bo'lmagan notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar sektori.
5. Uy xo'jaligi sektori.
6 . Tashqi dunyo sektori
Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektori
Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sektorigamoliyaviy tashkilotlardan tashqari institutsion birliklar kiritilib, ularning asosiy vazifasi mahsulot ishlab chiqarish va nomoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishdan iborat. Ular o ‘z xarajatlarini qoplash uchun o ‘z faoliyatlari natijalarini ko‘zlagan baholarda sotadilar
Moliyaviy korporatsiya (tashkilot)lar sektori
Moliyaviy korporatsiya (tashkilot)lar sektoriga tijorat asosida moliyaviy va sug‘urta operatsiyalari bilan shug‘ullanuvchi muassasa va tashkilotlar, ya’ni tijorat banklari, qarz beruvchi jamiyatlar kiritilib, ularning asosiy vazifasi moliyaviy mablag'larni chiqarish, sotib olish, saqlash va taqsimlash, qimmatbaho qog'ozlar chiqarish, pul mablag‘larini saqlash, korxonalariga va uy xo‘jaliklariga, qarz berishdan iborat
Umumdavlat boshqaruv sektoriga davlatni boshqaruvchi institutlar ham milliy daromad va milliy boylikni qayta taqsimlovchi institutsion birliklar kiritilib, ularning asosiy vazifasi boshqaruv, moliya faoliyati, atrof-muhit muhofazasi, davlat himoyasi, jamoa tartibini saqlash hamda aholiga ilm olishda, sog‘liqni saqlashda, san’at va madaniyat, jism oniy tarbiya va sport, ijtimoiy sug‘urta sohalarida pulsiz yoki imtiyozli xizm atlam i amalga oshirishdan iborat. Davlat moliya muassasalariga markaziy, mintaqaviy va mahalliy banklar kirib, ularning asosiy vazifalari davlat tashkilotlariga moliyaviy xizmatlar ko‘rsatish (qimmatbaho qog‘ozlar va pul chiqarish, oltin zaxiralari va xorijiy valuta zaxiralarini saqlash) va uy xo‘jaligiga hamda xususiy tadbirkorlarga moliyaviy xizmat ko‘rsatishdan iborat