Mir Kamoluddin Husayn – Xurosonda ilm o’rgangan, Iroqda Sulton Ya’qub bilan uchrashgan, uning hurmatiga sazovor bo’lgan. Hirotga qaytgach Jomiy xizmatida bo’lgan. Ko’rinishi xush va ta’bi ham yaxshi, bir necha risolalari ham bor, deb yozadi Navoiy va uning Abdulloh Ansoriyning “Manozil us-soyirin” asariga sharh yozganini aytib, bir baytni ham keltiradi. To’rtinchi majlis Navoiyning quyidagi so’zlari hamda ruboiysi bilan yakunlanadi: “Bu diqqatpesha va zarofatandesha azizlardin agarchi ba’zi ajal mayidin mast va bexabardurlar,ammo ba’zi hayot bazmida sarmast va jilvagar va nazmgustardurlar, tengri taollo o‘tgan jamoatni o‘z qoshidin g‘ariyqi daryoi rahmat qilsun va qolg‘on ahli xizmat va ubudiyatni shoh lutfidin shoyistai ehsoni beminnat.