125
nazariyasi orasidagi boqg„liqlikni ilg„ab qoldi. Bu ham bo„lsa fizik olamning yagona
va yaxlit ekanligini yana bir bora isbotlab turgan edi. Hozirgi kunda Boltsman qonuni
istalgan fizik sistema uchun qo„llash o„rinli bo„lgan universial tabiat qonuni sifatida
darsliklarda keltiriladi. Va bu mutlaqo haq e‟tirofdir. Agar kitobimiz mutolaachisi
bo„lmish muhtaram kitobxonda fizikaning sir-asrorlari olamiga yanada chuqur
shong„ish niyati paydo bo„lgan bo„lsa, biz Plank aniqlagan termodinamika,
elektrodinamika va atom nazariyalari orasidagi ushbu mo„jizaviy uzviylik tamoyillari
bilan yanada yaqindan tanishishni tavsiya qilamiz.
Plankning termodinamikaga taaluqli boshqa bir ishlarida fanda
Nernst
teoremasi
deb nomlanadigan gipoteza yuzasidan mulohazalar ko„zga tashlanadi.
Ushbu teorema keyinchalik olimlarni termodinamikaning uchinchi bosh qonunini
keltirib chiqarilishiga yetaklab kelgan edi. XX asrning dastlabki yillarida Valter
Nernst, juda past haroratlarda kechadigan ba‟zi kimyoviy reaksiyalardagi issiqlikning
yutilishi va chiqarilishi hodisasiga aloqador bo„lgan qator o„lchashlar seriyasini
amalga oshirgan edi. Ushbu o„lchashlar natijasida u hozirda Nernst teoremasi nomi
bilan mahshur qonunni keltirib chiqardi: mutlaq nolga yaqinlashgan sari, barcha
jarayonlar entropiyasiz rivojlanadi! Nernst teoremasining ko„plab boshqa xulosalari
qatorida, uning zamirida yana shu narsa yashirinadiki, Kelvin shkalasi bo„yicha nol
haroratga, boshqacha aytgan tabiatdagi mutlaq nol harorat darajasiga erishishning
imkoni yo„q ekan.
Plank, Nernst teoremasi orqali entropiyaning o„lchov birligini keltirib
chiqarish uchun kvant nazariyasini tadbiq etdi va uning uchun quyidagicha ta‟rifni
taklif qildi: mutlaq nol haroratda, kmyoviy bir jinsli jismning entropiyasi nolga teng.
Hozirda bu ta‟rif termodinamikaning uchinchi bosh qonuni sifatida e‟tirof etiladi.
Dostları ilə paylaş: