Makon va vaqt reja: Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Makon va vaqtning mikro-, makro- va megaolamdagi xususiyatlari. Makon va vaqtning umumiy xossalari: obyektivlik, abadiylik, cheksizlik va ichki ziddiyatlilik



Yüklə 92 Kb.
səhifə6/9
tarix06.06.2022
ölçüsü92 Kb.
#60766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9 mavzu makon va vaqt

Vaqt tartibi va yo‘nalishi. Vaqt shakllanishi yoki o‘tishining ob'ektiv xususiyati to‘g‘risidagi masala qadimdan hozirgi kungacha qizg‘in bahsga sabab bo‘layotgan muammodir. Vaqt tartibi va yo‘nalishi to‘g‘risida so‘z yuritilganida, odatda, uning o‘tmishdan hozirgi vaqt orqali kelajakka o‘tishi nazarda tutiladi. Vaqt bir yo‘nalishli, nosimmetrik va orqaga qaytmaydigan jarayon sifatida namoyon bo‘ladi.
Borliq hodisalarini vaqtda tartibga solish uchun «vaqt» tushunchasining ikki majmuidan foydalanilgan: «O‘tmish – hozirgi vaqt – kelajak» tushunchasining sifati va mazmunini ifodalashda vaqtning psixologik tavsifi ko‘proq mos keladi.
Vaqtning miqdoriy tahlili uchun : «oldin – ayni bir vaqtda – keyin» tushunchalari qo‘llaniladi. Masalan: 4 minut oldin, 5 minut keyin kabilar miqdor tahlilini ifodalaydi. Ammo tilimizning tuzilishiga ko‘ra 4 soat «o‘tmish», 5 minut «kelajak» qabilida gap tuzishning imkoni yo‘q. Vaqtni tushunishning bu ikki xil jihati 1908 yilda J.Mak-Taggart tomonidan aniq tavsiflangan. U «vaqt» tushunchasining ikki majmui haqidagi tasavvurni ilmiy muomalaga kiritdi.
Tushunchaning ikki majmuini ajratish ayrim muammolar ta'rifini aniqlash imkonini beradi. Bir tomondan, vaqt harakatchan yoki muvaqqat yo‘l, oqim va tranzitivlikning ifodasi sifatida tushuniladi. O‘tmish, hozir va kelajakda mavjud voqyealar vaqtning mazkur holatiga nisbatan uzluksiz o‘zgaradi. O‘tmishdagi voqyealar yanada o‘tmishga chekinadi, bo‘lajak voqyealar esa yaqinlashadi. Vaqt shakllanishining mazkur jarayoni ko‘pincha «vaqt daryosi», «vaqt oqimi» kabi ibora va o‘xshatishlar orqali ifodalanadi. Ayni vaqtda, uzluksiz o‘zgaruvchi voqyealar o‘zgarmas tartibda yuz beradi.
Ijtimoiy makon. Makon va vaqt munosabatlarining yanada murakkabroq manzarasi ijtimoiy tuzilmalarda kuzatiladi. Bunda insonning dunyoga munosabati bilan belgilangan, inson faoliyati va amaliyotining o‘ziga xos xususiyatlariga tarixiy bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy makon to‘g‘risida so‘z yuritish o‘rinli bo‘ladi. U alohida insoniy ma'no kasb etadi va biosfera, sayyora va koinot darajasidan bir vaqtda o‘rin oladi, shu bilan birga inson yaratgan infratuzilma, o‘zlashtirilgan hududlar, foydalanilayotgan suv va fazo okeanlari, jamuljam holda inson yashaydigan makonga aylangan koinot kengliklari ko‘rinishida ulardan ajralib turadi. Bunda ko‘lamli strukturalar o‘z holicha, xaotik tarzda vujudga kelmaydi, balki jamiyat evolyusiyasi ob'ektiv jarayonlarining mahsuli hisoblanadi va muayyan xalqlarning turmushi, madaniyatini, ularning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish darajasini, ma'lum vaqt ruhini o‘zida aks ettiradi. Bularning barchasi pirovardida «ikkilamchi tabiat»ni tashkil etadigan tegishli arxitektura, o‘zgartirilgan landshaft va shu kabilarda o‘z aksini topadi.

Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin