Kim, mulki davomi to qiyomat bo‘lsun,
Zotig‘a bu mulk uzra iqomat bo‘lsun,
Adl ichra tariyqi istiqomat bo‘lsun,
Olam ahli uchun salomat bo‘lsun”. (MN.178)
“Majolis” so‘ngidagi bu “Xilvat” deb berilmish ikki lavha: Husayn Boyqaro huzurida o‘tadigan adabiy anjumanlar (Navoiy “Oliy majlis” deydi) haqida, ularda yangi she’rlar, badiiyat masalalari muhokama qilinishi haqida tasavvur yaratib beradi. Birinchi lavhada Navoiy Xusrav Dehlaviyning hindcha she’rlaridagi bir ma’no yomg‘ir rishtasining nozik yorga madad bo‘lganligi haqidagi Lutfiydan eshitgan hikoyat va unga e’tiroz bildirgan Husayn Boyqaro mana bu bayt esa e’tiroz uyg‘otmaydi, deb bir baytni keltiradi. Bu bayt Husayn Boyqaro devonidan topilmadi. Uning Navoiy ilk devonidagi bir g‘azal tarkibida mavjudligiga bizning e’tiborimizni prof. H. Ne’matov tortdi. Faqat “Majolis”da “devorg‘a” so‘zi devonda “devorda” tarzida yozilgan. Ikkinchi lavhada esa hisorlik yosh shoir Qabuliy g‘azali bilan bog‘liq bo‘lib, shoir she’rida chiqmay qolgan bir baytni Navoiy yozib bergani va Husayn Boyqaro bu xolni darhol payqagani haqida so‘z boradi. Bu lavha Husayn Boyqaro Navoiy she’riy uslubini naqadar puxta bilganligi, shuningdek,yosh iste’dodlarga marhamatli bo‘lganligidan dalolat beradi.
Tazkirani tarkibiy tuzilishini o’rganish jarayonida bir qator qiziqarli ma’lumotlarga duch keldik. “Majolis un-nafois”da Navoiy hazratlari o’zbek ayol shoiralari haqida ham ma’lumot bergan ekanlar. Masalan: Tazkiraning avvalgi majlisida Navoiy Mavlono Sulaymoniy haqida ma’lumot berganida, uning ayoli shoira Mehri haqida ham aytib o’tadi. Mehri – XV asrning birinchi yarmida Hirotda yashagan shoira. Mehrining eri Xoja Abdulaziz Shohrux Mirzoning saroy tabibi bo‘lgan, Mehri sofdil, ravshanfikr, iste’dodli, shirinsuxan va hozirjavob bo‘lgani uchun malika Gavharshodbegimning yaqin suhbatdoshi – nadimasi ekan. Tazkiralarda qariyb bir ovozdan Mehrining nihoyatda go‘zal bo‘lganligi qayd qilinadi. Shoiraning bizgacha yetib kelgan she’rlari u yoki bu hayotiy voqealar munosabati bilan badiyona aytilgandir. Mehri fitna-fujurlar bois birmuncha muddat Shohrux tomonidan zindonband qilinadi. Lekin zindonda turib yaratgan isyonkorona she’rlari uni xalos bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Navoiy keltirgan ikki bayt tazkiralarda berilishicha, Mehri qalamiga mansubdir. Shoira she’rlarida, dadil aytilgan fikrlar, aniq his-tuyg‘ular, alamli armonlar go‘zal badiiy obraz va vositalarda bayon etiladi:
“Guftam az madrasa pursam sababi hurmati may,
Dostları ilə paylaş: |