Modelning asosiy tenglamalari quyidagilar:
1. Y=C +I + G +Xn — asosiy makroiqtisodiy ayniyat.
2. C = a+b (Y-T) — iste’mol funksiyasi, bu yerda T = Ta + tY.
3. I = e-dR — investisiya funksiyasi.
4. Xn = d- m`Y - nR — sof investisiya funksiyasi.
5. M/P =kY - hR — pulga talab funksiyasi.
IS-LM modelida ko’rilgan barcha tenglamalar bajarilsa muvozanatga
erishiladi.
Modelning endogen o’zgaruvchilari Y,C,I,Xn va foiz stavkasi R.
Modelning ekzogen o’zgaruvchilari G, Ms va chegaraviy soliq stavkasi t.
a,b,c,d,m`,n,k va h empirik koeffisiyentlar bo’lib musbat va nisbatan
barqarordir.
Y haqiqiy < Y potensial bo’lgan qisqa muddatli davrga muvozanat ko’rib
chiqilayotganda, modelda, baholar darajasi o’zgarmas, foiz stavkasi R va daromad
Y o’zgaruvchan deb olinadi.
Y haqiqiy = Y potensial bo’lgan, ya’ni to’liq bandlik sharoitida baholar
darajasi R o’zgaruvchan, Ms nominal kattalik va boshqa barcha o’zgaruvchilar real
kattaliklardir.
Dostları ilə paylaş: