Shohekim, erur sipehr miqdorlig‘i,
Tufroq aro xasm boisu xorlig‘i,
Topsun bular arvohi madadkorlig‘i,
Har ishtaki bo‘lsa tengrining yorlig‘i”. (MN.69)
“Uchinchi majlis. Alar zikridakim, holo zamon sahoyifida maoniy abkori alarming daqiq ta’blari mullaboflig’idin nazm libosi kiyadur va nazm libosi alarning amiq zehnlari muyshigoflig’idin san’at va salosat naqsh va nigori topadurkim, ba’zining mulozamatig’a musharraf va sarafroz va ba’zining musohabati bila xushnud va bahramanddurmiz”. Bu majlis muallifning o’zi bilan bevosita shaxsiy munosabatda bo’lgan, birgalikda ijod etgan shoirlar, chunonchi Navoiyning do’sti va ustozi Abdurahmon Jomiy va boshqalarga bag’ishlanadi. Bu bo’limda hammasi bo’lib 174 ta adib haqida ma’lumot beriladi. Ushbu ijodkorlarning ayrimlari bilan tanishtirib o’tamiz:
“Donishu fazl gavharining koni” Abdurahmon Jomiy bilan “Majolis”ning uchinchi majlisi boshlanadi. Navoiy o’z fikrlarini ta’rif va tahsinlarda bayon etadi. Asarlari nomini keltirishning o’zi bu vasflardan oshadi” – deydi va duo bilan yakunlaydi. Navoiyning piri, ustozi bo’lgan Jomiy bilan do’stlik rishtalari g’oyat mustahkam bo’lgan. Ular ijodiy hamkorlikka katta e’tibor bilan qaraganlar. Bu haqda Navoiyning “Hamsat ul-mutahayyirin” asarida g’oyat muhim ma’lumotlar berilgan. 1492 yil Jomiy vafot etadi. Bu Navoiy uchun og’ir yo’qotish edi. 1492-1494 yillarda saroyda Majiduddin, Nizomulmulklarning fitna-fujurlari avjiga chiqqan, Navoiyga Jomiydek do’st, sirdosh va maslahatgo’y yetishmaganidan ul zotning iztirobi cheksiz edi. Navoiyning Jomiy haqidagi fikrlari “Hamsat ul-mutahayyirin” asarida va dostonlarida berilgan alohida madhiyalar hamda uning vafotiga yozilgan marsiyasida qalamga olingan.
Dostları ilə paylaş: |