Majolis un-nafois



Yüklə 323,5 Kb.
səhifə18/76
tarix02.01.2022
ölçüsü323,5 Kb.
#43511
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76
Majolis un-nafois

Xoja Yusuf Burxon – mashhur shayh Ahmadi Jomiy avlodidan, tasavvuf bilimdoni bo’lgan mazkur shoirni Navoiy “musiqiy ilmni ham yaxshi bilur erdi va faqir musiqiy fanida aning shogirdimen. Ko’proq o’z she’rig’a musiqiy bog’lar erdi. “Isfahon” amalini yaratgan”, deb yozadi.

Mavlono Javhariy samarqandlik shoir, “Siyar un-nabiy” (Payg’ambar xislatlari) nomli asari bor, aruzni bag’oyat chuqur tushungan shoir. Yetti qalamda ham xatni go’zal yozgan. U ilmi musiqiy va advor (musiqa nazariyasi) va boshqa sohalarni puxta bilgan deb ta’riflanadi.

Andijonlik shoirlar Mavlono Safoiy va Yusuf Bade’iylar bilan Navoiy Samarqandda ekanida uchrashgan. Yusuf Bade’iy keyin Hirotga kelgan, yaxshi suhbati bor, aruzni yaxshi bilar edi, deydi Navoiy.



Mirzobek insoniyat va xushaxloqlikda Xuroson va Samarqandda yagona bo’lgan bu shoir yosh vafot etgani aytiladi. Xondamir “Makorim ul-axloq” asarida Mirzobekning otasi Amir Sulton Hasan ekanligi va ular “Ko’p ichish orqasida o’lib ketgan”ini yozgan.


Yüklə 323,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin