“IS - LMmodeli (investisiyalar-jamg’armalar, likvidlilikniafzalko’rish –
pul)
–
yalpitalabfunksiyasinibelgilovchiiqtisodiyomillarnianiqlashimkoniniberuvchitovar-
pulmuvozanatimmodeli”
*
. AD-AS modelida tovar va pul bozorlarining aloqasi
e’tiborga olingan edi. Ya’ni tovarlar va xizmatlar baholarining ko’tarilishi pulga
bo’lgan talabni oshirishi bu esa o’z navbatida foiz stavkasining ko’tarilishiga olib
kelishi, oqibatda investisiya xarajatlari va umuman yalpi xarajatlar kamayishi AD-
AS modelida ko’zda tutilgan edi. IS-LM modeli AD-AS modelini qisqa muddatli
davrga aniqlashtiradi va bu modelda har ikkala bozor yagona makroiqtisodiy
tizimning sektorlari sifatida namoyon bo’ladi.
Model bu sektorlarda tarkib topgan sharoitlarga bog’liq tarzda foiz stavkasi
R bilan daromad darajasi Y ning muvozanatli darajasini belgilaydi.