43
pechlarda bu anchayin uzoq vaqt bo„ladi) ichkaridagi harorat barqarorlashadigan
muvozanat holatiga erishiladi. Bu – pitssa tayyorlash uchun eng qulay fursatdir. Pech
ichki bo„shlig„ining issiqlik nurlanishi, o„zining elektromagnit nurlanishlarni qancha
miqdorda chiqarsa, ularni yana shuncha yutadigan devorlari bilan bilan issiqlik
muvozanatida turibdi. Turli haroratli suvlarni o„zaro aralashtirib yuborish kabi,
ichkari bo„shliqning issiqlik muvozanati ham qaytmas jarayon bo„ladi. Ushbu holatda
gap qisman elektrodinamik jarayon haqida borar ekan, Maksvellning maydon
nazariyasiga binoan, elektromagnit maydon asta-sekinlik bilan bo„shliqni to„liq
qoplashini e‟tiborga olgan Plank, atom tuzilishiga va entropiyaning statistik izohiga
murojaat etmasdan ham natijaga erishishga umid bog„lagan edi. Bunda Plank
energetikachilarning anti-atomistik tezislari ta‟siri ostida bo„lib, Boltsmancha izohlar
fan uchun kerak emasligini isbotlashni ham niyat qilgandi.
Bu boradagi ilk qadamlarni olim nurlanish va yutilish jarayonlarining
mohiyatini o„rganishdan boshladi. Buning uchun u nurlanish bilan o„zaro
ta‟sirlashuvchi ossilyatorlar (rezonatorlar) tayyorladi. Plank ossilyatorlari prujina
ko„rinishidagi elastik bog„lanishga ega bo„lgan musbat va manfiy zaryadlardan iborat
edi. Ular baliqchilarga baliq ilinganini ko„rsatuvchi qalquvchi po„kak singari bo„lib,
elektromagnit nurlanishlarni yutishi ham chiqarishi ham mumkin edi. Qarmoqqa baliq
ilinganida, qalquvchi po„kak tebranib, suv yuzasida kichik-kichik to„lqinlar hosil
qiladi. To„lqin po„kakka yetib kelgacha esa, po„kak ham to„lqin bilan birga
harakatlana boshlaydi. Ya'ni, u to„lqinlarni hosil qilishi va ularning energiyasini
yutish orqali ularni qayta qabul qilib olishi
mumkin.
Kirxgof
funksiyasining
nurlanish
ta‟sirlashayotgan modda tabiatiga bog„liq
emasligi sababidan Plank devorlarga barcha
imkonli chastotalarda rezonans beradigan
ossilyatorlar o„rnatishga qaror qildi (o„ngdagi
tasvir). Bunda ular dinamikani hisoblash
mumkin bo„ladigan darajada sodda bo„lishi
kerak edi. Agar tajriba amalga oshsa, oxir oqibatda ossilyatorlarning
maxsus xarakteristikalari ishga ta‟sir qilmaydi, hamda faqat ularning
chastotasi qoladi.
Bunday turdagi ossilyatorning nurlatgan va yutgan energiya
miqdori, Genrix Gersning elektromagnetizm bo„yicha 1880-yillarda
yozgan ishlariga asoslanib oson hisoblab chiqilishi mumkin edi. Plank o„z
ishlarida vaqt birligi ichida qancha energiya qabul qilsa, shuncha energiya
yutadigan holatdagi ossilyatorning, bo„shliqdagi berligan
n
chastotali
elektromagnit maydonning muayyan hajm birligiga va chastota birligiga
Plank uchun
mutlaq qora jism
modeli bo‘lib
xizmat qilgan jism
devorlarida elektr
zaryadiga ega
ossilyatorlar
o‘rnatilgan bo‘lib,
nurlanish kichik
teshikcha orqali
chiqarilgan.
Dostları ilə paylaş: