129
O„z axborotida Plank shunga alohida urg„u beradiki, amalda
foydalanilayotgan aksariyat o„lchov
birliklari antropometrik, ya'ni, odam tanasi
a‟zolarining xossalariga asoslangan bo„lib, bu jihat ilm-fanning yangicha jabhalarida
– katta aniqlik talab etiladigan tajriba va texnologiyalarni joriy etishda mutlaqo ish
bermasligini ta‟kidlaydi. Uning fikricha, agar zamon-makon uyg„unligi hozirgi
ko„rinishidan tafovut qiladigan o„zgarishlarga uchramasa,
bizdan bexabar istalgan
biror tamaddun ham, olam va koinot tilsimlarini, qisqasini aytganda, fizikani tadqiq
qila
boshlar ekan, kun kelib albatta ushbu kattaliklarni qayd etadi. Chunki ushbu
kattaliklar o„zgaruvchan fizik fenomenlarga emas, balki tabiatdagi o„zgarmas
qiymatlarga – universial kostantalarga biriktirilgandir. Plank bu borada yana
quyidagicha qayd qoldirgan:
«
Tortishish qonunlari, yorug„likning vakuumdagi tezligi, termodinamikaning
har ikkala bosh qonunlari hali amalda ekan, ushbu kattaliklar o„zining tabiiy
qiymatini doimiy bir xil aniqlikda saqlab qolaveradi va demak, ularni
o„lchash ishlari kim tomonidan va qanday usullar bilan bajarilmasin, natija
doimo bir xil bo„lib chiqishi kerak
».
Agar Maks Plank o„zi taklif etgan tabiiy birliklarning oradan naq bir asr o„tib
ham fizika fani mutaxassis-olimlari orasida kuchli
bahs-munozaralarga sabab
bo„layotganini bilganida, qattiq hayratga tushgan bo„lar edi. Gap shundaki, Plank
birliklari yangi ming yillik fizikasining asosiy muammosi bo„lmish – gravitatsiyaning
kvant nazariyasini barpo qilish muammosi bilan to„g„ridan-to„g„ri bog„liqlik kasb
etadi. Xossatan, plankcha uzunlik tushunchasi uzunlikning shunday turini ko„zda
tutadiki, undan qisqa uzunlikda (ya'ni, kichik qiymatda) makon – fazo
tushunchalarining o„zi ham hech qanday ma‟no kasb etmay qoladi.
XX asrning eng buyuk fizik olimlari bo„lmish
Eynshteyn, Geyzenberg va
Borlarga juda-juda ma‟qul kelgan bir fikriy tajribani keltirib o„tamiz. Shunday
tasavvur qilamiz: biz muayyan obyektni lokalizatsiya qilmoqchimiz va unga
yorug„lik nurini yo„naltirib, nurning obyektga yetib borib, qaytishi vaqtini o„lchaymiz
(aviatsiya radari ham shunga o„xshash tamoyil asosida ishlaydi). Bizning tajribamiz
uchun, yorug„likning to„lqin nazariyasi bir qat‟iy talabni ko„ndalang qo„yadi: o„sha
obyektgacha bo„lgan masofa, biz foydalanayotgan yorug„likning to„lqin uzunligi λ
dan qisqa bo„lmasligi lozim. Mohiyatan bu muammoni hal qilishimiz uchun bizga λ
ni o„zimizga qanday qiymatdagisi kerak bo„lsa o„shangacha
qisqartirib
foydalanishimiz mumkin edi, biroq, kvant nazariyasiga ko„ra, bunday yo„l tutish
orqali, to„lqin vositasida qo„zg„algan fotonlarning energiyasini kamayib ketishiga olib
keladi, chunki:
Eynshteynning mashhur formulasi
Dostları ilə paylaş: