37
yildan e‟tiboran uning eyforiyasi chuqur asabiy iztiroblarga aylanib ketdi. Dard ustiga
chipqon bo„lib, uning ko„rish qobiliyati ham keskin xiralasha boshladi. Bu esa ilmiy
faoliyatni yuritishda yana qo„shimcha to„g„anoq bo„lar edi.
Shunga qaramay
Boltsman, o„zining jismoniy va ruhiy ahvolining ziyoniga ishlasa ham, charchoq va
tinim bilmay qattiq mehnat qilishda davom etardi. 1906 yilda
u qizi va xotini bilan
Italiyaning Adriatika sohillarida joylashgan Triest yaqinidagi Duino shahrida ta‟til
o„tkazayotgan paytda o„z joinga qasd qilib, yorug„ olamni tark etdi. Uning jasadini
mexmonxonadagi xonasida o„zini-o„zi osib qo„ygan holda topishgan...
38
Elektrodinamika va termodinamikadan chuqur va
keng bilimlar egasiga
aylangan, hamda termodinamikaning ikkinchi bosh qonunining mohiyatini
yanada mukammal anglashga intilayotgan Maks Plank, o„z karyerasida
fundamental asos bo„lib qoluvchi mavzuni – qora jism nurlanishini
o„rganishga kirishadi. Tadqiqotlar
zanjiri esa, mohiyatan olamshumul bo„lgan
lekin muallifning o„zi bu haqida orzu ham qilmagan soha – kvant
nazariyasining shakllanishiga olib keladi.
39
Keling shunday tasavvur qilamiz: iliq bahor kunlarining birida, tushdan keyin,
shomga yaqin vaqtda hiyobonda sayr qilib yuribmiz.
Havoning musaffoligi dilni
yayratmoqda va biz quyoshning zarrin nurlari isiib turgan o„rindiqqa o„tiramiz.
Quyosh nurlari bizni ham qizdira boshlaydi va tanamiz asta-sekinlik bilan isib keladi.
Biroz vaqt o„tadi va yoqimli his bizni tark etmaydi: biz shunday muvozanat holatiga
yetdikki, endi tanamiz boshqa isimaydi, lekin biz sovuq junjikishni ham his
qilmaymiz.
Bunday holda, Quyosh nurlaridan kelayotgan barcha energiya bizdan
akslanadi va biz bu energiya miqdorini qabul qilmaymiz (aniqrog„i tanamiz uni
yutmaydi).
Endi esa, devorlari muayyan barqaror haroratga ega bo„lgan, ya'ni,
termik
muvozanatdagi biror bo„shliqni tasavvur qilamiz. U ichkaridan elektromganit
nurlanishlar bilan to„la va har bir ichki sirt yuzaga vaqt birligi ichidagi muayyan
energiya nurlanishi miqdori to„g„ri keladi. Bir soniyada bir kadrat metr yuzag ta‟sir
qiluvchi
energiya miqdorini
Dostları ilə paylaş: