Suhayliy Kamoliddin Husayn Koshifiyning “Kalila va Dimna” asarini “Anvori Suhayliy” nomida nazmda tarjima qilgan.
Mavlono Binoiy– Navoiy u Hirotda tug’ilgan, tahlilga jiddiy mashg’ul bo’lgan, xatga ishq paydo qildi, oz fursatda juda yaxshi yoza boshladi, advor-musiqiy ilmiga berildi, risola ham yozdi, deb ta’riflagan. “Ammo mu’jib (kibrli, manmanlik - S. G’.) va mutasavvir (tasavvurga berilgan - S.G’.)lig’idin Hirotda el ko’nglig’a maqbul bo’lmadi ... el sha’ni tashne’idin (ta’na va malomat - S.G.’) Hirotda yashay olmadi ... ammo chun yigit durur qobil va ko’p g’urbat va shikastliklar tortdi, umid ulkim nafsiga ham shikast va tavoze’ yetmish bo’lg’ay” - deb yozadi va forsiyda bir baytni keltiradi. “Majolis”ni forsiyga ikkinchi tarjimoni Muhammad Qazviniy Binoiyning Navoiyga hazil-mutoyibalari, qochirimlarini bayon etadi. Binoiyning “Bog’i Eron”, “Bahrom va Behruz” nomli va Shayboniyxon haqida ham masnaviylari bor.