98
XX asr boshi Yevropasida anitesemitizm juda ildiz otgan bo„lin, xususan eng kuchli
fizik olim ekanligiga qaramay, hatto Eynshteyn ham, Shveytsariyada, Bernda
yashagan vaqtida millatchilik kayfiyatidagi kimsalarning doimiy ta‟qibi ositda
bo„lgan. Syurix universitetini arxividan
olingan yozishmalardan birida, Eynshteynni
professor lavozimiga tayinlash masalasi muhokama qilingan. Unda Eynshteyn
ko„rsatgan xizmatlardan tashqari quyidagilar ham qayd qilib o„tilgan:
«
Gerr doktor Eynshteyn yahudiy. Va xarakterning ko„plab salbiy xususiyatlari
aynan yahudiylarda mujassamlashgani (bejizga emas albatta) ta‟kidlanadi.
Chunonchi: o„zgalar ishiga tumshug„ini suqish, bezbetlik, hamda, ilmiy
vazifalarga nisbatan ham, xuddiki bozordagi rasta xo„jayini singari
munosabatda bo„lish shular jumlasidandir. Aytish joizki, yahudiylar ichida
ham o„zining salbiy xususiyatlarini namoyish qilmaydiganlari topiladi
».
Yaxshiki, mazkur qaydda shuningdek, universitet ichki siyosati uchun
antisemitizm g„oyalarini birinchi navbatga qo„yish munosib ish emasligi ta‟kidlanadi.
Eynshteynning xizmatlari esa, u bilan professorlik shartnomasi tuzish uchun yetarli
deb hisoblanadi 1909 yilning 15-oktyabr sanasidan e‟tiboran u Syurix universitetining
professori etib tayinlaadi.
Natsistlar Germaniyasida antesemitizm g„oyalari jamiyatda umumiy ijtimoiy
aqldan ozish bilan uyg„unlashib ketdi. Germaniyada sog„lom fikrli, teran tafakkurga
tayanuvchi, millatchilik va vatanparvarlik orasidagi nozik chegarani ilg„ay
oluvchi
odamlar juda kam qoldi. Hatto o„qimishli ziyolilar orasida bunday illatni qoralovchi
shaxslarni uchratish mahol bo„lib qoldi. Millatchilik va ayirmachilik bombasining
portlashidan keyingi manfur oqibatlarni oldindan ko„ra bilgan va bunga qarshilik
qilishga uringan insonlarni esa, vatan hoini sifatida qoralab, ommaviy oshkora sazoyi
qilishga o„tildi. Ularning mol-mulki musodara qilinib, oilalari surgun qilina boshladi.
Bu vajga ko„ra, aslida millatchi bo„lmagan, ko„ngli toza kishilar ham, vijdon
chaqirig„iga ters borib, o„zlarini o„sha natsistlardek ko„rsatishga majbur bo„lishardi.
1933 yilda hokimiyat tepasiga fashistlar kelishidan oldingi so„ggi o„n yillikda
mamlakatda millatchilik kayfiyati favqulodda keskin kuchaydi. Nemislar o„zlaridan
boshqa millat vakillarini odam o„rnida ko„rishmasdi.
Ular slavyan xalqlariga va
ayniqsa yahudiylarga nisbatan beayov munosabatda bo„lishardi. Bu narsa jamiyatda
katta obro„ga ega bo„lgan yetuk olimlar orasida ham ko„zga tashlangani achinarli.
Yuqorida yodga olib o„tilgan yoxannes shtarkdan tashqari, yana bir kuchli fizik olim,
Nobel mukofoti laureati filipp lenard
1
ham keskin millatchi va tajovuzkor kimsa edi.
1
Bu olimlar ismi-sharifi ataylab kichik shrifda yozildi. Zero millatchilik qiluvchi har qanday oda, hatto
u kuchli olim bo„lsa ham, oddiy insoniy hurmatga mutlaqo loyiq emas –
tarjimon izohi
.
99
Bu – ilm fanni kemiruvchi kalamushlar uyasidir.
XX-arsning 20-yillari o„rtalariga kelib, bu ikki yaramas olimlar yanada
keskin, favqulodda radikal millatchiga aylanishdi. Ular olmon ilm-fani ichki
muhitidagi nufuzli ilmiy unvonlarga, lavozimlarga erishish yo„lida, millati nemis
bo„lmagan olimlarni har qanday yo„l bilan chetga surib tashlab, ularning o„rnini
egallashdan ham tap tortishmagan. Prussiya fanlar
akademiyasining doimiy bosh
kotibi lavozimida ishlagan, hamda, kayzer Vilgelm nomidagi ilmiy jamiyatga raislik
qilayotgan, shuningdek, ko„plab ilmiy muassasalarning a‟zosi bo„lgan, umuman
olgan zamona nemis ilmi saroyining me‟morlaridan biri bo„lgan qahramonimiz Maks
Plank ham bunday holatda jim qarab tura olmas edi.
Maks Plank fundamental fanlarni jamiyatning va davlatning umumiy
taraqqiyotini uchun asosiy negiz garov deb qarardri. Shu sababli u har qanday ilmiy
sohada faoliyat yurituvchi olimlarni, ularning millati, dini, hamda siyosiy
qarashlaridan qat‟iy nazar, himoya qilishga intilar edi. U ayniqsa nazariyotchi fiziklar
uchun, xususan, Geyzenberg, Shryodinger, fon Laue va albatta Eynshteyn uchun ko„p
qayg„urgan. Bu jihat esa uning o„ziga nisbatan ham nemis akademik olamidan ichki
dushmanlar orttirib olishiga sabab bo„ldi. shtark va lenard,
Plankning yahudiy
olimlarni, xususan, Eynshteyn va Liza Meytnerlarni qo„llab quvvatlaganini dastak
qilib olib, uni davlat siyosatiga teskari tashviqot yuritishda ayblab chiqishdi va bu
orqali Plankning nemis ilm-fanidagi obro„sini pasaytirishga, uning ta‟siridah xalos
bo„lishga urinishdi (balki uning o„rnini egallashni ham ko„zlashgandir?!). Shuningdek
ular yahudiy olimlarini Plank himoyasidan mosuvo qilish uchun qo„llaridan kelgan
barcha pastkashliklarni bajarib ko„rishdi. Ular o„z atroflariga bir guruh g„arazli
kimsalarni to„plab, antisemitizm g„oyalarini ilmiy asoslab berishga harakat qila
boshlashdi va nisbiylik nazariyasini «yahudiycha muttahamchilik fani»
deb atab,
Eynshteynni o„zini esa siyosiy ta‟qib ostiga olinishini talab qilishga o„tishdi.
1922 yilda Maks Plank olmon tabiatshunoslari va vrachlari jamiyati raisi
sifatida, mazkur jamiyatning yillik yig„inida nisbiylik nazariyasi bo„yicha ma‟ruza
qilib berishi uchun, Albert Eynshteynni taklif qildi. Shu tarzda Plank Eynshteynni va
uning nisbiylik nazariyasini qo„llab-quvvatlashni maqsad qilgan edi. Biroq u istagan
ma‟ruzai o„tkazishning imkoni bo„lmadi: 24 iyin sanasida Eynshteynning yaqin do„sti
va Veymar Respublikasi tashqi ishlar vaziri bo„lgan Valter Ratenau o„ldirib ketildi.
Ratenauning o„ldirilishiga sabab, shunchaki uning bobosi tomonida yahudiy millatiga
aloqador ekanligi bo„lgan. Qotillikni esa radikal millatchilik kayfiyatidagi nemis
harbiy ultarnatsionalistlari amalga oshirishgan. Axmoqgarchilikning rag„bati sifatida,
keyinchalik Adolf Gitler, Ratenau qotillariga haykal qo„yishga buyruq ham bergan.