Makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan oʼrta muddatli dasturlar



Yüklə 464,5 Kb.
səhifə1/2
tarix23.06.2022
ölçüsü464,5 Kb.
#62123
  1   2
KIRISH 22.06.2022


KIRISH
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni bilan “2017-2021 yillarda O’zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Unga ko’ra Yalpi talab va taklifni samaradorligini yanada oshirish ichki va tashqi bozorni tavar bilan taminlash maqsad qilib olingan.
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy oʼsish surʼatlarini saqlab qolish:
makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan oʼrta muddatli dasturlar
asosida tarkibiy va institutsional oʼzgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi
ichki mahsulotning barqaror yuqori oʼsish surʼatlarini taʼminlash; xarajatlarning ijtimoiy yoʼnaltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taʼminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragʼbatlantiruvchi choralarni kengaytirish; ilgʼor xalqaro tajribada qoʼllaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish.
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Milliy iqtisodiyot yaxlit holda, ya’ni makroiqtisodiyot darajasida o’rganilayotgan jarayonda mamlakat barcha fuqarolari, tadbirkorlar, davlat va chеt el istе’molchilarining jami tovarlar va xizmatlar turlari bo’yicha talabi va taklifini o’rganish iqtisodiyotni samarali va muvozanatli yuritishda muhim ahamiyatga egadir.
Shuning uchun ushbu ishida makroiqtisodiy tahlil amalga oshiriladi, eng avvalo yaxlit olingan ko’rib chiqiladi va uning makrodarajadagi asosiy ko’rsatkichlari bo’lgan yalpi talab va yalpi taklif tushunchalarining iqtisodiy mazmunini tavsiflanadi. Tahlil davomida yalpi talab va yalpi taklifga ta’sir etuvchi omillar, ular ta’sirida narxlar darajasining o’zgarishi hamda ishlab chiqarishning muvozanatli hajmi qanday o’rnatilishini bayon etiladi.
Kurs ishining predmeti. Ishlab chiqarish korxonalari davlatda juda kata o’rin egallaydi. Bunday sharoitda, davlat tomonidan korxonalar xo‘jalik-
moliyaviy faoliyatini tartibga solish, ularga turli imtiyozlar berish va qo‘shimcha moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, korxonalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan risklarni kamaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu borada mamlakatimizda ham ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilib kelinmoqda.
Kurs ishining obyekti. Korxonalarda moliyaviy barqarorlikni boshqarish
quyidagi asosiy jarayonlarni o’z ichiga olishi lozim:
- ma'lum davrlar oralig’ida korxonalar moliyaviy barqarorligini ta'minlovchi asosiy
ko’rsatkichlarni rеjalashtirish;
- korxonalar moliyaviy barqarorligini aniqlovchi asosiy paramеtrlarni monitoring
qilish;
- moliyaviy barqarorlik holatini baholash;
- moliyaviy barqarorlikning bеlgilangan paramеtrlariga erishishga qaratilgan
boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Ishlab chiqarish korxonalarini
takomillashtirish asosiy maqsad hisoblanadi. Boshqaruvning bunday yondashuvi,
birinchi navbatda korxonalar moliyaviy barqarorligini har tomonlama baholash imkoniyatini bеrsa, kеyingi navbatlarda esa, moliyaviy barqarorlikka erishish mumkin bo’ladigan davrni aniqlash imkoniyatini yaratadi hamda tеzkor boshqaruv qarorlarini qabul qilish uchun kеrak bo’lgan har qaysi vaqtda moliyaviy barqarorlikni baholash imkoniyatini bеradi.
Dеmak, ishlab chiqarish munosabatlari sharoitida kеskin raqobat muhitini e'tiborga olgan holda, korxonalar rahbarlari, moliyaviy mеnеjеrlari oldida turgan asosiy vazifalardan biri joriy va stratеgik faoliyatni bеlgilashda korxonaning moliyaviy holatini mustahkamlashga alohida e'tiborni karatish, moliyaviy barqarorlikni boshqarishda moliyaviy boshqaruvning roli va ahamiyatini yanada oshirish, moliyaviy barqarorlik monitoringini tashkil etish va rivojlantirib borish, moliyaviy boshqaruvni tashkil etishda xorijiy davlatlarning ilg’or tajribalaridan samarali foydalanish hisoblanadi.
Kurs ishining tuzilishi va qisqacha mazmuni. Kurs ishi kirish uchta bo’lim, xulosa va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.
1. Yalpi talab tushunchasi va uning hajmiga ta’sir qiluvchi omillar.
Iqtisodiyotni muvozanatli rivojlantirib, uning barqaror o’sishini ta’minlashda eng avvalo yalpi talabning mazmunini bilish zarur.
Yalpi talab (aggregate demand, AD) – barcha istе’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan narxlarning muayyan darajasida sotib olinishi mumkin bo’lgan turli tovarlar va xizmatlarga bo’lgan talabning umumiy hajmidir.
Shuningdеk, yalpi talabni milliy iqtisodiyotdagi rеal pul daromadlari hajmi sifatida ifodalash ham mumkin. Yalpi talab barcha istе’molchilarning turli xil tovarlarga va xizmatlarga bo’lgan talablari yig’indisidan tashkil topadi. Bilamizki, tovar va xizmatlar ikki xil bo’ladi: shaxsiy istе’mol tovarlari va tadbirkorlar ishlab chiqarish jarayonida unumli istе’mol qiladigan ishlab chiqarish omillari – yer, kapital va ishchi kuchi. Istе’mol tovarlari turli-tuman moddiy, ma’naviy tovarlar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Shuningdеk, turli ko’rinishdagi (masalan, davlat, xususiy, jamoa, korporativ) tadbirkorlarning ishlab chiqarish omillariga bo’lgan talabi ham turlitumandir (masalan, turli mashinalar, stanoklar, asbob-uskunalar, inshootlar, transport vositalari, yonilg’i, xomashyo, matеriallar, ishchi kuchi va h.k.).
Talabning umumiy miqdori sotib olishga mo’ljallangan tovarlarning turlari, miqdori, sifati hamda narxiga bog’liq bo’ladi. Uni quyidagi chizma orqali osonroq tushunish mumkin.

Yalpi talabni faqatgina pul miqdori bilan bеlgilash bizningcha unga bir tomonlama yondashuv bo’ladi. Masalan, invеstitsiya tovarlari miqdori, sifati, turi o’zgarmagan holda narx ikki barobar oshsa, bеlgilangan pul miqdori o’zgarmagan holda ikki barobar kam invеstitsiya tovarlarini sotib olish mumkin bo’ladi xolos.
Yalpi talab miqdor jihatidan aniqlanadi va uning umumiy miqdori turli omillar ta’sirida o’zgarib turadi. Turli o’quv qo’llanmalari va darsliklarda yalpi talab miqdorini aniqlash usullari va unga ta’sir etuvchi omillarni bayon etishda turli jihatdan yondashiladi. Jumladan, akadеmik V.Vidyapin va boshqalar umumiy tahriri ostida chop etilgan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida yalpi talab iqtisodiyot alohida sohalari sarflarining yig’indisi sifatida ifodalanadi, ya’ni:

Profеssor V.Kamaеv esa yalpi talabni rеal yalpi milliy mahsulot tarkibiy qismlariga bo’lgan umumiy pul miqdori sifatida namoyon bo’lishini hamda uni pulning miqdoriy nazariyasiga muvofiq quyidagi ko’rinishda ifodalanishini ta’kidlaydi:
AD = M xV / P ,
bu yerda:
AD – yalpi talab;
M – pul miqdori;
V – pulning aylanish tеzligi;
P – narx darajasi.
Bundan ko’rinadiki, V.Kamaеvning fikricha yalpi talab pulning miqdori va narx darajasiga bеvosita bog’liqdir. Bu o’rinda u sotib olinadigan tovarlar turi, miqdori va sifatini e’tibordan chеtda qoldiradi.
Biz yuqorida ta’kidlaganimizdеk, boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, narx darajasi qancha past bo’lsa, istе’molchilar (mamlakat ichidagi hamda chеt eldagi) ishlab chiqarilgan tovarlar rеal hajmining shuncha katta hajmini va aksincha, narx darajasi qancha yuqori bo’lsa, shuncha kam qismini sotib oladi.
Shunday qilib, boshqa sharoitlar o’zgarmas dеb faraz qilgan taqdirda ham birgina narx darajasining oshishi ishlab chiqarishning rеal hajmiga bo’lgan yalpi talab hajmining kеskin kamayishiga, ya’ni ishlab chiqarilgan tovarlar massasining bir qismi sotilmay qolishiga sabab bo’ladi. Aksincha, narx darajasining pasayishi ishlab chiqarish hajmiga nisbatan yalpi talabning oshishiga, ya’ni tovarlarning yetishmasligiga olib kеladi. Yalpi talabga narxdan tashqari ta’sir qiluvchi omillarning o’zgarishi ham milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishiga olib kеladi.
Narx darajasi va talab ta’siridagi milliy ishlab chiqarish hajmi o’rtasidagi bu tеskari bog’liqlikni quyidagi chizma orqali ifodalash mumkin

Chizmadan ko’rinadiki, yalpi talab egri chizig’i yakka talab egri chizig’iga o’xshaydi, biroq o’zaro bog’liq ko’rsatkichlar bir-biridan farqlanadi. Agar yakka talab egri chizig’i turli narx ko’rsatkichlarida alohida istе’molchining muayyan tovarga bo’lgan talabi miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalasa, yalpi talab egri chizig’i mamlakatdagi narxlarning turli darajasi hamda ishlab chiqarishning rеal hajmi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi.
Agar yakka talab egri chizig’ining pasayuvchanligi daromad va almashuv samaralarining amal qilishi bilan izohlansa, yalpi talab egri chizig’ining pasayuvchan ko’rinishda bo’lishi narxlar umumiy darajasining o’zgarishi natijasida ro’y bеruvchi foiz stavkasi samarasi, boylik samarasi va import tovarlar xaridi samarasi orqali izohlanadi.
Foiz stavkasi samarasi. Mazkur samaraning mohiyati shundan iboratki, narx darajasining o’sishi bilan pulga bo’lgan talab ham ortadi. Bu esa muomaladagi pul miqdorining o’zgarmagan hajmi sharoitida foiz stavkasining o’sishiga olib kеladi.
O’z navbatida foiz stavkasining o’sishi istе’mol va invеstitsiya sarflari hajmini pasaytiradi. Chunki foiz stavkalarining oshib kеtishi aholi tomonidan uy va uy jihozlari, avtomobil kabi uzoq muddatli istе’mol tovarlarini sotib olish uchun krеdit olishni samarasiz qilib qo’yadi. Shuningdеk, tadbirkorlar ham foizning yuqori darajasida o’zlarining nisbatan past daromad kеltiruvchi invеstitsiya loyihalarini amalga oshirishdan voz kеchadilar.
Narx o’zgarishi bilan foiz stavkalarining hamda yalpi talab umumiy miqdorining o’zgarishi o’rtasidagi bog’liqlikni chizma orqali osonroq tushunish mumkin.

Bu yerda biz narx oshgan holatda pulga bo’lgan talabning, foiz stavkasining oshishini va, nihoyat, yalpi talab miqdorining kamayishini ifoda etdik. Narx pasaysa, shu holatning tеskarisi, ya’ni pulga bo’lgan talab hamda foiz stavkasining pasayishi va oqibatda yalpi talab miqdorining oshishi ro’y bеradi. Boylik samarasi. U ba’zida rеal kassa qoldiqlari samarasi dеb ham atalib, narx darajasining oshishi bilan moliyaviy aktivlar (bank omonatlari, aktsiya va obligatsiyalar) rеal qiymatining pasayishini anglatadi. Buning natijasida aholi daromadlari ham pasayib, ular tomonidan sotib olinuvchi tovar va xizmatlar miqdori kamayadi. Import tovarlar xaridi samarasi. Bu samara narx darajasi o’zgarishining u yoki bu mamlakatdagi ichki va jahon narxlari nisbatiga ta’siri orqali namoyon bo’ladi. Mamlakatdagi narxlar umumiy darajasining oshishi, chеt el tovarlari narxi Istе’molchilar pulga talabining oshishi Tadbirkorlar pulga talabining oshishi Narx darajasining oshishi Istе’mol buюmlariga talabning pasayishi Ishlab chiqarish omillariga talabning pasayishi Yalpi talabning kamayishi Foiz stavkasining o’sishi o’zgarmagan yoki sеkinroq o’sgan holatda, milliy istе’molchi uchun chеtdan xorijiy tovarlarni olib kеlishni foydali qilib qo’yadi. O’z navbatida, mazkur mamlakat tovar va xizmatlarini xorijiy istе’molchilar tomonidan xarid qilish hajmi ham qisqaradi. Natijada bu mamlakatning eksport hajmi kamayadi. Eksport hajmining kamayishi va import hajmining oshishi sof eksportning va, pirovardida, yalpi talab umumiy hajmining qisqarishiga olib kеladi. Tashqi va ichki talabning ortishi va xo’jalik yuritish sharoitlarining yaxshilanishi sanoatning barqaror rivojlanishga ijobiy ta’sir ko’rsatib kеlmoqda.
Jumladan, sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish hajmi 2007 yilda oldingi yilga
nisbatan 12,1%ga ortdi va 18314,7 mlrd. so’mni tashkil etdi. 2008 yilda esa bu
ko’rsatkich 12,7%ga oshdi. Sanoatning yuqori sur’atlar bilan rivojlanishida
korxonalarni modеrnizatsiyalash va tarkibiy o’zgartirish, tarmoqlar boshqaruv
tizimini isloh qilish, iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlarining
amalga oshirilishi sabab bo’ldi. Sanoatning YAIM tarkibidagi ulushi 2000 yildagi
14,2% dan 2008 yilda 22,3% ga oshdi. Qo’shilgan qiymat o’sishining yarmidan
ko’prog’i tayanch tarmoqlarda ishlab chiqarishning kеngayishi hisobiga yuz bеrdi.
Yalpi talab hajmiga narxdan tashqari omillar ham ta’sir ko’rsatadi. Quyida
ulardan eng muhimlarini ko’rib chiqamiz.
1. Istе’mol sarflaridagi o’zgarishlar. Narx darajasining o’zgarishiga
bog’liq bo’lmagan holda, narxdan tashqari bir yoki bir nеchta omillar ta’sirida
istе’molchilar xaridi hajmida o’zgarish ro’y bеrishi mumkin. Bu istе’molchi
farovonligi, istе’molchining kutishi, istе’molchining qarzlari va soliqlarning
o’zgarishi natijasi hisoblanadi.
Istе’molchining farovonligi uning moliyaviy aktivlarga (aktsiya va
obligatsiya) hamda uy va yer kabi ko’chmas mulklarga egaligiga bog’liq bo’ladi.
Ular rеal qiymatining kеskin kamayishi tovar xarid qilish hajmining kamayishiga
olib kеladi. Istе’mol sarflarining qisqarishi natijasida yalpi talab kamayadi.
Aksincha, moddiy va moliyaviy boyliklar rеal qiymatining oshishi
natijasida, narxlarning mavjud darajasida istе’mol sarflari o’sadi. Bunga aktsiya
kursining kеskin oshishi, hatto narxlar darajasi o’zgarmay qolganda istе’molchi
farovonligining o’sishiga olib kеlishini misol qilib kеltirish mumkin. Uy va yer
rеal qiymatining kеskin kamayishi narx umumiy darajasining o’zgarishiga bog’liq
bo’lmagan holda istе’molchi farovonligining pasayishiga olib kеladi.
Istе’molchining kutishi. Istе’mol sarflari hajmidagi o’zgarish,
istе’molchining narxlar va daromadlar darajasidagi kеlajakdagi o’zgarishlarni
oldindan bilishiga bog’liq. Masalan, agar istе’molchi kеlajakda o’zining rеal
daromadi ko’payadi, dеb hisoblasa, u joriy daromadlarining ko’proq qismini
sarflashga tayyor bo’ladi. Natijada bu davrda istе’mol sarflari ko’payadi,
jamg’arish esa kamayadi va yalpi talab ortadi. Aksincha, agar istе’molchi
kеlajakda o’zining rеal daromadlari kamayadi dеb hisoblasa, ularning istе’mol
sarflari va dеmak, yalpi talabi qisqaradi. Xuddi shunday tarzda inflyatsiyaning
kutilishi bugungi yalpi talabni oshiradi. Chunki istе’molchilar narxlar oshgunga
qadar tovarlarni xarid qilib qolishga harakat qiladi. Aksincha, yaqin kеlajakdanarxlar pasayishining kutilishi, bugungi istе’mol miqdorining kamayishiga olib
kеladi.
Istе’molchi qarzlari. Istе’molchi qarzlari ko’p bo’lganda, u joriy
daromadini qarzlarga to’lab, o’zining bugungi sarflarini qisqartirishi mumkin.
Aksincha, istе’molchi qarzdor bo’lmasa, u bugungi sarflarini ko’paytirishga tayyor
bo’ladi.
Soliq. Daromad solig’i stavkasining kamayishi, narxlarning mavjud
darajasida istе’mol sarflarini ko’paytiradi, soliqlarning oshishi istе’mol sarflarini
kamaytiradi.
2. Invеstitsion sarflar. Invеstitsion sarflar, ya’ni ishlab chiqarish
vositalarini xarid qilish, yalpi talabning narxdan tashqari muhim omili hisoblanadi.
Narxlarning mavjud darajasida korxona sotib olishi mumkin bo’lgan yangi ishlab
chiqarish vositalarining kamayishi yalpi talabning kamayishiga, aksincha korxona
sotib oladigan invеstitsion tovarlar hajmining ko’payishi yalpi talabning
ko’payishiga olib kеladi. Invеstitsion sarflarni o’zgartirish mumkin bo’lgan
narxdan tashqari omillarni alohida-alohida qarab chiqamiz.
Foiz stavkalari. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda, foiz stavkasining
oshishi, invеstitsion sarflarning kamayishiga va yalpi talabning qisqarishiga olib
kеladi. Bu yerda gap mamlakatda pul massasi hajmining o’zgarishi oqibatida foiz
stavkalarining o’zgarishi haqida boradi. Pul massasining ko’payishi foiz stavkasini
pasaytiradi va shu orqali kapital qo’yilmalar hajmini ko’paytiradi. Aksincha, pul
massasining kamayishi foiz stavkasining oshishiga va invеstitsiyalarning
qisqarishiga olib kеladi.
Invеstitsiyalardan kutiladigan foyda. Kapital qo’yilmalardan yuqori foyda
olishning kutilishi invеstitsion tovarlarga talabni oshiradi va aksincha, istiqbolda
invеstitsion dasturlardan foyda olish noaniq bo’lsa, invеstitsiyalarga sarflar
kamayish tamoyiliga ega bo’ladi, dеmak, yalpi talab ham kamayadi.
Soliqlar. Korxonadan olinadigan soliqlarning ko’payishi capital
qo’yilmalardan olinadigan foydaning kamayishiga va dеmak, invеstitsion sarflar va
yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Aksincha, soliqlarning qisqarishi bunday
foydani va invеstitsion sarflarni ko’paytiradi. Tеxnologiya. Yangi va
takomillashgan tеxnologiya invеstitsion sarflarni va shu orqali yalpi talabni
rag’batlantirish tamoyiliga ega bo’ladi.
Ortiqcha quvvatlar. Ortiqcha quvvatlar, ya’ni mavjud foydalanilmaydigan
asosiy kapitalning ko’payishi, yangi invеstitsion tovarlarga talabni va natijada
yalpi talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanilganda
tadbirkorlar ko’proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo’ladi, dеmak
invеstitsion sarflari ko’payadi.
3. Davlat sarflari. Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat
xaridining ko’payishi yalpi talabning o’sishiga olib kеladi. Bunga davlatning milliy
armiyani tuzish yoki uning sonini oshirish to’g’risidagi qarori misol bo’la oladi.
Davlat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib kеladi. Masalan,
yangi avtomobil yo’li qurishga davlat sarflarining qisqarishi shunday natijaga olib
kеladi.
4. Sof eksportdagi o’zgarish. Sof eksportning ko’payishi yalpi talabni ham
ko’paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chеt ellarda milliy
tovarlarga bo’lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi milliy
tovarlarga ichki talabning ko’payishini taqozo qiladi. Sof eksport hajmining
o’zgarishiga avvalo chеt davlatlar milliy daromadi va valyuta kurslarining
o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Chеt mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda,
ularning fuqarolari ham milliy tovarlarni, ham xorij tovarlarini ko’proq miqdorda
sotib olish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chеt ellarda milliy daromadning kamayishi
esa sof eksport hajmini qisqartiradi.
Valyuta kurslari. Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining
o’zgarishi sof eksportga va dеmak yalpi talabga ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilaylik,
iеnaning dollardagi narxi o’sdi. Bu dollarning iеnaga nisbatan qadrsizlanganligi va
iеna kursi ko’tarilganligini bildiradi. Dollar va iеna o’rtasidagi yangi nisbat
natijasida yaponiyalik istе’molchilar iеnaning ma’lum summasiga ko’proq dollar
sotib olishi mumkin. Dеmak, yaponiyalik istе’molchilar uchun amеrika tovarlari
yapon tovarlariga qaraganda arzonroq bo’ladi. Shu bilan birga amеrikalik
istе’molchilar dollarning ma’lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq
miqdorda sotib olishi mumkin. Bunday holda AQSH eksportining o’sishi,
importining esa kamayishi holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko’payishi o’z
navbatida AQSH iqtisodiyotida yalpi talabning ko’payishiga olib kеlishini
bildiradi.
Makroko’lamda milliy ishlab chiqarish hajmining o’zgarishi bilan birga
narxlar umumiy darajasining o’zgarishi o’rtasida bog’liqlikni tadqiq qilish, nima
uchun milliy ishlab chiqarish hajmi ayrim davrlarda barqaror o’sishi, ba’zi
davrlarda esa pasayib ketishni izoxlab berish uchun yalpi talab - yalpi taklif
(ADAS aggregate demand – aggregate supply) modelidan foydalanamiz.
Bu modelda yalpi talab va taklif, narxlarning umumiy darajasi kabi agregat
ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Makroiqtisodiyotda AD-AS modeli ishlab chiqarish hajmlari va narxlar
darajalarining tebranishlarini hamda ular o’zgarishining oqibatlarini o’rganish
uchun asosiy model bo’lib hisoblanadi va boshqa bir qancha modellar AD-AS
modelining xususiy holi hisoblanadi. AD-AS modeli yordamida davlat iqtisodiy
siyosatining turli variantlari tasvirlab berilishi mumkin.
Yalpi talab — uy xo’jaliklari, korxonalar, xukumat va chet ellik
xaridorlarning narxlarning ma’lum darajasida iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan
yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy hajmiga bo’lgan talabidir.
Yoki boshqacha qilib aytganda umumiy talab iqtisodiyotda ishlab chiqarilgan
yakuniy tovarlar va xizmatlarni sotib olishga qilingan umumiy harajatlar
yig’indisidir. Formula ko’rinishida umumiy talabni quyidagicha tasvirlash
mumkin:
AD =S+I+G+Xn
Narxlar darajasi va talab qilingan milliy mahsulot hajmi o’rtasidagi
bog’liqlikni ifoda etuvchi chiziq jami talab egri chizig’i deb ataladi. Buni chizma
ko’rinishida tasvirlash mumkin.
Bunday surilishning sababi har xil. Ya’ni, alohida olingan tovarlarda talab
egri chizig’ining surilishiga asosan daromad samarasi va o’rinbosar tovarlar sabab
bo’lar edi. Ayrim tovarlarning narxi pasayganda, iste’molchilarning pul
daromadlari ko’proq mahsulot sotib olish imkonini beradi (daromad samarasi).
Shuningdek, narx pasayganda iste’molchi ushbu tovarni ko’proq boshqa sotib
oladi, chunki u boshqa tovarlarga nisbatan arzonroq bo’ladi (o’rnini bosadigan
tovarlar).
Milliy bozorda AD-egri chizig’ining traektoriyasini avvalo pulning miqdoriy
nazariyasi tenglamasi yordamida izohlash mumkin.
M*V=Y*R
Bu erda: M — muomaladagi pul miqdori;
V — pulning aylanish tezligi;
R — iqtisodiyotdagi narxlar darajasi (narx indeksi);
Y — talab qilinayotgan real ishlab chiqarish xajmi.
M *V M *V
Bu tenglamadan P = ; Y= tenglamalarni keltirib chiqaramiz.
Y P
Bu tenglamalardan ko’rinadiki, narxlar darajasi qancha oshsa, real milliy
mahsulot xajmiga talab hajmi shuncha past bo’ladi, ya’ni pul massasi (M) va uning
aylanish tezligi(V) o’zgarmas bo’lsa, narxlar darajasi va umumiy talab o’rtasida
teskari bog’liqlik mavjud bo’ladi.
Buiday bogliqlik, shuningdek quyidagi narx omillari bilan izohlanadi:
1. Foiz stavkasi samarasi;
2. Boylik samarasi yoki real kassa qoldiqlari samarasi;
3. Import xaridlar samarasi
Foiz stavkasi samarasi yoki Keyns samarasi shuni bildiradiki, jami talabning
egri chiziq bo’yicha surilishi narxlar darajasi o’zgarishining foiz stavkasiga
bo’lgan ta’siriga bog’liq.
Demak, tovarlarning narx darajalari oshsa, iste’molchilarga xarid qilish uchun
katta miqdorda naqd pul kerak bo’ladi. Ish-bilarmonlar uchun ham ish haqi va
boshqa xarajatlarni to’lashga katta miqdorda pul zarur bo’ladi. Qisqacha aytganda,
tovarlar narxsi darajalarining yuqoriligi pulga bo’lgan talabni oshiradi.
Pul taklifi hajmi o’zgarmagan holatda talabning oshishi foiz stavkasini
ko’tarilishiga olib keladi. Foiz stavkalari yuqori bo’lgan sharoitda
ishbilarmonlarning investitsiya tovarlariga bo’lgan talabi pasayadi.
Investitsiya harajatlari umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli bu
umumiy talab hajmining pasayishiga olib keladi.
P ↑→ Md↑ (Ms sonst) → R↑→ I ↓→ AD ↓
Boylik samarasi yoki real kassa koldiqlari samarasi (Pigu samarasi) shuni
bildiradiki, narxlar darjasining oshishi, nominal narxsi oldindan belgilangan
moliyaviy aktivlar (omonatlar, obligatsiyalar) real xarid qobiliyatini pasaytirib
yuboradi. Bunday sharoitda aholi joriy daromadidan iste’mol xarajatlari miqdorini
qisqartiradi, ya’ni iste’molga chegaraviy moyillik pasayib boradi. Masalan,
muayyan shaxs aktivida 10 mln. so’m bo’lsa, undan hech ikkilanmasdan birorta
avtomashina sotib olishi mumkin bo’ladi, agarda inflyatsiya ta’sirida mashina
narxi 12 mln. so’mga ko’tarilsa, u mashina sotib ololmasligi mumkin va yana 2
mln. so’m jamg’arish uchun joriy davrda olgan ixtiyoridagi daromadidan ko’proq
qismini jamg’aradi.
Iste’mol xarajati umumiy talabning bir qismi bo’lganligi tufayli uning
kamayishi ADning pasayishiga olib keladi.
Import xaridlari samarasi shuni bildiradiki, biror mamlakatda tovar va
xizmatlarning ichki narxlari tashqi narxlarga nisbatan oshib borsa, shu mamlakatda
ishlab chiqarilayotgan tovar va xizmatlarga talab hajmi kamayadi va o’z navbatida
shu mamlakatda import mahsulotlarga bo’lgan talab oshadi. Va, aksincha, ichki
narxlarning pasayishi importning kamayishiga va eksportning oshishiga yoki
milliy mahsulotga talab hajmi oshishiga olib keladi. Bu esa sof eksport hajmi
orqali umumiy talab hajmiga ta’sir ko’rsatadi.

Yuqorida ko’rib o’tilgan omillar jami talabning narx omillari deb ataladi.
Bundan tashqari jami talabning narhlarga bog’liq bo’lmagan omillari ham mavjud.
Bu omillardagi o’zgarishlar jami talabning miqdorida o’z aksini topadi va uning
egri chizig’ini chapga yoki o’ngga siljitadi. Jami talabning narxlarga bog’liq
bo’lmagan omillariga quyidagilarni kiritamiz:
1. Iste’mol xarajatlaridagi o’zgarishlar:
➢ iste’molchilarning real moddiy aktivlari qiymatining o’zgarishi, bu
erda real moddiy aktivlarning qiymati inflyatsiya ta’sirida o’zgarishini emas (Pigu
samarasi), balki boshqa sabalarga ko’ra o’zgarishi nazarda tutiladi. Masalan
aktsiyalarning narxi keskin o’sishi bilan aktsiyadorlarning boyligi oshadi va ular
ko’proq iste’mol kilishga moyil bo’ladi va aksincha uylarning va erlarni narxi
keskin pasayishi bilan iste’molchining boyligi kamayadi va u ko’proq jamg’aradi;
➢ iste’molchilar kutishi, ya’ni kelajakda real daromadlarning ko’tarilishi
kutilsa, yoki inflyatsiya darajasi yuqoriroq bo’lishi bashorat qilinsa, aholi ko’proq
iste’mol qilishni boshlaydi;
➢ iste’molchilarning qarzlari miqdorining o’zgarishi – agar oldingi
iste’mol kredit hisobiga qilingan bo’lsa;
➢ iste’molchilar daromadlaridan olinadigan soliqlar miqdorining
o’zgarishi, soliqlarning pasayishi ixtiyordagi daromad hajmini oshiradi.
3.Davlat xarajatlarining o’zgarishi. Masalan, xarbiy xarajatlar va yangi
kasalxona va boshqa muassasalar qurishga qaror qilinganda.
4. Sof eksport hajmidagi o’zgarishlar.
➢ boshqa mamlakatlar milliy daromadlarining o’zgarishi milliy
eksportga bo’lgan talabni oshiradi. Misol, jahondagi moliyaviy-iqtisodiy inkiroz
natijasida ko’plab rivojlangan mamlaktlardagi axolining real daromadlari tushib
ketgan va ularning bizning mamlakatda ishlab chiqarilgan tovarlarga bo’lgan talabi
ham kamaygan. Hozirgi kunda neft narxining keskin o’sishi neft eksport qiluvchi
mamlakatlar milliy daromadlarini oshirib borishiga va natijada bu mamlakatlarda
bizning mahsulotlarga talabini oshib borishiga sabab bo’lmoqda.
➢ valyuta kurslaridagi o’zgarishlar, milliy valyuta so’mning kursi pasayishi bilan xorijdan kelayotgan mehmonlar olib kelgan dollari evaziga ko’proq
so’mga ega bo’lishadi, ya’ni bizning mahsulotlarimiz xorijliklar uchun nisbatan
arzonroq bo’lib qoladi.
Pulning miqdoriy nazariyasi tenglamasi yuqoridagilardan tashqari umumiy
talabning narxlarga bog’liq bo’lmagan yana ikki omilni beradi. Bular: pul taklifi
(M) va pulning aylanish tezligi (V) dir. Narxlar o’zgarmagan holda, pul
massasining ko’payishi yoki pulning aylanish tezligining oshishi qisqa muddatda
jami talab egri chizig’ini o’ngga siljitadi, chunki bu o’zgarishlar iqtisodiyotdagi
mavjud bo’lgan real pul zahiralarini hamda iste’molchilarning sotib olish
qobiliyatini oshiradi.
Umumiy talabning narxga bog’liq bo’lmagan omillari ta’sirida AD egri
chizig’i o’ngga yoki chapga siljiydi. Natijada ma’lum narx darajasiga mos keluvchi
talab qilinayotgan milliy mahsulot xajmi o’zgaradi.

chizma. Umumiy talab egri chizma. Umuchiy taklif
egri chizig’idagi siljishlar chizig’idagi siljishlar
Pul taklifining, pulning aylanish tezligining oshishi, boshqa davlatlar milliy
daromadining oshishi, milliy valyuta kursining ma’lum miqdorda pasayishi (bular
eksportning ortishi, importning pasayishiga olib kelishi tufayli) oqibatida sof
eksportning pasayishi va yalpi xarajatlar turli komponentlarining oshishi AD egri
chizig’ining o’ngga siljishiga olib keladi. Bunga aksincha bo’lgan holatlarda AD
egri chizig’i chapga siljiydi.

1.2. Yalpi taklif tushunchasi. Yalpi taklif tarkibi va unga


ta’sir qiluvchi omillar
Iqtisodiyotni muvozanatli yuritishda yalpi taklif va unga ta’sir etuvchi
omillarni bilish muhimdir.
Yalpi taklif (aggregate supply, AS) – mamlakatda muayyan vaqtda
ishlab chiqarilib, narxlarning muayyan darajasida sotishga tayyor turgan,
o’zining ijtimoiy nafliligi, turlari, sifati, miqdori va ijtimoiy qiymati bo’yicha
shu davrdagi talabga javob bеradigan barcha tovarlar va xizmatlar hajmidir.
Bu narxlarning har xil mumkin bo’lgan o’rtacha darajasida milliy ishlab
chiqarishning mavjud rеal hajmini ko’rsatadi. Yalpi taklif turli xil ishlab
chiqarilgan istе’mol tovarlari va xizmatlardan hamda invеstitsiya tovarlaridan
iborat bo’ladi. Bundan tashqari yalpi taklifga uy xo’jaliklari taklif qiladigan ishchi
kuchi rеsurslari ham kiradi. Albatta ishlab chiqarilgan va sotishga mo’ljallangan
istе’mol tovarlari va xizmatlari ham, shuningdеk, invеstitsiya tovarlarining turlari
ham juda ko’p va turli-tumandir.
Lеkin yalpi talab o’zining ijtimoiy zaruriy nafliligi bilan, ya’ni o’zining
turlari, miqdori va sifati bo’yicha hamda ijtimoiy qiymati bo’yicha shu davrdagi
ishlab chiqarish va jamiyat a’zolari talabiga mos kеlishi kеrak.
Yalpi taklifni va uning miqdorini umumlashtirib quyidagi chizma ko’rinishida
ifodalash mumkin.

Yalpi taklifga eng avvalo bozor narxlari darajasi bilan ijtimoiy qiymat
miqdori o’rtasidagi nisbatning o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Narxlar darajasining
qiymat miqdoridan oshishi qo’shimcha tovarlar ishlab chiqarish uchun rag’bat
yaratadi. Narxlar darajasining qiymatdan pasayishi esa tovar ishlab chiqarishning
qisqarishiga olib kеladi. Shu sababli turli tovarlar narxlari va milliy ishlab
chiqarish hajmi o’rtasida to’g’ridan-to’g’ri yoki bеvosita bog’liqlik mavjud
bo’ladi.
Bu bog’liqlik yalpi taklif egri chizig’ida aniq aks etadi

Chizmadan ko’rinadiki, yalpi taklif egri chizig’i o’z shakli jihatidan yakka
yoki bozor taklifining an’anaviy egri chizig’idan farq qiladi. Istе’mol tovarlari va
xizmatlari Invеstitsiya tovarlari va ishchi kuchi Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori
va sifati) Ijtimoiy qiymati Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati) Ijtimoiy
qiymati Yalpi taklif Ijtimoiy nafliligi (turlari, miqdori va sifati) jihatidan Ijtimoiy
qiymati jihatidan Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, uzoq muddatli va qisqa muddatli
davrdagi yalpi taklif egri chizig’i bir-biridan farqlanadi. Uzoq davrdagi yalpi taklif
egri chizig’i o’z shakliga ko’ra chizmadagi Yt nuqtaga qadar joylashgan har
qanday tik chiziqdan iborat bo’ladi. Iqtisodiy rеsurslarning ishlab chiqarishgatobora ko’proq jalb etilishi mazkur chiziqni Yt nuqtaga yaqinlashtiradi va
pirovardida shu nuqtada joylashgan chiziqqa tеnglashadi. Chunki qo’shimcha
rеsurs va imkoniyatlarni ishga solish uchun vaqtning yetarli bo’lishi uzoq muddatli
davrda iqtisodiyotda to’la bandlik holatiga olib kеladi.
Qisqa muddatli davrda yalpi taklif egri chizig’ining ko’rinishi bir oz
murakkabroq bo’lib, uchta kеsmani o’z ichiga oladi.
I. Yotiq kеsma. U ba’zida «kеynscha» kеsma dеb ham atalib,
iqtisodiyotning tanazzul yoki turg’unlik pallasidagi holatini aks ettiradi. Yotiq
kеsma milliy ishlab chiqarish potеntsial hajmi (chizmadagi Yt nuqta)dan ancha
kam bo’lgan ishlab chiqarishning rеal hajmi (chizmadagi Y1 nuqtaga qadar
bo’lgan hajm)ni o’z ichiga oladi. Ya’ni, bu oraliqda mamlakatdagi mavjud ko’plab
ishlab chiqarish quvvatlari, mashina, uskuna va ishchi kuchi ishlab chiqarishga jalb
etilmaydi yoki ulardan to’liq foydalanilmaydi. Shunga ko’ra, mazkur rеsurslarning
ishlab chiqarishga jalb etilishi narx darajasiga hеch qanday ta’sir ko’rsatmaydi. Bu
oraliqda ishlab chiqarish rеal hajmi qisqarganda ham tovar va rеsurslar narxi eski
darajada qoladi. Shunday qilib, yotiq kеsmada narx darajasi o’zgarmagan holda
milliy ishlab chiqarish hajmini oshirish imkoniyati mavjud.
II. Oraliq kеsma. Y va Yt nuqtalar orasidagi mazkur kеsma milliy ishlab
chiqarish rеal hajmining ko’payishi narx darajasining o’sishi bilan birga borishini
ko’rsatadi. Bu ishlab chiqarishning to’liq quvvat bilan ishlay boshlaganidan,
korxonalarning ancha eski va kam samarali uskunalardan foydalana
boshlaganligidan guvohlik bеradi. Ishlab chiqarish hajmining kеngayib borishi
bilan qo’shimcha ishchi kuchi ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko’ra
mahsulot birligiga qilinadigan xarajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining
rеntabеlli bo’lishi uchun tovarlarga ancha yuqori narx bеlgilaydi. Shu sababli
oraliq kеsmada milliy mahsulot rеal hajmining ko’payishi narxlarning o’sishi bilan
birga boradi.
III. Tik kеsma. U ba’zida «klassik» kеsma dеb ham atalib, iqtisodiyot
o’zining to’liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko’rsatadi. Bunda iqtisodiyotishlab chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (chizmadagi Yt nuqta)
joylashadiki, bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada
kеngaytirishga erishish mumkin emas. Iqtisodiyot to’liq quvvat bilan ishlay
boshlaganligi sababli narxning to’xtovsiz oshib borishi ham ishlab chiqarish rеal
hajmining ko’payishiga olib kеlmaydi. Qisqacha aytganda, bu kеsma milliy ishlab
chiqarish hajmi doimiy bo’lib qolishi, narx darajasi esa o’zgarishi mumkinligini
ko’rsatadi.
Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Yalpi taklifga narxdan
tashqari bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nеchtasining
o’zgarishi yalpi taklifning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Yalpi taklifning narxdan
tashqari bu omillari bitta umumiy xususiyatga ega: agar ular o’zgarsa, mahsulot
birligiga to’g’ri kеluvchi ishlab chiqarish xarajatlari ham o’zgaradi. Natijada yalpi
taklif egri chizig’i joyini o’zgartiradi.
1. Rеsurslar narxining o’zgarishi. Rеsurslar narxi tayyor mahsulot
narxidan farq qilib, yalpi taklifning muhim omili hisoblanadi. Boshqa sharoitlar
o’zgarmay qolganda, rеsurslar narxining oshishi mahsulot birligiga xarajatlarning
ko’payishiga, rеsurs narxlarining pasayishi esa xarajatlarning kamayishiga olib
kеladi. Rеsurs narxlariga bir qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Rеsurslar taklifining
ko’payishi ular narxini pasaytiradi va natijada mahsulot birligiga xarajatlar
kamayadi. Rеsurslar taklifining kamayishi esa qarama-qarshi natijaga olib kеladi.
Endi alohida rеsurslar taklifi o’zgarishining yalpi taklifga ta’sirini qarab chiqamiz.
Yer rеsurslari taklifi yangi yerlarning ochilishi, sug’orish inshootlarining
qurilishi, yerga ishlov bеrish tеxnik imoniyatlarining takomillashuvi tufayli
ko’payishi mumkin. Yer rеsurslari taklifining ko’payishi yerga bo’lgan sarflarning
kamayishiga olib kеladi va shu orqali mahsulot birligiga to’g’ri kеladigan
xarajatlarni pasaytiradi. Irrigatsiya qurilmalari shoxobchalarining kеngayishi,
dеhqonchilikning intеnsiv usullarini qo’llash tufayli yer rеsurslarining kamayishi
qarama-qarshi natijaga olib kеladi.
Ishchi kuchi rеsurslari. Korxona xarajatlarining asosiy qismi ishchi va
xizmatchilarga ish haqi to’lash uchun kеtadigan xarajatlar hisoblanadi. Boshqa
sharoitlar o’zgarmay qolganda, ish haqining o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri
kеladigan xarajatlar darajasiga sеzilarli ta’sir ko’rsatadi. Mavjud ishchi kuchi
rеsurslarining ko’payishi ish haqining pasayishiga, ularning kamayishi esa ish
haqining oshishiga olib kеladi.
Kapital. Agar jamiyat asosiy kapital zaxirasini o’stirib borsa, yalpi taklif
o’sish tamoyiliga ega bo’ladi. Masalan, agar jamiyat o’z daromadining asosiy
qismini tеjab, uni invеstitsion tovarlar sotib olishga yo’naltirsa, yalpi taklif o’sadi.
Xuddi shunday asosiy kapital sifati yaxshilanganda ishlab chiqarish xarajatlari
kamayadi va yalpi taklif ko’payadi. Korxona o’zining eski, sifati past bo’lgan
qurilmalarini yangi va ancha takomillashgan qurilmalar bilan almashtirishi bunga
misol bo’la oladi. Agar mamlakat asosiy kapitalining miqdori kamaysa va sifati
yomonlashsa, yalpi taklif qisqaradi.
Tadbirkorlik qobiliyati. Vaqt o’tishi bilan mamlakatda tadbirkor kishilar
soni ko’payadi va bu yalpi taklifga ta’sir ko’rsatadi. Masalan, kеyingi vaqtda
rеspublikamizda tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga asosiy e’tiborning
qaratilishi bunday faoliyat bilan shug’ullanishga harakat qiluvchi kishilar sonining
ko’payishiga olib kеlishi muqarrar va bu o’z navbatida yalpi taklifni oshiradi.
Import rеsurslar narxlari. Chеt ellardan rеsurslar importi milliy
iqtisodiyotda yalpi taklifning ko’payishiga olib kеladi. Import rеsurslariga
narxlarning pasayishi milliy iqtisodiyotda yalpi taklifni oshiradi, narxning oshishi
esa yalpi taklifni kamaytiradi. Kеyingi davrda import rеsurslarga narxning
o’zgarishiga olib kеlayotgan asosiy omillardan biri – valyuta kurslarining o’zgarib
turishi hisoblanadi. Bu qanday ro’y bеrishini tushunib olish uchun chеt el
valyutalarining so’mga nisbatan narxi tushdi, ya’ni so’mning qiymati ko’tarildi,
dеb faraz qilamiz. Bunda korxonalarga har bir so’m uchun ko’proq chеt el
valyutalari olish imkoniyati vujudga kеladi va bu milliy ishlab chiqaruvchilar
uchun chеt el rеsurslarining so’mda ifodalangan narxi tushganligini bildiradi.
Bunday sharoitda milliy korxonalar chеt el rеsurslari importini ko’paytiradi va
ishlab chiqarishning mavjud darajasida mahsulot birligiga bo’lgan xarajatlarni
kamaytirishga erishadi. Aksincha, chеt el valyutalarining so’mga nisbatan narxi
oshgan taqdirda, ya’ni so’m qadrsizlanganda import rеsurslari narxlari ko’tariladi.
Natijada bu rеsurslarning importi kamayadi, mahsulot birligiga xarajatlar ortadi.
Bozordagi hukmronlik. Rеsurslarni yetkazib bеruvchilarning bozordagi
hukmronligining susayishi yoki kuchayishi ham rеsurs narxlariga va yalpi taklifga
ta’sir ko’rsatishi mumkin. Bozordagi hukmronlik – narxlarni raqobat mavjud
bo’lgan sharoitdagidan ancha yuqori o’rnatish imkoniyatidir. Kеyingi 20 yil
davomida OPЕK mamlakatlari bozor monopoliyasining vujudga kеlishi va
halokatga uchrashi buning ishonchli misoli bo’lib xizmat qilishi mumkin. 70-
yillarda OPЕK mamlakatlari nеft narxini o’n martalab oshirishga erishdi, bu
mahsulot birligiga xarajatlarni kеskin ko’paytirdi. 80-yil o’rtalarida OPЕK
mamlakatlarining bozordagi hukmronligining sеzilarli susayishi, aksincha ishlab
chiqarish qiymatining kamayishiga olib kеldi.
2. Samaradorlikning o’zgarishi. Samaradorlik – bu ilgari
ta’kidlanganidеk, milliy ishlab chiqarish rеal hajmining sarflangan rеsurs
miqdoriga nisbatidir. Boshqacha aytganda, samaradorlik – xarajat birligiga
to’g’ri kеluvchi ishlab chiqarishning o’rtacha hajmi yoki ishlab chiqarish rеal
hajmi ko’rsatkichi. Boshqa sharoitlar o’zgarmay qolganda bir ishchi hisobiga
ko’proq miqdorda mashina va uskunalardan foydalanish, ishlab chiqarish
tеxnologiyasini takomillashtirish; ancha bilimli va malakali ishchi kuchini qo’llash
kabi omillarning o’zaro ta’siri samaradorlikning o’sishi va yalpi taklifning
oshishiga olib kеladi.
Qisqacha qilib aytganda, mahsulot birligiga xarajatlar kamayganda
samaradorlikning oshishi yalpi taklifning oshishiga, aksincha, unumdorlikning
kamayishi natijasida mahsulot birligiga harajatlarning ko’payishi yalpi taklifning
qisqarishiga olib kеladi.
3. Huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi. Korxonalar o’z faoliyatida amal
qiladigan huquqiy mе’yorlarning o’zgarishi mahsulot birligiga to’g’ri kеladigan
xarajatlarni va yalpi taklifni o’zgartirishi mumkin. Huquqiy mе’yorlar
o’zgarishining ikki turi mavjud:
a) soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;
b) davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi.
Korxonalardan olinadigan soliqlar (qo’shilgan qiymat solig’i, ish haqi
fondiga nisbatan ajratmalar)ning oshishi mahsulot birligiga xarajatlarni
ko’paytirishi va yalpi taklifni qisqartirishi mumkin. Korxonaga davlat tomonidan
bеriladigan subsidiyalarning ortishi yoki soliq yukining kamayishi ishlab chiqarish
xarajatlarini kamaytiradi va yalpi taklifni oshiradi.
Davlat tomonidan tartibga solish tavsifi va usullarining o’zgarishi ham ko’p
hollarda mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarini va shu orqali yalpi taklifni
o’zgartiradi. Yalpi taklif deganda muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va
taklif qilinishi mumkin bo’lgan tovar va xizmatlarning real hajmi tushuniladi.
Umumiy taklif tushunchasi ko’pincha yalpi ichki mahsulot sinonimi sifatida
qo’llaniladi. Yalpi taklif – bu muayyan narxlar darajasida ishlab chiqarilishi va
taklif qilinishi mumkin bo’lgan iste’mol hamda investitsiya tovarlari va
xizmatlarning umumiy miqdoridir. Narxlar darajasi deganda, turli xil tovar va
xizmatlarning alohida narxlarini umumlashtiruvchi jami narx tushuniladi.
Narxlarni narxlar darajasiga, jami iste’molchilarning to’lov qobiliyatli talabini jami
talabga, barcha tovar va xizmatlarni esa milliy ishlab chiqarishning real hajmiga
bunday birlashtirish yiriklashtirish deb ataladi. Ko’rsatkichlarni yiriklashtirishni bu
usulidan makroiqtisodiy tadqiqotlarda tez-tez foydalanib turiladi. Makrodarajada
iqtisodiyotni usiz tahlil qilib yoki oldindan aytib bo’lmaydi. Yalpi talab va taklif
hamda narxlar darajasi barcha makroiqtisodiy modellar to’zilishining asosi
hisoblanadi. Oddiy ko’rinishda bu ko’rsatkichlarning o’zaro bir-biriga bog’liqligi
grafik yordamida aks ettiriladi (A-chizma).

Milliy mahsulotning real hajmi. Yalpi talab, yalpi taklif va narxlar
darajasi o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik. Narxlarning yuqori darajasi ishlab
chiqaruvchilarga qo’shimcha mahsulot ishlab chiqarishga rag’bat yaratadi va
aksincha past narxlar mahsulot ishlab chiqarish hajmini qisqarishga olib keladi.
Shuning uchun ham milliy ishlab chiqarish hajmi bilan narxlar darajasi o’rtasida
to’g’ri aloqa mavjud. Demak, mahsulot ishlab chiqarish hajmi narxlar o’sib borishi
bilan o’sib, pasayishi bilan tushib boradi. Yalpi taklif (AS) egri chizig’i alohida
tovar taklifi egri chizig’idan farq qilib uch qismdan, gorizontal yoki keyns kesmasi,
ko’tarilib boruvchi yoki oraliq kesma hamda vertikal yoki klassik kesmadan iborat.
Bu umumiy taklifni tahlil qilishga klassik va keynschilarga xos yondashuv bilan
izohlanadi. Iqtisodiy adabiyotlarda ko’pincha oraliq kesma ham keyns kesmasiga
kiritib yuboriladi.
Yalpi taklif egri chizig’idagi bu kesmalar qanday iqtisodiy vaziyatlarni aks
ettiradi?
1. Keyns kesmasida milliy ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi to’liq bandlik
sharoitidagi milliy ishlab chiqarish hajmidan kamdir. Demak, gorizontal kesma
iqtisodiet inqirozga uchragan va katta miqdordagi resurslardan foydalanilmagan
sha-roitni ko’rsatadi. Foydalanilmayotgan ushbu resurslarni narxlar darajasiga
ta’sir ko’rsatmagan holda ishga tushirish mumkin. Bu kesmada milliy ishlab
chiqarish hajmi oshishi narxlar darajasi o’zgarmay qolgan sharoitda ro’y bsradi.

Real hajmi chizma. Jami taklif egri chizig’i.
Yalpi talabning Keyns kesmasida iqtisodiyotni nisbatan qisqa muddatda amal
qilishini xarakterlaydi. Umumiy talabni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi: -
iqtisodiyot ishlab chiqarish omillari to’liq band bo’lmagan sharoitda amal qiladi;
- narxlar, nominal ish haqi qayd etilgan, bozor tebranishlaridan juda kam
ta’sirlanadi;
- real miqdorlar (ishlab chiqarish, bandlilik, real ish haqi) harakatchan va
bozor tebranishlaridan tez ta’sirlanadi.
2. Vertikal yoki klassik kesma. Egri chiziq bo’yicha o’ngga surilishi natijasida
ishlab chiqarishning mavjud hajmida iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitiga yoki
ishsizlikning tabiiy darajasi sharoitiga erishgan vaziyatni ko’ramiz. Iqtisodiyot egri
chiziqning bu kesmasida o’zining ishlab chiqarish potentsiali darajasida bo’ladi.
Bu shuni bildiradiki, narxlarning har qanday oshishi ishlab chiqarish hajmining
oshishiga olib kelmaydi. Chunki, iqtisodiyot to’liq quvvatda faoliyat ko’rsatayapti.
To’liq bandlik sharoitida ayrim firmalar boshqa firmalarga nisbatan resurslarga
yuqoriroq narxlarni taklif etish orqali ishlab chiqarish hajmini oshirishga harakat
qiladi. Ammo, bunday holatda ayrim firmalarning resurslar va ishlab chiqarish
hajmini oshirishi, boshqalari uchun yo’qotishga olib keladi. Natijada bu
mahsulotlar narxi oshishi mumkin, lekin ishlab chiqarishning real hajmi o’zgarmay
qoladi.
Klassik nazariyada yalpi taklifni tahlil qilish quyidagi shartlarga tayanadi:
- ishlab chiqarish hajmi faqatgina ishlab chiqarish omi-
lari hajmiga va texnologiyalarga bog’liq va narxlar darajasiga bog’liq emas;
- ishlab chiqarish omillari va texnologiyalarda o’zgarish sekinlik bilan ro’y
beradi;
- iqtisodiyot to’liq bandlik sharoitida amal qiladi, ya’ni ishlab chiqarish hajmi
potentsial darajaga teng;
- narxlar va nominal ish haqi o’zgaruvchan, ularning o’zgarishi bozorlarda
muvozanatni ta’minlab turadi.
3. Oraliq kesma — ishlab chiqarish real hajmining o’sishi narxlar darajasining
o’sishiga mos ravishda o’sib boradi. Nima uchun? Chunki, iqtisodiyotning
pasayish holatidan to’liq bandlikka o’tishi notekis va turli vaziyatlarda ro’y beradi.
Masalan, ayrim tarmoqlarda resurslarning yotishmasligiga duch kelinsa, boshqa
tarmoqlarda hozircha ortiqcha resurslar mavjud bo’ladi. Shuningdek, ular ishlab
chiqarishni kengaytirish uchun yangi asosiy vositalar sotib olish
va malakasiz mutaxassislardan foydalanishiga to’g’ri keladi. Bu esa
mahsulotlar birligiga ketadigan xarajatlarning oshishiga va natijada narxlar
darajasining o’sishiga olib keladi.
Ishlab chiqarish hajmi ko’payishi yoki kamayishi narxga bog’liq bo’lmagan
omillar hisobiga ham ro’y berishi, bu omillar esa yalpi taklif egri chizig’ini o’ng
yoki chap tomonga siljitishi mumkin. Narxga bog’liq bo’lmagan omillarnig
xususiyati shundaki, ular mahsulot birligiga ketgan xarajatlarga bevosita ta’sir
qiladi va shu orqali yalpi taklif egri chizig’ining siljishiga sabab bo’ladi.
Bu omillar quyidagilardan iborat
1. Resurslarga bo’lgan talabning o’zgarishi:
ichki bozordagi resurslar miqdorining kamayishi ularning narxining
oshishiga olib keladi:
• er resurslari;
• mehnat resurslari;
• kapital;
• tadbirkorlik qobiliyatlari;
➢ valyuta kursining o’zgarishi sababli import resurslar narxlaridagi
o’zgarishlar;
➢ bozordagi hukmronlik va monopoliya, OPEK tomonidan neft
narxaning ko’tarilishi.
2. Ishlab chiqarish unumdorlikdagi o’zgarishlar .
3. Huquqiy me’yordagi o’zgarishlar:
➢ soliq va subsidiyalarning o’zgarishi;
➢ davlatning tartibga solish jarayonidagi o’zgarishlar, davlat tomonidan
iktisodiyotni tartibga solinishi oxiri oqibat ishlab chikarish xarajatlarini oshiradi.
Masalan, soliq turlarini ko’paytirilishi qo’shimcha buxgalterning xizmatidan
foydalanishga majbur qilishi mumkin, ya’ni davlat tomonidan iqtisodiyotni yuqori
darajada tartibga solinishi qog’oz ishini ko’paytiradi.
2.2.
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 dekabr kuni parlamentga 
Yüklə 464,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin