Makon va vaqt reja: Makon va vaqt borliqning fundamental shakllari. Makon va vaqtning mikro-, makro- va megaolamdagi xususiyatlari. Makon va vaqtning umumiy xossalari: obyektivlik, abadiylik, cheksizlik va ichki ziddiyatlilik



Yüklə 92 Kb.
səhifə2/9
tarix06.06.2022
ölçüsü92 Kb.
#60766
1   2   3   4   5   6   7   8   9
9 mavzu makon va vaqt

Sub'ektiv idealizm vakillari (Berkli, Yum, Max va boshqalar) makon va vaqtga individual ong shakllari sifatida yondashadi. Xususan, D.Yum (1711-1776) uchun ular faqat idrokda mavjuddir. Falsafadagi butun sub'ektiv-idealistik yo‘nalish uchun makon va vaqt – tasavvurlarning joylashuv usuli, binobarin, ular o‘z kelib chiqishining psixologik manbaiga ega. Berklidan Maxga qadar makon va vaqt - sezgilarning tartibga solingan qatorlari shakllaridir, degan yondashuvni asoslovchi dalillar majmui amal qildi. Ingliz faylasufi Pirson fikriga ko‘ra, makon va vaqt amalda mavjud emas, ular narsalarni idrok etishning sub'ektiv usuli, xolos. Makon – narsalarni idrok etish tartibi yoki kategoriyasi bo‘lsa, vaqt voqyealarni idrok etish kategoriyasidir. A.A.Bogdanov makon va vaqtni tashkil etuvchi va uyg‘unlashtiruvchi inson tafakkuri mahsuli deb hisoblaydi. I.Kant (1724-1804) ham makon va vaqtga sub'ektiv deb qaraydi, ammo ularni aprior, ya'ni insonga tajribaga qadar berilgan hissiy mushohada shakllari sifatida tushunadi. I.Kant makon va vaqtni inson hissiyoti shakli – kuzatish shakli sifatida talqin qiladi. Unga ko‘ra, aynan dunyoni bilishga harakat qilayotgan sub'ekt o‘ziga berilgan dunyoning muayyan makon va vaqtdagi shakl-shamoyilini yaratadi.
Materialistik yondashuv makon va vaqtni ongdan tashqarida va undan qat'iy nazar mavjud deb hisoblaydi, ya'ni ular mavjudligining ob'ektiv xususiyatini qayd etadi. Mazkur yondashuv asosan tabiatshunoslikning I.Nyuton (1643-1727) va A.Eynshteyn (1879-1955) kabi atoqli namoyandalari ilgari surgan g‘oyalarga tayanadi.
Makon va vaqt tabiati haqidagi metafizik yondashuvlarni rad etuvchi tabiiy ilmiy dalillar XIX asr oxirida fizikada elektromagnit nazariyasi yuzaga kelishi bilan shakllana boshladi. Uning rivojlanishi faylasuflarni bo‘shliq haqidagi tasavvurlardan voz kechishga majbur qildi. Dastlab u “efir” to‘g‘risidagi g‘oya bilan almashtirildi. Efir hamma joyda to‘liq, lekin mutlaq va hyech narsaga bog‘liq bo‘lmagan makonning shakli vazifasini bajardi. Keyinchalik bu tasavvurlardan ham voz kechildi.
Ammo substansional va relyasion konsepsiyalar, Gegelning ob'ektiv idealizmi doirasidagi makon va vaqt haqidagi tasavvurlari singari, makon va vaqtning ob'ektiv mavjudligiga shubha qilmas edi. Makon va vaqtni mutlaqo mustaqil atributlar sifatida qayd etuvchi metafizik substansional konsepsiya XIX-XX asrlarda fanning rivojlanish jarayonida o‘z ahamiyatini butunlay yo‘qotdi.
Lobachevskiy makon va vaqtning evklid geometriyasi tavsiflamagan xossalari mavjud, degan taxminni ilgari surdi. Bu taxmin absolyut makon konsepsiyasini inkor etadi, chunki makon faqat geometrik tavsiflanishi lozim edi. Asosiy g‘oyalari A.Eynshteyn tomonidan 1905 yilda ta'riflangan xususiy nisbiylik nazariyasida makon va vaqtning geometrik xossalari ularda gravitatsion massalarning taqsimlanishiga bog‘liq ekanligi aniqlandi. Unga ko‘ra og‘ir ob'ektlar yaqinida makon va vaqtning geometrik xossalari evklid geometriyasi tamoyillaridan uzoqlasha boshlaydi, vaqtning o‘tish sur'ati esa susayadi. A.Eynshteyn (1916 yilda) o‘zining umumiy nisbiylik nazariyasi bilan nafaqat makon va vaqtning substansional konsepsiyasiga, balki makon va vaqt mohiyatining sub'ektivistik aprioristik talqinlariga ham qaqshatqich zarba berdi. U makon va vaqt xossalari moddiy tizimlar harakati va o‘zaro ta'siriga bog‘liq ekanligini ko‘rsatib berdi. A.Eynshteyn o‘z nazariyasining mohiyatini tushuntirar ekan, shunday deb qayd etdi: «Ilgari qandaydir mo‘jiza yuz berib, barcha moddiy narsalar birdan yo‘q bo‘lib qolsa, makon va vaqt qoladi, deb hisoblashgan. Nisbiylik nazariyasiga ko‘ra esa, bu holda narsalar bilan birga makon va vaqt ham yo‘q bo‘lib ketgan bo‘ladi»3. Ya'ni, Eynshteynning nisbiylik nazariyasiga muvofiq makon va vaqt o‘z holicha ham, bir-biridan ajralgan holda ham mavjud bo‘lmaydi, balki materiya bilan shu darajada uzviy bog‘liq bo‘ladiki, pirovardida hyech qanday mustaqillikka ega bo‘lmaydi va yagona rang-barang yaxlitlikning atributlari sifatida amal qiladi. Yagona makon va vaqt kontinuumini tashkil etar ekan, ular moddiy jismlar harakatining tezligiga ham bog‘liq: jism harakatining nisbiy tezligi oshganida uning ko‘lam ko‘rsatkichlari qisqaradi, uning vaqti esa o‘z oqimini sekinlashtiradi. Eynshteyn nazariyasi Riman, Lobachevskiy, Gauss va Puankarening ilg‘or g‘oyalariga qo‘shilgan holda, makon va vaqtning gravitatsiya bilan uzviy aloqasini ham asoslab berdi.
Hozirgi zamon tabiatshunosligi va falsafiy xulosalar nuqtai nazaridan ob'ektiv borliq makon, vaqt, harakat hamda modda va maydon turlari o‘zaro ta'sirining uzviy bog‘lanishidan iborat. Hozirgi olimlar yagona, ob'ektiv makon va vaqt kontinuumi to‘g‘risida so‘z yuritishni ma'qul ko‘radilar. Makon va vaqt moddiy jismlar mavjudligining o‘zaro bog‘langan shakllari sifatida tushuniladi. Makon – materiya borlig‘ining ko‘lamlilik, tarkibiylik kabi xossalari va uning o‘zaro ta'sirlarini ifodalovchi shakli. Vaqt – materiya borlig‘ining barcha ob'ektlar mavjudligining davomiyligini va keyingi holat o‘zgarishlarini tavsiflovchi shakli.
Dunyoda mavjud barcha jismlar makonda aynan uch yo‘nalish bilan chegaralangani, barcha shakllarning eng yassisi ham uzunlik, kenglik va balandlikka ega bo‘lgani sababli, makonimizning uch o‘lchovliligi empirik jihatdan hamma joyda namoyon bo‘luvchi dalil hisoblanadi. O‘z makonimizda biz uning o‘lchamlarini geometrik ifodalovchi uch perpendikulyarni bilamiz. Ammo jism makonda, aniqrog‘i, uning makrodarajasida harakatlanmasdan, balki doimo vaqtda harakatlanadi. Shu ma'noda, voqyealarni ularning ketma-ketligi tartibida ajratuvchi masofani vaqt deb nomlash mumkin. Bu masofa o‘tmishdan kelajak sari yo‘nalishda bosib o‘tiladi, mazkur yo‘nalishni makonda tasavvur qilsak, u makon va vaqt kontinuumining to‘rtinchi mezoni (o‘lchovi) sifatida amal qiladi. Bundan dunyoda yuz bergan muayyan voqyeani aniqlash uchun to‘rt soni zarur, degan xulosa kelib chiqadi. Vaqt nafaqat vaqt tartibini vujudga keltiradi, balki makon va vaqtning birlashgan tartibini belgilab beradi hamda Olamning kauzal (sababiy) tuzilishini ifodalaydi.
Shunday qilib, nisbiylik nazariyasida makon, vaqt va harakat materiya mavjudligining atributlari, asosiy shakllari sifatida qaraladi va u bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan holda, materiya kabi, mustaqil holda mavjud bo‘la olmaydi. Muttasil harakatda bo‘lgan dunyo esa muqarrar tarzda faqat makon va vaqtda mavjud deb qaraladi.

Yüklə 92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin