«makroiqtisodiyoT» Fanidan yakuniy nazorat savollari


Fiskal siyosat – davlat xarajatlari



Yüklə 231,94 Kb.
səhifə3/8
tarix23.02.2023
ölçüsü231,94 Kb.
#85274
1   2   3   4   5   6   7   8
МАКРОИҚТИСОДИЁТ

Fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqqa tortish va davlat byudjeti holatini o‘zgartirish orqali aholining to‘liq bandligini, to‘lov balansi va YaIMni noinflyatsion ishlab chiqarishda iqtisodiy o‘sish muvozanatini ta’minlashga yo‘naltirilgan hukumatning choratadbirlaridir.

28.Rag‘batlantiruvchi va cheklovchi fiskal siyosatning qo‘llanilishi holatlari va oqibatlari.


28. Iqtisodiyot turg‘unlik yoki pasayish davrida bo‘lgan vaziyatlarda davlat tomonidan rag‘batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni, davlat qisqa muddatda iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, yohud ikkalasini bir vaqtning o‘zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat xarajatlarining yuqori bo‘lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o‘sishiga va natijada, iqtisodiy salohiyatning ko‘tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin.
Iqtisodiyotda to‘liq bandlik va ortiqcha talab natijasida inflatsiya kelib chiqishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarda cheklovchi fiscal siyosat- fiskal restriksiya olib boriladi. Cheklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo‘lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali iqtisodiyotning davriy o‘sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar talab inflatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo‘shimcha turtki bo‘lishi mumkin.

29. Diskret va nodiskret fiskal siyosatga qiyosiy tavsif bering


Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflatsiya sur’atlari va to‘lov balansi holatini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat budjeti qoldig‘ini maqsadli o‘zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida yalpi talabni
rag‘batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat budjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O‘z navbatida davriy ko‘tarilish paytida budjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi.

Yüklə 231,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin