«makroiqtisodiyoT» Fanidan yakuniy nazorat savollari


Natijada: Import qilinadigan tovarning ichki bahosi = Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi)



Yüklə 231,94 Kb.
səhifə8/8
tarix23.02.2023
ölçüsü231,94 Kb.
#85274
1   2   3   4   5   6   7   8
МАКРОИҚТИСОДИЁТ

Natijada: Import qilinadigan tovarning ichki bahosi = Jahon bozoridagi bahosi +(Jahon bozoridagi bahosi x Tarif stavkasi)

103. To‘lov balansining tarkibiy qismlari o‘rtasidagi aloqadorlikni izohlang.


Joriy operatsiyalar hisobi bilan kapital harakati hisobining o‘zaro aloqalarini umumlashtirsak, uning makroiqtisodiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi:
Y=C+I+G+Xn;
Y-C-G = C+I+G+Xn-(C+G);
Sn = I+Xn
(I-S)+Xn=0 (egiluvchan valuta kursi rejimida markaziy bank aralashmagan sharoitda), bu yerda: Sn – milliy jamg‘arish;
(I-S) – miqdori ichki investitsiyalarning ichki jamg‘armalardan ortiqchaligini ko‘rsatadi va kapital harakati hisobi qoldig‘ini bildiradi. Asosiy makroiqtisodiy ayniyatga ko‘ra joriy operatsiyalar va capital harakati hisoblari bir-biriga tenglashadi:
X-M = Xn=-(I-S)=S-I ichki balans
Bu shuni bildiradiki, to‘lov balansining joriy operatsiyalar bo‘yicha kamomadi kapitalning sof oqib kelishi hisobiga moliyalashtiriladi.
Xn < 0 X-M < 0  X< M ;
I-S >0  I >S  xorijdan kapital kiritilishi.
Agarda investitsiyalar (I) milliy jamg‘armalardan ko‘p bo‘lsa (I > S), ortiqcha investitsiyalar xorijdan olinadigan qarz hisobiga moliyalashtirilishi lozim. Bu qarzlar mamlakatga tovar va xizmatlarni eksport qilishga nisbatan ko‘proq import qilinishini taminlaydi (M>X). Ya’ni, sof eksport manfiy qoldiqqa (Xn<0) ega bo‘ladi. Mamlakat xalqaro jarayonga qarzdor bo‘lib qatnashadi. Joriy operatsiyalar musbat qoldiqqa ega bo‘lganda, ortiqcha mablag‘lardan xorijga investitsiya qilishda yoki xorijdan ko‘chmas mulk sotib olishda foydalaniladi

104. To‘lov balansini makroiqtisodiy tartibga solishning zarurati va usullari?


To‘lov balansi muvozanatini ta’minlash uchun joriy hisoblar va kapital harakati qoldiqlari bir-birini aynan qoplashi zarur bo‘ladi. Markaziy Bank valuta intervensiyasini amalga oshirish chorasini ko‘rmasa, va rasmiy valuta zahiralari miqdorini o‘zgartirmasa to‘lov balansi hisoblarini valuta kursining erkin tebranishi hisobiga o‘zaro tartibga solish amalga oshiriladi.
Bunday sharoitda kapital oqib kelishi sababli milliy valutaning qimmatlashuvi, kapital chiqib ketishi sababli esa uning arzonlashuvi ro‘y beradi. Valuta kursining erkin tebranishi to‘lov balansining joriy va kapital hisoblarini avtomatik ravishda mutanosiblashtirish mexanizmi hisoblanadi.
To‘lov balansi inqirozini hal etishning yagona yo‘li makroiqtisodiy
tartibga solish hisoblanadi.
O‘tish davri iqtisodiyotida xorijiy valutaga spekulyativ talab oshishi Markaziy Bankni qiyin ahvolga solib qo‘yadi. Chunki rasmiy valuta zahiralari bir vaqtning o‘zida ham to‘lov balansi taqchilligini ham ichki spekulyativ talabni qondirish uchun etarli bo‘lmasligi mumkin. Valuta almashinuv kursini tartibga solish bu vaziyatdan chiqishning yagona yo‘lidir.
Qisqa istiqbolda to‘lov balansi qoldig‘i jamg‘arish va investitsiyalar hajmlarini belgilovchi omillar (masalan budjet soliq siyosati, foiz stavkalari) ta’sirida o‘zgarishi mumkin.

105.T.Rыbchinskiy nazariyasining moxiyati nimadan iborat


106. Xalqaro savdoning «Miqyos samarasi» modeli


Miqyos samarasining vujudga kelish sabablari ko‘p, ammo ularning asosiylari quyidagilardan iborat:
~ ixtisoslashuv darajasining o‘sishi - ishlab chikarish miqyosining
o‘sishi ishchilarning belgilangan operatsiyalarni bajarishga ixtisoslashuv ining o‘sishiga olib keladi;
— ishlab chiqarishning yaxlitligi — shplab chiqarshp miqyosining o‘sishi sharoitida ishlab chiqarishga bilvosita bog‘liq bo‘lgan bo‘limlarning hajmi deyarli o‘zgarmasdan qoladi. Boshqaruv apparata, buxgalteriya va shu kabi boshqa bo‘limlarning oylik fonda o‘zgarmasligi hisobiga mahsulotning
tannarxi pasayadi;
— texnologik iqgisod - ishlab chiqarish miqyosining o‘sishi sharoititsa texnologik jarayonlarni mukammallapggirishga, marketing va reklama ishlarini olib borish ga qilinadigan xarajatlarning mahsulot tannar- xidagi ulushi pasayadi. Miqyos samarasi mamlakatdagi tarmoq va korxonalarning raqobat bozoridagi xatti-harakati hamda faoliyat yo‘nalishlaridan kelib chikqan holda tashqi va ichki miqyos samaralariga ajraladi. Tashqi miqyos samarasi butun tarmokda ishlab chikarish miqyosining o‘sipsh natijasida firma doirasida tovar birligiga to‘g‘ri keladigan xarajatlarning kamayishi.
Yüklə 231,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin