Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) tashkilotlar va Uy xo‘jaIigi sektori
Uy xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi notijorat (ijtimoiy) tashkilotlarga davlat tomonidan moliyalashtirilmaydigan va nazorat qilinmaydigan tashkilotlar kiritilib, ularning asosiy vazifasi turli siyosiy partiyalar, kasaba uyushma va turli ijtimoiy tashkilot a’zolarining ilm olish, sog‘liqni saqlash, dam olish, ularga ijtimoiy xizmat ko‘rsatishdan iborat.
Uy xo‘jaIigi sektoriga oila va tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi ham iqtisodiy ham yuridik nuqtai nazardan ajratib bo’lm aydigan ayrim shaxslar kiritilib, ularning asosiy vazifasi ikkita:
— jamiyatga ishchi kuchi yetkazib berish;
— ishlab chiqarilgan m ahsulot va xizmatlarni iste’mol qilishdan iborat.
Tashqi dunyo sektoriga m am lakat rezidentlari bilan har qanday operatsiyalarni am alga oshiruvchi xorij davlatlar iqtisodiy birliklari kiritilib, ular m am lakatni jahon ham jamiyatiga kiritib, jahon m ehnat taqsim otini am alga oshirish imkoniyatini yaratadi. Iqtisodiy faoliyat turlarini bunday sektorlar bo‘vicha tasniflash ular tom onidan ishlab chiqarilgan m ahsulot (xizmat)lar hajmi, ularning tarkibi va turlarini aniqlash ham da bu ma’lum otlarni tahlil qilish im koniyatini beradi. Mazkur sektorlar orasida izchil o ‘zaro iqtisodiy aloqalar mavjud bo'lib, ular tovar-pul munosabatlari shaklida oshiriladi.
Tarmoqlar va ularning vazifalari
Tarmoqlar bir xil tovar va xizm atlar yaratuvchi faoliyatlar yig'indisidan tashkil topadi.
Xalqaro andozadagi iqtisodiy faoliyat turlarining tarmoq tasnifi 1948-yilda BM Tning Statistika komissiyasi tom onidan ishlab chiqarilgan va qabul qilingan. U 1958, 1968 va 1993- yillarda qayta ko'rib chiqilgan. Bunda gruppalash belgisi sifatida quyidagilar qabul qilingan:
1. Asos qilib olingan m ateriallarning natural ko‘rinishi;
2. Mehnat predm etlariga ishlov berish darajasi bilan bog'liq bo'lgan texnologik jarayonining xususiyati;
3. Ishlab chiqarilgan m ahsulot qanday m aqsadda ishlatiladi.w