
Men bandag‘a davlatida kunji uzlat. (MN.117)
“Bu hazratkim...” Abdurahmon Jomiy nazarda tutiladi. Ruboiydagi “bu hazrat” Sulton Husayn Boyqaroni, “ul hazrat” esa Jomiyni anglatadi. “...ul hazrat haq sari qildi rihlat” misrasidan Jomiyning vafot etgani anglashiladi. Ana shu uchinchi majlis avvalida esa Jomiyga hali hayot shoir sifatida ta’rif beriladi. Gap shundaki, Navoiy “Majolis un-nafois”ni to‘ldirib, uning har majlisi alohida xotimalar yozgan va asarning ikkinchi tahririni yaratgan. Bu tahrirni shoir 1498 yilda amalga oshirgan. Binobarin, bu vaqtda Jomiy hayotdan ko‘z yumgan edi.
“To’rtinchi majlis. Asr fuzalosi zikridakim, she’rg’a mashhur va mubohi emasturlar, ammo alardin nazm tariqida ko’p latoyif zohir bo’lur va ko’p zaroyif bosh urar”. Bu majlisda Navoiyga zamondosh bo’lgan 72 ta havaskor shoir yod olinadi. Tazkiraning bu qismi bag’oyat e’tiborga sazovordir. Сhunki unda o’z kasb-korlarini tark etmagan holda she’riyat bilan shug’ullangan shahar hunarmandlari, mehnat ahllari haqida so’z yuritiladi15.
Dostları ilə paylaş: |