Makroiqtisodiy nisbatlar va muvozanatlik



Yüklə 222,69 Kb.
səhifə6/6
tarix17.05.2023
ölçüsü222,69 Kb.
#115510
1   2   3   4   5   6
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Iqtisodiy mutanosiblik – iqtisodiyotning turli tomonlari va sohalari o’rtasida miqdor va sifat jihatdan ma’lum moslik bo’lishidir. Bunda tenglik bo’lishi shart emas. Ular mos keluvchi nisbatlarda (masalan, 2:3, 5:3, 3:1) bo’lishi mumkin.
Makroiqtisodiy jarayon g’oyat murakkab va ko’’ qirrali bo’lishi sababli mutanosiblik turlari ham ko’’ va xilma-xil. Jumladan, ‘rofessor A.G.Gryaznova va boshqalar iqtisodiyotda muvozanatga erishishni ta’minlovchi beshta asosiy mutanosiblikni ajratib ko’rsatadilar:
1) resurslarning hajmi, tarkibiy tuzilishi va samaradorligini moddiy ne’matlar va xizmatlar ishlab chiqarish tarkibiy tuzilmasi bilan bog’lovchi omillar (ishlab chiqarish, mehnat, moliyaviy resurslar) mutanosibligi;
2) jamg’arish me’yorini, ya’ni ishlab chiqarishning ma’lum hajmiga erishish uchun uni kengaytirishga yo’naltiriluvchi mamlakat milliy daromadidagi ulushni belgilovchi jamg’arish mutanosibligi;
3) ishlab chiqarish faoliyatidan olingan daromadlarni ishlab chiqarish omillarining barcha egalari o’rtasida taqsimlanishi nisbatini belgilab beruvchi taqsimot mutanosibligi;
4) iste’molchi talabi va taklifning hajmi, tarkibiy tuzilishi va qiymati bo’yicha nisbatini belgilab beruvchi ayirboshlash (sotish) mutanosibligi;
5) tovar va ‘ul massasi o’rtasidagi nisbatni aks ettiruvchi tovar-’ul mutanosibligi.72
Iqtisodiy mutanosibliklarni bu kabi turli ko’rinishdagi turkumlashlar boshqa manbalarda ham ko’’lab uchraydi. Shunga ko’ra, ularning barchasini umumlashtirib mutanosiblikning quyidagi guruhlari tarkibiga kiritish mumkin.


1. Umumiqtisodiy tavsifdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste’mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan ‘ul massasi o’rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o’rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin.

2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta’minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o’rin tutadi. Mamlakat xalq xo’jaligi juda ko’’ tarmoq va sohalardan iborat bo’lib, ularning rivojlanishi bir-birini taqozo qiladi. Bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste’mol qilinadi yoki ‘irovard mahsulotga aylantirilib, o’z iste’molchisini to’adi. Masalan, qishloq xo’jalik mahsulotlarning ko’’chilik qismi (‘axta, g’alla, ‘illa, sut va h.k.) sanoatning tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, ‘irovard mahsulotga aylantiriladi va iste’molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O’z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarning mahsulotlari xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari (qishloq xo’jaligi, qurilish va h.k.)da unumli iste’mol qilinadi. Bu ularning bir-biriga bog’liqlikda rivojlanishini taqozo qiladi. Tarmoqlararo mutanosibliklarga sanoat bilan qishloq xo’jaligi va xalq xo’jaligining boshqa tarmoqlari o’rtasidagi mutanosibliklar misol bo’ladi.



Yüklə 222,69 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin