kelishingdan mamnun bo„laman
» degan jumlasi bo„lganligini aytadi.
War‟s nicht um Ruhm, das will ich wohl beschwören.
Und auch - ich sag es nur mit leiser Scham -
Auch Gold allein nicht könnte mich betören.
Den Ausschlag gab ein Wort - aus langen Reihen
Von Briefen, von Gesprächen, bunt und kraus,
Verchrungswürdige Lippen sprachcn‟s aus,
Nicht drängend zwar. Ganz kurz: mich tät es freuen.
Ma‟nosi:
Meni qarorimga ta‟sir qilgan narsa, qilingan iltimos va berilgan va‟dalar
zanjiri emas; Sizning o„shanda menga aytgan gaplaringiz ham emas, balki, Sizning
«mamnun bo„laman» degan bir dona so„zingiz bo„ldi
.
Maks Plank va Ervin Shryodingerlar nafaqat olim sifatsida o„zaro ilmiy aloqada
bo„lishardi, balki ular oilaviy yaqin do„st tutinishgan. Bilmagan odamlar ularning
qadrdonligini ko„rib, yaqin qarindoshlar deb ham o„ylashardi.
Matritsali va to„lqinli mexanika timsolida, fizik olimlar o„zaro ekvivalent bo„lgan va
istalgan kvant muammosini hal etish imkonini beruvchi ikkita kuchli nazariy qurolga
ega bo„ldilar. Geyzenbergning matritsali mexanikasi va Shryodingerning to„lqin
tenglamasi atom fizikasi va molekulyar fizikadagi har qanday masalalarni yechish
imkoniyatini ochib berdi. Garchi kvant mexanikasi, mumtoz fizikadan nisbatan
mustaqil bo„lgan hamda, bemalol suyanish mumkin bo„lgan kuchli nazariy asosga
vanihoyat ega bo„lgan bo„lsa-da, baribir keyingi bir necha yillar mobaynida ularning
o„zaro uyg„unlik va tafovutli jihatlari borasida keskin ilmiy munozaralar davom etdi.
Bunday bahslarda yangi zamon fizikasi, ya'ni kvant nazariyasining barpo etilishida
ishtirok etgan barcha-barcha fiziklar, jumladan, qahramonimiz Maks Plank, Albert
Eynshteyn, Nils Bor, Arnold Zommerfeld, Verner Geyzenberg, Ervin Shryodinger,
Maks Born, Volfgang Pauli, hamda Pol Diraklar faol qatnashishgan. Gyottingenda
ishlab, Geyzenberga bilan yaqindan hamkorlik qilgan professor Maks Born
tomonidan «
to„lqinning harakat manzarasi elektronning fazodagi berilgan nuqtaga
kelib tushishini ta‟minlaydi
» - degan fikr ilgari surilgan edi. Bornning bunday nuqtai
nazar atrofida Nils Bor boshchiligidagi ko„plab fizik olimlar birlashgan bo„lib,
bunday yondoshuv, mumtoz fizika falsafasidan keskin inqilobiy burilishni taqozo etar
edi. Chunki Born yondoshuviga ko„ra, tabiatning fizik konsepsiyasining asosi,
mumtoz fizika tayanuvchi determinizm tamoyiliga emas, balki, tasodifiylikka
bog„lanib qolmoqda edi. Borning ushbu g„oyasi tarafdorlari yo„lboshchisi bo„lgan
96
Borga qarshi munozara maydonining tarigi tarafida, Plank, Eynshteyn va Shryodinger
singari nomdor fizik olimlardan iborat konservatik lager bo„lib, ularni ehtimloiylik,
tasodifiylikka asoslangan bunday izoh mutlaqo qanoatlantirmasdi hamda, mumtoz
tamoyillardan inqilobiy voz kechish g„oyasi ham maftun eta olmasdi.
x
zarrachasining vaziyatini o„lchash mumkin bo„lgan aniqlik Δ
x
va uning
impulsini o„lchash mumkin bo„lgan aniqlik Δ
p
o„zaro mustaqil emas
.
Munozaraning eng markaziy elementi, Verner Geyzenberg tomonidan 1927
yilda o„rtaga tashalangan noaniqliklar tamoyili bo„lgan. Geyzenberg bu vaqtda
Kopengagenda, o„z ilmiy hamkori va yaqin do„sti Nisl Bor huzurida ishlar edi. Uning
muallifligidagi noaniqliklar tamoyilini ilmiy jamoatchilik e‟tiboriga havola etgan
maqola «Kvant nazariyasiga taaluqli kinematika va mexanikaning yaqqol tarkibi
haqida» deb nomlangan bo„lib, unda matritsali mexanikaning fundamental
ifodalaridan biri orqali, mazkur mashhur tamoyil keltirib chiqarilgan. Aynan o„sha
maqolada Geyzenberg, o„zi taklif etayotgan tamoyilni tushuntirish uchun bir nechta
fikriy tajribalar keltiradi.
Noaniqliklar tamoyilining eng asosiy xulosasi shuki, zarrachaning ham
vaziyatini va ham tezligini bir vaqtning o„zida mutlaq teng aniqlikda o„lchay
olmaymiz. Masalan biz zarrachaning vaziyati haqida aniq o„lchashni amalga oshirsak,
unda uning impulsini ham shunday aniqlik bilan o„lchay olmaymiz. Vaziyat haiqda
bizga biron narsa ma‟lum bo„lsa, impuls haqida esa aksincha – hech narsa bila
olmaymiz. Zarrachaning impulsi – uning tezligining funksiyasi bo„lgani bois, impuls
haqida aytilgan barcha narsa, tezlikka taaluqli bo„ladi. Ya'ni, biz bir vaqtning o„zida
zarrachaning ham tezligini ham vaziyatini aniq bila olmaymiz. Tezlik haqida o„lchash
natijasi, vaziyatni aniqlash natijasini yo„qqa chiqaradi va aksincha. Shu tarzda, kvant
mexanikasi jism trayektoriyasi konsepsiyasidan voz kechdi. Chunki biz berilgan
vaqtda zarrachaning tezligidan bexabar holda, uning vaziyatini o„lchab olsak, keyingi
vaqt momentida esa aksincha, uning vaziyatini aniqlashning imkoni bo„lmaydi.
Noaniqliklar tamoyiliga ko„ra, zarrachani kuzatishga kirishish faktining o„zi,
uning borasidagi o„lchashlar yuzasidan noaniqlikni keltirib chiqaradi. Bu haqiqatan
ham shunday. Zero, kuzatish aktining o„zi kuzatuvchi bilan kuzatilayotgan
zarrachaning o„zaro ta‟sirini taqozo etadi. Masalan biz kuzatish ishlarini olib
borishda, kuzatilayotgan manbani yoritish uchun yorug„lik nurlaridan foydalanamiz.
Yorug„lik fotonlari esa, biz kuzatayotgan zarrachalar bilan bir fizik miqyosdagi
97
zarracha bo„lgani bois, ular bir-biriga o„zaro ta‟sir ko„rsatadi. Garchi mumtoz
fizikada ham, kuzatishlar kuzatilayotgan tizimni muvozanatdan qo„zg„atadi degan
ishonch mavjud bo„lsa-da, harholda nazariy jihatdan bunday qo„zg„alishlarni
e‟tiborga olmasa ham bo„laveradigan holatlarni tasavvur qilish mumkin. Biz kvant
olamidagi qo„zg„alishni imkon qadar minimallashtiradigan yoritishni tasavvur
qilishimiz mumkin. Lekin bunday tasavvur kvant gipotezasiga mutaloq zid bo„lib,
amalda o„zini hecham oqlamaydi. Chunki biz kuzatayotgan zarrachaga yo„nalitira
oladigan minimal yorug„lik miqdori chegaralangan va u kvantga – diskret kattalikka
tengdir.
Dostları ilə paylaş: |