Amir Shayxim Suhayliy – iste’dodi va zehni yuksak, axloqi go’zal, deya ta’riflangan. U Husayn Boyqaro davrida saltanat ishlarida maslahatchilik qilgan. Suhayliyning “Iydiya” qasidasidan matla’ keltiriladi:
Shukr, ey dilki, digar bor ba sad zebu jamol,
Gardani shohidi iyd ast darog’ushi hilol. (MN.72)
(ya’ni: shukr qil, ey ko’ngul, ya’ni yuz bezak va go’zallik bilan bayram go’zalining gardani yangi oy og’ushiga kirdi.) Yana boshqa she’rlaridan ham namunalar berilgan.
Davlatshoh Suxayliyning har ikki tildagi go’zal she’rlaridan keltirgan. Uning turkiy g’azalidagi ushbu misralar shoir iqtidorini namoyon qilib turibdi:
Dostları ilə paylaş: |