Kamoliy – Balxda yashagan, turkigo’y shoir, she’rlari shuhratdan xoli bo’lmagan. Matla’i:
Irning qulidur nayshakar, ey jon beli bog’liq,
Gul dog’i yuzung bandasidur to’ni yamog’liq. (MN.63)
Sakkokiy – samarqandliklar bu shoirga g’oyatda ixlosmand bo’lishgan. Navoiy Samarqandda yashagan paytida uning she’rlarini so’ratadi. Sakkokiyning Xoja Muhammad Tarso, Xalil Sulton, Ulug’bek Mirzo, Arslon Xoja Tarxonlarga bag’ishlangan qasidalari bor.
Mirzo Xoji So’g’diy– samarqandlik, Navoiy bu shoir ba’zida ajoyib ma’noli she’rlar yozar, lekin so’zlarni rangli qilib bitar edi, deydi. Matla’i: