Makro bosqichdagi ta’sirlar


Psixik asos – etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qism; Hissiy soha



Yüklə 107,11 Kb.
səhifə6/25
tarix20.11.2023
ölçüsü107,11 Kb.
#162123
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25
boshqaruv

Psixik asos – etnik xarakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qism;

Hissiy soha – etnik yoki milliy his-kechinmalarini o’z ichiga olgan dinamik qism. Lekin tadqiqotchilar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug’ullanishganda, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug’ullanadilar-da, u yoki bu millatlargagina xos bo’lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uyg’unligi, millatlarning doimiy o’zaro hamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan sharoitda faqat u yoki bu millatga xos bo’lgan qirralar haqida gapirish juda qiyin. Masalan, o’zbeklar o’rtasida o’tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo’ldiki, go’yoki mehmondo’stlik kamtarlik, samimiylik kabi ijobiy sifatlar o’zbek xalqigagina xos emish. To’g’ri, bu sifatlar albatta, o’zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vakillarida yo’q deyishga haqqimiz yo’q. Xuddi har bir shaxs ongida turlicha stereotiplar, ya’ni o’rnashib qolgan obrazlar bo’lganidek har bir oila, yaqin oshna-og’aynilar va o’ziga o’xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o’z millatiga xos bo’lgan sifatlar haqida stereotiplar paydo bo’lib, ular ongida o’rnashib boradi. Bunday stereotiplar o’z millatiga va boshqa xalqlarga nisbatan bo’lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor bo’ladi. Shunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish (simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi. O’z millati haqidagi tasavvur va stereotiplar esa milliy “etnosentrizm” hissini shakllantiradiki, shu his tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irrasional munosabatlar paydo bo’lishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Bu borada, ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri millat vakillarida milliy g’ururning qay darajada bo’lishini aniqlash muammosi turadi. Chunki ko’pincha milliy g’urur tufayli ayrim shaxslarda boshqa millatlarni mensimaslik, ulardagi g’urur yoki milliy hislarni tan olmaslik hollari kuzatilmoqda. Umuman, bizning fikrimizcha, milliy adovatlar asosida yotgan etnosentrizm va milliy g’ururning salbiy ko’rinishlari boshqa millatlarning tarixini, ularning an’analarini, tili va hokazolarini bilmaslikdan kelib chiqadi. Milliy psixologiya bo’yicha o’tkazilishi lozim bo’lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa millatlarga yetkazish tufayli, har bir millat vakiliga hurmat-izzat hissini kuchaytirishdir. Chunki o’zini hurmat qilmagan odam boshqani hurmat qilmaydi, buning uchun esa o’z psixologiyasini ham, o’zgalar psixologiyasini ham bilishi kerak. Shundagina shaxslararo ziddiyatlarga barham berilishi mumkin. Bu narsa millatlar psixologiyasiga ham xosdir. Ya’ni fan jamiyatga shunday etnografik va etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi lozimki, undagi ma’lumotlar asosida katta guruh hisoblangan millatlar psixologiyasini ham boshqarish mumkin bo’lsin.

Yüklə 107,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin