Makroiqtisodiyotdagi asosiy koʻrsatkichlar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Makroiqtisodiy nazariyada quyidagi asosiy parametrlar oʻrganiladi[120]:
Isteʼmol xarajatlari (C) — uy xoʻjaliklarining tovar va xizmatlarga qilgan xarajatlari.
Uy xoʻjaliklari jamg'armalari (S) — uy xoʻjaliklarining bankda turgan pul mablagʻlari.
Investitsiyalar (I) — ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida firmalar tomonidan sotib olingan kapital.
Davlat tomonidan sotib olingan tovar va xizmatlar (G) — davlat investitsiyalari, davlat xizmatchilariga toʻlovlar va transfert toʻlovlari.
Sof soliqlar (T) — soliq va transfert toʻlovlari orasidagi farq.
Sof eksport (Xn) — eksport va import orasidagi farq.
Yalpi ishlab chiqarish hajmi (Y).
�=�+�+�+��=�+�+� — ochiq iqtisodiyot uchun yalpi ishlab chiqarish formulasi. Yopiq iqtisodiyot sharoitida sof eksport, xususiy sektor uchun yalpi ishlab chiqarishda esa G hajmi hisobga olinmaydi[121][122].
Milliy hisoblar tizimi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Makroiqtisodiyotdagi asosiy parametrlar yigʻindisi tovarlar, daromadlar va xarajatlarning doiraviy aylanish modelini tashkil etadi. Doiraviy aylanish modeli 1920-yillar oxirida amerikalik iqtisodchilar tomonidan yaratilgan milliy hisoblar tizimi (MHT) shakllanishi uchun asos hisoblangan[123]. MHT oʻz ichiga quyidagi parametrlarni oladi: yalpi ichki mahsulot (YIM), yalpi milliy mahsulot (YMM), milliy daromad (MD), sof milliy mahsulot (SMM), sof ichki mahsulot (SIM), shaxsiy daromad (ShD), shaxsiy tasarrufidagi daromad (ShTD), isteʼmol (C), jamgʻarish (S)[124][125].
Milliy hisoblar tizimining koʻrsatkichlari nafaqat mamlakatdagi yalpi daromadlar va ishlab chiqarish hajmini hisoblash, balki mamlakat aholisining hayot uchun muhim boʻlgan tovarlar bilan taʼminlanganlik darajasini aniqlash uchun ham qoʻllaniladi[126]. Bu uchun kishi boshiga YIM, MD hajmi va isteʼmol narxlari indeksi (INI) oʻrganiladi[127]. Lekin, bunday oʻrtacha olingan koʻrsatkichlar kamchiliklarga ega va ular „kishi boshiga taqsimlangan daromad“ kabi muhim koʻrsatkichlarni hisobga olmaydi[128].
Makroiqtisodiy modellar[tahrir | manbasini tahrirlash]
Makroiqtisodiy model — butun iqtisodiyotni va uning eng muhim tarmoqlari, sektorlari, sohalari rivojlanishini matematik shaklda aks ettiruvchi iqtisodiy-matematik model. Iqtisodiy model koʻpincha matematik strukturaga ega boʻlib, murakkab jarayonlarni soddalashtirishda qoʻllaniladi. Modellar tuzilishiga koʻra bir yoki bir nechta oʻzgaruvchilarga ega boʻlishi mumkin[129].