Makroiqtisodiyot



Yüklə 299,3 Kb.
səhifə11/14
tarix01.12.2023
ölçüsü299,3 Kb.
#170495
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
KURS ISHI

IS-LM modeli[tahrir | manbasini tahrirlash]
IS egri chizigʻining oʻngga surilishi yuqori foiz stavkasi (i) va real YIM hajmini (Y) oshishiga olib keladi
Tovar va pul bozorida umumiy muvozanatga erishish va makroiqtisodiy siyosat tadbirlarining bu ikki bozorga taʼsirini umumlashtirib tadqiq qilish IS-LM modeli yordamida bajariladi. Model 2 egri chiziq — ��  (investments-savings) va ��  (liquidity-money)dan tashkil topgan. IS investitsiyalar-jamgʻarmalardagi holatni, LM esa pul bozoridagi muvozanatni tasvirlaydi. Model iqtisodiy sikllar tahlili uchun qoʻllaniladi va qisqa muddatli oraliqdagi model hisoblanadi. Model 1937-yilda iqtisodchi John Hicks tomonidan ishlab chiqilgan[143] va keyinchalik Alvin Hansen tomonidan mukammallashtirilgan[144].
Model yopiq iqtisodiyotni tasvirlagani uchun, yalpi ishlab chiqarish isteʼmol xarajatlari, investitsiyalar va davlat xaridlaridan tashkil topadi: �=�+�+� . IS oʻzgarishi davlat xarajatlari, isteʼmolchilarning jamgʻarish normasi, investitsiyalar hajmi va soliq stavkasidagi oʻzgarishga bogʻliq. LM holati esa narxlar darajasi, muomaladagi pul miqdori va foiz stavkasi orqali belgilanadi[145]. Bundan xulosa shuki, IS-LM modeli fiskal va monetar siyosatning iqtisodiyotga birgalikda koʻrsatadigan taʼsirini baholash imkonini beradi. Davlat xarajatlarining oʻsishi yoki soliqlarning kamayishi IS egri chizigʻini oʻngga siljitadi. Davlat xarajatlarining kamayishi va soliqlarning oshishi esa bu egri chiziqni chapga siljitadi[146]. Xuddi shuningdek, pul taklifining oshishi LM egri chizigʻini oʻngga, kamayishi esa chapga siljitadi. IS-LM modeli maʼlum makroiqtisodiy natijalarga erishishning turli variantlarni koʻrib chiqish imkoniyatini beradi. Bir bozorda boʻlgan oʻzgarish ikkinchi bozorga ham taʼsir etadi. Masalan, Markaziy bank ochiq bozordan obligatsiyalar sotib ola boshladi. Natijada pul taklifining koʻpayishi (LM egri chizigʻini oʻngga siljishida aks etib) foiz stavkasining pasayishiga olib keladi. Monetar impuls taʼsirida, yaʼni, foiz stavkasining pasayishi oqibatida investitsiya xarajatlari koʻpayadi va IS egri chizigʻi ham oʻngga siljib, yangi nuqtada muvozanat oʻrnatiladi[147][148].

Yüklə 299,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin