Makroiqtisodiy nisbatlar va muvozanatlik


-chizma. «Tejamkorlik ‘aradoksi»



Yüklə 222,69 Kb.
səhifə5/6
tarix17.05.2023
ölçüsü222,69 Kb.
#115510
1   2   3   4   5   6
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

3-chizma. «Tejamkorlik ‘aradoksi».
Chizmaning yotiq o’qida milliy daromad, tik o’qida esa jamg’arma va investistiyalar hajmi joylashtirilgan bo’lib, F chizig’i iqtisodiyotdagi to’la bandlik sharoitida milliy daromad hajmini ifodalaydi.
E’tibor berilsa, chizmadagi investistiya sarflari chizig’i yotiq o’qqa ‘arallel emas, balki o’sib boruvchi ko’rinishda namoyon bo’lmoqda. Bu esa, avtonom investistiyalardan farqli o’laroq, hosilaviy investistiyalarning milliy daromad hajmiga bog’liqligini ko’rsatadi.
Chizmadan ko’rinadiki, iqtisodiyotdagi jamg’arma hajmi S dan S1 ga qadar o’smoqda. Natijada jamg’armaning investistiya bilan muvozanat nuqtasi E dan E1 ga ko’chdi. Biroq, bu o’sish E nuqtadagi milliy daromad hajmi 0N ning E1 nuqtadagi 0Nhajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investistiya hajmi ham EN darajadan E1N1 darajaga qadar qisqardi. E1E0E nuqtalarini tutashtirish natijasida hosil bo’luvchi uchburchak yuzasi jamg’arma hajmining o’sishi natijasida investistiya imkoniyatlarining qisqarishini, EE0 kesma esa investistiyalarning qisqarishini ko’rsatadi. Aynan shu holat, ya’ni jamg’armalarning o’sishi natijasida investistiyalarning qisqarishi «tejamkorlik ‘aradoksi» mohiyatini namoyon etadi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yuqoridagi usullardan tashqari balans usulidan va xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotdagi muvozanatlik darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy resurs xarajatlari miqdori bilan olingan mahsulot hajmini taqqoslash orqali muvozanat darajasi tahlil qilinadi.

2. Iqtisodiy mutanosiblik va uning turlari.
Milliy iqtisodiyotdagi muvozanatlik uning turli tomonlari va sohalari o’rtasida mutanosiblik bo’lishini taqozo qiladi.


Yüklə 222,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin