Sho‘xi makunki, chashmi badon dar kamini tust. (MN.171)
Tarj.: Go‘zallik mulki qanchalik qo‘l ostingda bo‘lsada, sho‘xlik qilmagilki, yomonlarning ko‘zi seni kuzatmoqdalar.
Ya’qub Mirzo – Iroq va Ozarbayjon hukmdori. Navoiy bilan yaqin do‘stona munosabatda bo‘lgan. Jomiy ham bu hukmdorga husni rag‘bat bilan qaragan va “Salomon va Absol” dostonini unga bag‘ishlagan. Ya’qub Sulton boshchilik qilgan adabiy-madaniy muhitda ko‘plab shoir va yozuvchilar faoliyatda bo‘lganlar. Birgina “Majolis un-nafois”ning forsiy tarjimasida Faxriy Hirotiy shu muhitga mansub 40 ta shoir haqida ma’lumot beradi. Navoiy e’tiroficha, Ya’qub Mirzo yaxshigina shoir, she’riyat bilimdoni va uni qadrlovchi shaxs bo‘lgan.