O’xshatti qomatingga sanavbarni bog’bon,
Bechora bilmas ermish alifdin tayog’ni. (MN.64)
Navoiyning tog’asi Mir Said Kobuliy ikki tilda she’r yozgan, turkiyga ko’proq moyil bo’lgan. Navoiy undan bir tuyuq keltiradi:
Ey muhiblar, yetsangiz gar yoza siz,
Gul adoqinda xumore yozasiz.
Gar men o’lsam, turbatimning toshig’a
“Kushtai bir sho’x erur” deb yozasiz. (MN.66)
Navoiyning yana bir tog’asi Muhammad Ali “G’aribiy” taxallusida she’rlar bitgan. Juda mashhur cholg’uchi bo’lgan. Musiqa ilmini puxta bilgan. Husayn Boyqaroning unga iltifoti, inoyatlari o’zgalardan ko’proq erdi, deydi Navoiy. Tazkiraning ikkinchi majlisida Shosh, Samarqand, Turbat, Xorazmda yashagan ko’pgina shoirlar haqida ma’lumotlar bor. Ularning she’rlari o’sha davr adabiy jarayoni, janrlar ravnaqi, ma’naviyat masalalari haqida muxtasar bo’lsada, tasavvur uyg’otadi. Ikkinchi majlis esa quyidagicha yakun topadi:
“Bu latofat oyin aizzag‘a va bu balog‘at tazyin ajillag‘akim, tab’lari natijasidin olam ahli xushhol va zehnlari bodasidin xotirlari sog‘ari molomoldur, tengri taolo alarg‘a bog‘i rizvonni maqom qilsun,ravzai jinonda orom bersun va Sulton sohibqiron ro‘zgorig‘a ruhlaridin madad va fayzi beadad yetkursun.
Dostları ilə paylaş: |