Majolis un-nafois



Yüklə 323,5 Kb.
səhifə43/76
tarix02.01.2022
ölçüsü323,5 Kb.
#43511
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76
Majolis un-nafois

Shoh G‘arib Mirzo – Husayn Boyqaroning o‘g‘li. Bobur yozadi: “...bukri edi. Agarchi hay’ati yomon edi, tab’i xo‘b edi.Agarchi badani notavon edi, kalomi marg‘ub edi. “G‘aribiy” taxallus qilur edi, devon ham tartib qilib edi, turkiy va forsiy she’r aytur edi”. Husayn Boyqaro Hirotdan biror yoqqa otlansa, hukmronlikni Shoh G‘arib Mirzoga qoldirar ekan. Navoiy “Farhod va Shirin” oxirida Shoh G‘arib Mirzoga alohida bob ajratadi. Unda shahzodaning yaxshi fazilatlarini, ilm-fan, ma’rifatga tashnaligini ta’riflaydi va mamlakat hamda xalq taqdiriga aloqador shaxs sifatida diniy bilimlarni (fiqh, hadis va tafsirni), hikmatni, ayniqsa, tarixni o‘rganishni nasihat qiladi. Faxriy Hirotiy yozishicha, hirotlik bir shoir “G‘aribiy” taxallusini olganda Husayn Boyqaro o‘g‘lining xotiri uchun uning taxallusini “Majlisiy”ga o‘zgartirgan ekan. Navoiy Shoh G‘arib Mirzo vafotiga har bandi 6 baytdan iborat 5 bandli (60 misra) tarkibband marsiya yozgan. Unda marhumning kamtar va shirinso‘z inson, adolatli va lutf marhamatli shahzoda, zakovatli shoir bo‘lgani qayd etiladi. Bu marsiya birinchi marta 1971 yilda (Adabiy meros, 2 sonida) H. Sulaymonov tomonidan nashr etildi. Navoiy ta’biri bilan aytganda “Yettinchi majlisning tuganchisi” quyidagicha: “Bu oliyjoh podshohlar va anjumsipoh falak dastgohlardin avvalg‘i Jamshid va Faridun monand ota bila farzandg‘a so‘ngg‘i avlod va axfod va amjodqa falak Jamshid bila Faridung‘a ichirgandek, ayog‘i ichurdi va vujud bazmgohidin surdi va adam faromushxonasig‘a kiyurdikim, dunyoda haq taoloni shohi taxtgir qilg‘ondek oxiratda ham muqarrabi dargoh va arshi sarir qilg‘ay. Va alarning mulku taxt va saltanatin va toju sipoh va hashamatin alarg‘a vorisi barhaq va mulkka horisi mutlaq, ya’ni Sulton Sohibqirong‘a musallam tutg‘ay va ruhlarining sham’in ham o‘z o‘chog‘lari shu’lasi bila yorutg‘ay va soyir shohzodalar dag‘i bu davlatdin bahramand va shoh inoyatidin sarbaland bo‘lg‘aylar.


Yüklə 323,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin